Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Download 1.91 Mb.
bet37/71
Sana26.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1656450
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021 2

Nazorat savollari.

  1. Ishchi o’rinlarini kengligini ifodalab bering.

  2. O’tish yo’llari qanday turlarga bo’linadi?

  3. O’tish yo’llari kengligini ifodalab bering.

  4. Ishlab chiqarish oqimlari sex maydonida joylashtirish qoidalarini ifodalab bering.

  5. Tikuv sex uzunligi qanday aniqlanadi?



17-MA’RUZA.
Mavzu: ISHLAB CHIQARISH OQIMINI VA SEX PLANINI TUZISH. (2-soat)
Reja:
1. Sex planini tuzishda qo’yiladigan talablar.
2. Asosiy va qo’shimcha o’tish yo’llarini belgilash.



  1. Sex planini tuzishda qo’yiladigan talablar.

Sexning ishlab chiqarish oqimlarida ishchi o’rinlarini joylashtirishda boshqa cheklanishlar ichida quyidagilarga amal qilish kerak:
- mahsulotni kiritish amalga oshirilayotgan ishchi o’rinlarni bichimlarning kelib tushish joyi oldida joylashtirish kerak, ularning chiqishi amalga oshirilayotgan joyni tayyor mahsulotni topshirish joyiga yaqin joyda joylashtirish kerak. Kiritish va chiqarish joylarini sexning turli burchaklarida yoki bir-biridan mumkin qadar uzoqroqda joylashtirish kerak:
- agregatlar uzunligi 35 m dan ortiq bo’lganda ko’ndalang o’tish joylarni 1,5+2 m kenglikda loyihalashtirish kerak. Bu o’tish joylari barcha agregatlar uchun bir chiziqda joylashtiriladi.
- konveyerli oqimlarda agregatlar uzunligi 35-40 m bo’lsa o’tish ko’prikchani qo’llash mumkin. Unga oqim uzunasidan bitta ish o’rni ajratiladi. Bunda ko’prikchaning yon devorlaridan qo’shni ishchi o’rinlargacha 0,3-0,4 m ni tashkil etadi.
Ustunlari bor binolarda agregatlar shunday joylashtiriladiki bunda ustunlar ko’ndalang o’tish joylarida va o’tish ko’prikchalarida bo’lmasligi kerak. Agregatning ishchi o’rinlari ustunlardan 0,2-0,4 mdan kam bo’lmagan masofada joylanishi kerak. Agar ustunlar ishchi stollar o’rtasidagi joylar q
arshisida joylashgan hollarda ustunlardan ishchi o’rinlargacha bo’lgan masofa 0,5 dan kam bo’lmasligi kerak.


  1. Download 1.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling