5
bo‘ladi, yurtimizda yangi-yangi inshootlar ishga tushiriladi,
maktablar, litsåy va kollåjlar, oliy o‘quv yurtlari, ma’muriy va
madaniy
maskanlar, yo‘llar ta’mirlanib, tartibga kåltiriladi.
Bunday bunyodkorlik namunasini siz o‘zingiz o‘qiyotgan maktab,
yashayotgan mahallangiz, qishlog‘ingiz yoki shahringiz misolida
ham ko‘rishingiz mumkin.
Xalqimiz mustaqillikka erishgan
birinchi kunlardan boshlab
inson o‘z oldiga tom ma’noda erkin va farovon yashaydigan
yangi davlat, yangi jamiyat qurish vazifasini qo‘ydi. Bu davlat
va jamiyatning nomi huquqiy dåmokratik davlat,
fuqarolik ja-
miyati dåb ataladi.
Huquqiy dåmokratik davlat qonunlarga tayangan holda
rivojlanadigan, xalqning xohish-irodasi asosiy o‘rin tutadigan
davlat dåganidir. Fuqarolik jamiyati esa davlat boshqaruvida
fuqarolar va ular tomonidan tuzilgan fuqarolik tashkilotlari
faol ishtirok etadigan, hal qiluvchi o‘rin tutadigan jamiyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: