Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Download 1.91 Mb.
bet48/71
Sana26.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1656450
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021 2

Bichish sexini vazifasi.

Bichish sexi tajriba, tayyorlov va tikuv sexlari, furnitura ombori, bosh mexanik bo’limi bilan bog’langan xolda ish olib boradi. Tayyorlov sexidan gazlama to’plarini va bichish uchun xujjatlarni oladi, tajriba sexdan anzalarni, texnik xujjatlarni, gazlama sarfini va joylama nusxasini tayyorlab beradi, furnitura omboridan har bir buyum turi uchun furniturani, bosh mexanik bo’limidan texnik jixozlarni va extiyot qisimlarni oladi, tikuv sexiga komplektlangan bichiqlarni tayyorlab beradi.
Bichish sexida quyidagi texnologik operatsiyalar bajariladi:
-gazlama qavatlarini to’shash.
-to’shama sifatini tekshirish.
-to’shama yuqori qavatida bo’rlama bajarish yoki tayyor bo’rlamani yozib, o’chgan bo’r chiziklarini tiklash.
-to’shamani tamg’alash.
-to’shamani rasmiy xujjatlantirish.
-to’shamani bo’laklarga bo’lish va asosiy katta buyum detallarini qirqib olish.
-buyum o’rtacha va mayda detallarini tasma pichoqli bichish mashinasida qirqib olish.
-bichiklar sifatini tekshirish.
-bichiklarni komplektlash.
-buyum detallarini nomerlash.
-preyskurant yorliq va kalkulyatsion talonlarni chop etish.
-buyumni yo’l varaqasini yozish.
-bichiq detallarini komplektlash va preyskurant yorlig’i, kalkulyatsion taloni va yo’l varakasi bilan bog’lash.
-bichiqlarni saqlash va tikuv sexiga uzatish.
Bichish sexini tizimi tajriba va tayyorlov sexlarining tizimlari bilan bog’liq. Shuning uchun yuqorida qayd etilgan texnologik operatsilar tarkibi bichish sexida tanlangan tashkiliy-texnologik echimiga bog’liq.
Bichish jarayonini o’ziga xosligi gazlamalarni to’shash va bichish jarayonlarini tashkil qilish shartlari doimiy bo’lmasligidir, ya’ni gazlamalarni eni va uzunasi, to’shamalarni uzunasi va balandligi, gazlamalarning sifati va ularning fizika- mexanikoviy xususiyatlari, ishlab chiqariladigan mahsulot soni. bir xil bo’lmasligi. Bu sharoitlar sexni bir tekista ishlashiga ta’sir etadi. Bichish jarayonini tashkiliy- texnologik echimini tanlashda quyidagilarga etibor beriladi:

  • korxonaning quvvati;

  • ixtisoslashtirish darajasi;

  • gazlamlarning assortimenti va ularning fizika- mexanikaviy xususiyatlari;

  • andozalar joylashmalarini bajarish usullari;

  • to’shamalarni bo’laklarga ajratish va detallarni qirqib olish usullari;

  • ishlab chiqarish satxi;

  • bichish sexini tayyorlov va tikuv sexlariga nisbatan joylanishi.

Bichish texnologik jarayonini ratsional variantini tanlashda bichish sexining ko’p variantli xisoblari olib boriladi va ularning asosiy texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlari taqoslanadi: mexnat unumdorligi, bitta bichiqni tayyorlashga sarflanadigan vaqt va uning tannarxi, ishlab chiqarish maydanidan foydalanish koeffitsienti va boshqalar. Bichish texnologik jarayonini loyixalash uchun dastlabki ma’lumot sifatida korxonaning ishlab chiqarish dasturi olinadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling