Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Yangi modellarni ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash


Download 1.91 Mb.
bet43/71
Sana26.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1656450
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021 2

Yangi modellarni ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash.
Modellarni ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash (texnologik gurux tomonidan bajariladi) deganda quyidagi ishlar ko’zda tutiladi: gazlamalarni sarf normasini aniqlash, buyumni tikish texnologiyasini va texnologik xaritani ishlab chiqish, instruksion karta tuzish, ish o’rinlarini muxandislik tayyorlash va buyum tikish jarayonida kerak bo’lgan texnik xujjatlarni yaratish.


Gazlama sarflashni normalash
Tikuv buyum tannarxini 80-90 % ni gazlama tashkil etadi, shuning uchun gazlama sarf normasini tejamkorlik bilan aniqlashga juda katta ahamiyat beriladi. Mahsulot tannarxini kamaytirish, ishlab chiqarish rentabelligini oshirishning eng samarali yo’li - bu mahsulot sifatini yomonlashtirmay turib chiqindilarni kamaytirish va materiallarni tejash. Mahsulot ishlab chiqarishning bu bosqichi tajriba sexining normalovchi guruxi tomonidan bajariladi. Normalovchi guruxning asosiy vazifasi-materiallar harajatini ratsional normalashtirishdan iborat. Bu vazifani bajarish material sarfini to’g’ri normalashtirish, ulardan ratsional foydalanishni nazorat qilishga bog’liqdir.
Belgilangan sifatda bitta buyumni tayyorlashga sarflanishga yo’l qo’yilgan maksimal gazlama sarfi gazlama sarf normasi deyiladi. Gazlama sarf bo’lishi asosan bichiqchilik jarayonlariga bog’liq. Shuning uchun bu jarayonlarining har qaysisi uchun alohida gazlama sarflash normasi belgilanadi. Bu normalar quyidagilardan iborat: bo’rlama normasi, to’shama normasi, texnikaviy norma va fond normasi.
Gazlama sarf normasini ishlab chiqarish tadbirlariga quyidagilar kiradi: andozalar satxini o’lchash, andozalarni joylashtirishda o’lcham va bo’ylarni birlashtirish, andozalar orasidagi chiqindi miqdorini aniqlash, tajribali joylashmalar bajarish, hisoblash yo’li bilan gazlama sarf normasini aniqlash, bo’rlamalardan nusxa ko’chirish, korxonada gazlamalarni tejamli ishlatishni nazorat qilish.
Gazlama sarflash normasini aniqlashda quyidagi dastlabki ma’lumotlardan foydalaniladi:

  • andozalar satxi;

  • o’lcham va bo’ylar shkalasi;

  • andozalar komplekti;

  • modelning texnik xujjati (model tasnifi, modelni bichish va tikishni o’ziga xosligi, andozalar va buyum detallarini ro’yxati va satxi);

  • modelni tikishga tavsiya etilgan gazlamalar artikuli va namunasi kiritilgan konfektsion karta;

  • muayyan modeldan avval tikilgan o’xshash modellarga materiallar sarfi to’g’risida ma’lumot;

  • muayyan modelni tikish uchun tavsiya etilgan gazlamalarni uchraydigan enlari to’g’risida ma’lumot;

  • muayyan modelni ishlab chiqarish umumiy xajmi va aloxida har bir gazlamani turi bo’yicha (sidirg’a, tukli, katak yo’l-yo’l va x.k.);

  • to’shamaning uzunasi bo’yicha chiqindilar miqdori.

Andozalar satxini aniqlash uchun korxonalarda IL-1 elektron-xisoblash mashinasi qo’llaniladi. Mashina kartondan yoki qalin qog’ozdan qirqilgan turli shakldagi andozalarni kontaktsiz o’lchash uchun mo’ljallangan. Andozalar satxi uch marta o’lchanib, ularning o’rtachasi xaqiqiy deb olinadi.
O’lcham va bo’y shkalasi bo’yicha har bir o’lcham va bo’ydagi tikuv buyumni ishlab chiqarish soni aniqlanadi. O’lcham va bo’y shkalasi aholini o’lchash yo’li bilan to’ldiriladi.
Shkalada har bir o’lcham va bo’y uchun solishtirma ulushi ko’rsatiladi. 1956 yilda Antropologiya instituti xodimlari tomonidan har bir respublika va katta shaharlar uchun o’lcham va bo’ylar shkalasi tuzib chiqilgan. Xozirgi vaqtda o’lcham va bo’ylarni solishtirma ulushi savdo tashkilotlari tomonidan aholini ixtiyoji asosida tuziladi. Savdo tashktlotlari tikuv korxonalari bilan tuzgan shartnomada buyumni nomi, model nomeri, o’lcham, bo’y va to’laligi, gazlamalar artikuli va ularning rangi, bezak materiallar turi, furnitura, buyum soni va o’rtacha narxi ko’rsatiladi.
Bundan tashqari keltirib berish sharti va muddati belgilanadi. Shartnoma buyurtma-ro’yxat shaklida rasmiylashtiriladi. Savdo tashkilotlari tomonidan tushgan buyurtmalar asosida har bir modelga rejalashtirilgan muddatga umumiy buyurtma jadvali tuziladi.O’lcham va bo’ylar bo’yicha barcha buyurtmalar ro’yxati ularda ko’rsatilgan soni bilan ( foizda yoki sonda) muayyan modelga o’lcham va bo’ylar shkalasini ifodalaydi.


  1. Download 1.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling