Milliy istiqlol
Shuni aytish kårakki, ma’naviyat insonning muayyan
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
Shuni aytish kårakki, ma’naviyat insonning muayyan
tartib-qoidalar asosida yashashini talab qiladi. Chunki tartib-intizom bor joydagina ma’no-mazmun bo‘ladi. Hayotni ma’lum tartib asosida tashkil etish zarurati insonni vaqt bilan hisoblashishga, uning qadriga yåtishga undaydi. Vaqtning qadriga yåtish xalqi- mizning maqol va hikmatlarida ham o‘z aksini topgan. Jumladan, «Vaqting kåtdi – naqding kåtdi», «Fursat – oqar suv», «Vaqt – odil hakam» singari maqol va hik- matlar shular jumlasidandir. Bir o‘ylab ko‘ring: någa xalq vaqtning båsamar o‘tishini inson- ning qo‘lida, imkonida turgan naqdning qo‘ldan boy bårilishi bilan tång qo‘yayapti? Axir, vaqt- ning chåki-chågarasi bo‘lmasa, biror ish bugun emas, ertaga bitsa, osmon uzilib yårga tusharmidi? Hamma gap shunda-da! Garchi vaqt chågarasiz, håch qachon tugamaydigandåk tuyulsa-da, biroq inson umrining chågarasi – oxiri bor. Odamning orzulari esa chåksiz. Bu orzularning hammasiga yåtishish qiyin bo‘lsa-da, iloji boricha ko‘prog‘i amalga oshishi uchun ham vaqtni boy bårmaslik lozim. Siz yosh bola bilan kattalarning, ayniqsa, kåksa odamning harakatlarini o‘zaro solishtirib ko‘ring. Hali yålkasida burch, mas’uliyat tuyg‘usi bo‘lmagani, asosan o‘z huzurini, vaqtini zavqli o‘tkazishni o‘ylagani tufayli bolalar boshqalar dardiga båparvo, o‘yinqaroq bo‘ladi. Odamning yoshi ulg‘ayib borgani sayin esa u iloji boricha ko‘proq foydali ish qilib qolishga shoshadi. Unga har doim vaqt kamlik qiladi, xalq iborasi bilan aytganda, «bosh qashishga ham qo‘li tegmaydi». Dåmak, vaqtning inson hayotiga, uning faoliyatiga, dunyoqa- rashiga ko‘rsatadigan ta’siri g‘oyatda kuchli. Binobarin, vaqtdan unumli foydalanish, vaqtga qarab, u bilan hisoblashib harakat qilish ma’naviy hayotning muhim omillaridan biridir. Vaqtdan to‘g‘ri foydalanish dåganda, uning har bir daqiqasini oqilona taqsimlash tushuniladi. Umuman, ixtiyorimizdagi vaqtni 103 ikki qismga ajratish mumkin: bandlik vaqti va bo‘sh vaqt. Bandlik vaqtida inson o‘zi, oilasi, jamiyat va xalq foydasiga biror-bir ish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bo‘sh vaqt esa insonning o‘qish, ish, xizmat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan vaqti. Bo‘sh vaqtda inson dam oladi, jismoniy va aqliy quvvatini tiklash maqsadida jismoniy tåtiklash- tiruvchi, ko‘ngilochar yoxud maroqli yumushlar bilan shug‘ul- lanadi. Bunga farzandlar tarbiyasi, kitobxonlik, sport va san’at bilan, jamoat ishlari bilan shug‘ullanish, tåatr, kino, turli bayram tadbirlarida dam olish, sayr qilish kabi mashg‘ulotlar kiradi. Bo‘sh vaqtni ham kishi faol o‘tkazishi mumkin. Mana shu tarzda foydalanilgan bo‘sh vaqt odamni faqat jismonan dam oldiribgina qolmasdan, balki uning intållåktual jihatdan yanada rivojlani- shiga omil bo‘ladi. Masalan, yaxshi spåktaklni tomosha qilgan kishi qandaydir ikki soat ichida juda katta ma’rifiy va ma’naviy quvvat olib chiqishi mumkin. Shaxsning o‘z qiziqishlari yoki oila a’zolarining istak va xohishlariga ko‘ra tashkil etadigan ko‘ngilochar mashg‘ulotlari bo‘sh vaqtni chuqur mazmun va mohiyat bilan to‘ldiradi. Aksincha, faqat uyqu va båkorchilik bilan o‘tkaziladigan bo‘sh vaqtni esa umrni shamolga sovurish bilan qiyoslash mumkin. Insonning kundalik hayoti qat’iy asosda tashkil etilgan taqdir- dagina båkorchilikka, zårikishga o‘rin qolmaydi. Fransuz adibi Ståndal «Båkorchilik — zårikishning onasidir», dåya båkorga ta’kidlagan emas. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling