Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Tayyorlov sexi vazifalari


Download 1.91 Mb.
bet46/71
Sana26.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1656450
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021 2

Tayyorlov sexi vazifalari.

Gazlamaning yoni va uzunasini o’lchash uchun oddiy 3 metrlik stol ishlatiladi. Gazlamaning eni har 3 metrda o’lchanadi va qo’lda yoki mexanik moslama yordamida bo’rlab qo’yiladi. Jun gazlamalarda eng ko’p tarqalgan gazlama yoni haqiqiy eni hisoblanadi. Qolgan hamma tur gazlamalarda esa kamida 2-3 marta takrorlangan eng qisqa o’lchami haqiqiy yoni hisoblanadi. Gazlama to’pida nuqsonlar rangli ip yoki bo’r yordamida belgilanadi. Tukli gazlamalarda to’pning ikki uchida yoki to’p ichidagi bo’laklar uchida bo’r yordamida gazlama tukining yo’nalishi belgilanadi. Gazlama to’pining uzunligi va yonini o’lchash vaqtida o’lchov qaydnomasi va to’pning pasporti 2 ta nusxada to’ldiriladi.
To’pning pasportida quyidagilar ko’rsatiladi:

  • gazlamaning artikuli;

  • haqiqiy uzunligi;

  • to’pdagi bo’laklarning uzunligi;

  • nuqsonlar orasidagi nuqsonlar;

  • nuqsonlarni o’lchami va nomi;

  • gazlamadaning har 3 metrdagi eni;

  • milksiz va milki bilan o’lchangan eni;

  • gazlamaning rangi, tuki bor-yo’qligi, gulining harakati ko’rsatiladi;

  • to’pning saqlash joyi (javon qatorining tartib raqami, qator uyassining tartib raqami) ko’rsatiladi;

  • o’lchangan sana.

To’p pasportining bittasi gazlama to’piga yopishtiriladi, ikkinchisi esa o’lchov qaydnomasiga qo’yiladi, undan gazlama to’pini hisoblash vaqtida foydalaniladi.
Asosiy va astarlik gazlamalarni sifatini tekshirish vaqtida ikkita operatsiya bajariladi: gazlamada nuqson joyini belgilash va nuqsonlar sonlarni ballarda hisoblash. Nuqsonlarning ballari yig’indisi bo’yicha gazlamaning navi aniqlanadi. Sexda nuqson tekshirish va o’lchash operatsiyalarini birgalikda bajaradigan UPRO-1, BPM-2, BPM-3, RS-5 yarimavtomat va «RollTeks» kompaniyassini turli xil mashinalari ishlatiladi.
BPM-2 nuqson tekshirib-o’lchab ko’rish mashinasi ensiz ( 1,2 m gacha), BPM-3 esa enli (1,5 m gacha) gazlamalarni tekshirishda ishlatladi. Gazlama uzunasi schetchik yordamida, eni esa ekran tagida o’rnatilgan o’lchash chizg’ichi orqali aniqlanadi. Bu mashinaning kamchiligi shundaki, gazlamani orqaga qaytarish imkoni yo’qligidir.
Nuqson tekshirish-o’lchab ko’rish universal mashinasi UPRO-1 keng enli gazlamalarni to’pdan olib tekshirishga mo’ljallangan. Tezligi 36 mG’min. Gazlamaning eni 1,8 m gacha. Gazlamalarni orqaga qaytarish imkonini beradi. Gazlamani uzunasi schetchik UGN-1 va elektrok mashinasi yordamida, eni esa lineyka yordamida qo’lda o’lchanadi.
“Roll Tex” firmasining kichik gabaritli mashinasi V-02 (Kalinin shahri) gazlamalarni tekshirish-o’lchab ko’rish uchun mo’ljallangan. Mashina rulonlarni va gazlamadan bo’shagan karton trubalarni taxlash uchun tagliklardan, tagidan yoritiladigan ko’rish ekranidan, ma’lum o’lchamda gazlama bo’laklarini qirqish uchun elektron qirqish mashinasidan, gazlama uzunasini o’lchash uchun raqamli displeydan iborat (20.1-rasm). 20.1-rasmda shu firmaning boshqa rusumli nuqson tekshirib-o’lchab ko’rish mashinasi tasvirlangan.


20.1-rasm. V-02-4 tekshirish-o’lchab ko’rish mashinasi


Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling