104
Foydali mashg‘ulot bilan band bo‘lmagan
kishi aql-u idrokiga
turli båma’ni fikrlar, hatto buzg‘unchilikka undovchi mayllar
xuruj qiladi. Vaqtini mustaqil boshqarib, o‘zi uchun foydali
mashg‘ulot topa olmaydigan odam boshqalarning ta’siriga
tushib
qolishi ham håch gap emas. Xuddi shunday yoshlar såkin-asta
båzorilik, o‘g‘rilik yo‘liga kirib qolganini såzishmaydi.
Bugina emas, ayrim ongi past, dunyoqarashi tor yoshlar turli
ekstråmistik guruhlar aldoviga uchib, ularning qo‘lida
qo‘g‘irchoqqa aylanib qolmoqda.
Ular na Vatanni, na millatni,
na ota-onani tan oladi. Ong-u shuurini jaholat egallagan bunday
kimsalarning bosib o‘tgan hayot yo‘liga razm solsak, ko‘ramizki,
ular
na maktabda, na boshqa biror o‘quv yurtida yolchitib ta’lim-
tarbiya olgan. O‘qishga kåtdim, dåb uydan chiqib, turli hujralarga
bosh egib kirgan, u yårda
insonga nafrat, millatga dushmanlik
«sabog‘i»ni olgan. Ayrimlari esa xorijiy yurtlarda darbadar kåzib,
turli ekstråmistik tashkilotlarning markazlarida qo‘nim topgan.
Bu joylarda ularga odam o‘ldirish, obod shahar va qishloqlarni
vayron qilish, tinch aholi ko‘ngliga vahima-qo‘rquv solish usullari
o‘rgatilgan. Mamlakatimiz poytaxti Toshkåntda 1999-yilning 16-
fåvrali, 2004-yilning 28–29-mart va 1-aprål kunlari, shuningdåk,
2005-yilning 12-may kuni Andijon
shahrida sodir etilgan mud-
hish tårroristik xurujlar aynan mana shunday jirkanch kimsalar-
ning kirdikori hisoblanadi.
Ko‘ryapsizki, xalqimiz «Båkorchidan Xudo båzor» dågan ma-
qolni båjiz aytmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: