Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Download 1.91 Mb.
bet45/71
Sana26.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1656450
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021 2

Nazorat savollari.

  1. SAPR ni qo’llash natijasida echiladigan masalalar.

  2. Seriya tushinchasi va ularning turlari.

  3. Bichish kartasini tuzish.

  4. Tajriba sexining texnologik jarayonini grafi asosida muxokama o’tkazish.

  5. Ishning tashkil qilishning turli usulida tajraba sexining asbob-uskunallari.

  6. Konstruktiv va texnologik tayyorgarlikgi avtomatlashtrish.

  7. Modellani ishlab chiqarishga tayyorlashda qo’llaniladigan asosiy termin va tushinchalar.

20-MA’RUZA.
Mavzu: GAZLAMALARNI BICHISHGA TAYYORLASH TEXNOLOGIK JARAYONI VA BICHISH JARAYONI. (2-soat)
Reja:
1. Tayyorlov sexlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish.
2. Tayyorlov sexi vazifalari.
3. Bichish sexini vazifasi.



  1. Tayyorlov sexlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish.

Tayyorlov sexini asosiy vazifasi tikuv korxonaning bichuv sexini gazlama va boshqa qo’shimcha materiallar bilan bir to’kisda ta’minlashdir. Korxonani beto’xtov ishlashini ta’minlash uchun tayyolov sexining texnologik jarayonlarini har bir bo’limida ma’lum hajmida materiallarni zahirasi bo’lishini tashkil qilish kerak.
Bu maqsadga erishish uchun sexda quyidagi ishlar bajariladi:

  • korxonaga keltirilgan gazlamalarni tushurish va qabul qilib olish;

  • qabul qilib olingan gazlamalarni omborga joylashtirish va vaqtincha saqlash, gazlamalarni o’rovidan ochish;

  • gazlamalarni sifatini tekshirish, gazlama to’plarining uzunligini va yonini o’lchash;

  • gazlama to’plarini to’shama uchun xillash va hisoblash;

  • har bir model uchun konfektsion karta tuzish;

  • gazlama to’plarini hisob kartaga asosan to’shama qavatlarga qirqish;

  • bo’rlama tayyorlash;

  • avra, astav va qotirma gazlamalarini to’shamaga mo’ljallab xillash va saqlash;

  • gazlamani bichish sexiga uzatish;

Bajariladigan ishlarga ko’ra tayyorlov sex quyidagi bo’limlarga ajratiladi:

  • gazlamani o’rovini ochish;

  • gazlamani sifatini tekshirish;

  • sifati tekshirilgan gazlamalarni saqlash;

  • sifati tekshirilgan gazlamalarni saralash, hisoblash va bichish sexiga uzatish;

  • bo’rlama tayyorlash;

  • nuqsonli gazlamalar va qoldiqlarni saqlash.

Tikuv korxonalar gazlamalar, noto’qima material, bezak material, furnitura, ip va buyum tikishda kerak bo’ladigan boshqa mollarga ushbu materiallarni ishlab chiharadigan korxonalar bilan shartnoma tuzadi. Ta’minlovchi (mol yuboruvchi) tomondan mollar shartnoma asosida belgilangan muddatda yuboriladi. Tikuv korxonalarga gazlamalar ko’pincha konteynerlarda yoki mashinalarda to’p yoki toy-toy bo’lib keladi. Gazlama to’plarini tushirib olish va o’rovini ochish zonasiga tashish qo’lda yoki ko’targich-transport uskunalari yordamida bajariladi. Bunday uskunalarni eng ko’p tarqalgani - bu TE5-911 elektrotal, EP-0601 elektroyuklagich, 4016 avtoyuklagich, TShP-94 aravachalar ishlatiladi.
Tayyorlov sexidagi ishlarni qanday darajada mexanizatsiyalashtirilganiga, qaysi xil ko’targich-transport uskunalaridan foydalanilganiga, ishlatiladigan gazlamalarni turi va hajmiga, ularnining qanday shakl va qanday o’lchamda o’ralganiga, shuningdek, binoning qanday qurilganiga bog’liq. Tayyorlov sexida qo’llaniladigan ko’targich - transport vositalari statsionar va ko’chma bo’lishi mumkin.
Korxonaga kelgan materiallarning assortiment miqdori va sifati mol bilan birga kelgan xujjatlarga solishtirib tekshiriladi. Avval mol umumiy holati bo’yicha, ya’ni molning umumiy og’irligi, tamg’asi buzilmaganligi, necha o’ramligi, o’ramlarning nomeri, molning sifati tekshiriladi. Agar yuqorida aytilganlar texnik hujjatlarga mos kelmasa, unda mol yuborgan korxonadan vakil chaqirib, bu haqda dalolatnoma tuziladi. Texnik hujjatlarga mos kelgan mollar qabul qilib, mollarni o’rovi ochiladi va gazlamalarni donalab qabul qiladi. Har bir gazlama to’piga o’lchov qaydnomasi to’ldiriladi. Qaydnomada gazlama to’pining to’qimachilik korxonasida qo’yilgan tartib raqami, tikuv korxonasidagi tartib raqami, yorliqda ko’rsatilgan nomi va artikuli, umumiy uzunligi va eni yoziladi. O’rovi ochilgan gazlamalar javonlarda yoki supaga tagliklarda turiga qarab, yorlig’i osilgan tomoni tashqariga qaratib alohida-alohida saqlanadi. Omborda gazlamalarni namlikdan, to’g’ri tushadigan quyosh nuridan, past haroratdan, changlikdan va xashoratlardan saqlash kerak. Jun, ipak, ip, zig’ir gazlamalarni saqlashda sexning harorati 15-18 So va namligi 60-65% bo’lishi lozim.Korxonaga keltirilgan avra va astar gazlamalarning uzunasi, yoni va sifati bo’yicha tekshiriladi. Qotirma va isituvchi qatlam materiallari o’rovini ochish zonasidan sifati tekshirilgan gazlamalar zonasiga o’tkaziladi. Ular yorliqda ko’rsatilgan uzuna bo’yicha qabul qilinadi.
Gazlamalarni bichishga tayyorlash texnologik jarayonini loyihalash bosqichlari.

  1. Gazlamalarni qabul qilish va o’rovini ochish.

  2. Gazlama sifatini tekshirish va o’lchash, qo’llaniladigan asbob-uskunalar.

  3. Materiallarni konfeksionerlash. Gazlama to’pini hisoblash. Hisob kartasini tuzish.

  4. Gazlama to’plarini hillash. Gazlamalarni saqlash usullari va qo’llaniladigan asbob-uskunalar.

  5. Maishiy xizmat korxonalarida gazlamalarni bichishga tayyorlashning o’ziga xosligi.

  6. Gazlamani to’shash usullari. To’shamani bajarishga qo’yiladigan talablar va qo’llaniladigan asbob-uskunalar.

  7. To’shamani bo’rlash. To’shama sifatini tekshirish. To’shamani qirqish. Detallarni bichish. Stasionar va ko’chma bichish mashinalari.

  8. Bichuv jarayonlarini avtomatlashtirish.

  9. Bichuv sexini yakuniy operasiyalari:дetallarni komplektlash, nomerlash, marshrut varaqasini to’ldirish.

  10. Maishiy xizmat korxonalarida gazlamalarni to’shash va bichishni o’ziga xosligi.

Gazlamalarni bichishga tayyorlash texnologik jarayonini loyixalash uchun tayyorlov sexida necha kunlik gazlama zaxirasi bo’lishini bilish lozim. Gazlama zaxirasining umumiy miqdori gazlama va materiallarni etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarda ko’zda tutilgan ta’minot shartlariga bog’liq, ya’ni:


1. Gazlamani etkazib berish ma’romi.
2. Bir galda etkazib beradigan gazlama miqdori.
3. Gazlama etkazib beruvchining tikuv korxonasiga nisbatan joylashishi.
4. Tikuv korxonasida tikiladigan buyum assortimenti.
Gazlamalar zaxirasining umumiy miqdori tayyorlov sex bo’limlari orasida taqsimlanishi 29- jadvalda berilgan

Gazlamalar zaxirasining umumiy miqdori


20.1- jadval

Gazlamalarni tushurish, o’rovini ochish va qabul qilish

5-15

O’rovi ochilgan va sifati tekshirilmagan gazlamlarni saqlash

15-258

Gazlamalar sifatini tekshirish

0,5-2

Sifati tekshirilgan gazlamalarni saqlash

60-70

Gazlamani saralash va bichish sexiga uzatish

0,5-2

Nuqsonli gazlamalarni saqlash

0,1-2

Gazlama qoldiqlarini saqlash

0,1-2





  1. Download 1.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling