Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Download 1.91 Mb.
bet22/71
Sana26.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1656450
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021 2

tb.o.= Tb










Nazorat savollari.

  1. Tikuv sexini loyixalash bosqichlari.

  2. Texnologik oqimlarni loyixalashning dastlabki ma’lumotlari.

  3. Ishlab chiqarish oqimining asosiy parametrlari va ularni hisoblash.



10-MA’RUZA.
Mavzu: ISHLAB CHIQARISH OQIM TURLARINI TANLASH VA ASOSIY PARAMETRLARINI HISOBLASH. (2-soat)
Reja:
1. Oqimni quvvati, ishchilar soni, ma’romi, oqim uzunligi va sex planini hisoblash.
2. Ishlab chiqarish oqimini asosiy parametrlari.

  1. Oqimni quvvati, ishchilar soni, ma’romi, oqim uzunligi va sex planini hisoblash.

Ishlab chiqarish oqimlari dastlabki ma’lumotlarini tahlil qilgan holda ularning tashkiliy strukturasi tanlanadi. Ishlab chiqarish oqimlarni tashkil qilishning shakllari asosan to’rtta belgisi bilan farqlanadi:

  • bir maromda ishlash darajasi bo’yicha

  • tikuv buyumlarni ishlab chiqarish oqimiga tushurish bo’yicha

  • mahsulotni tashish usullari bo’yicha

  • tashkiliy operatsiyani vaqtini moslash usuli bo’yicha.

Ishlab chiqarish oqim shakli unda ishlab chiqariladigan mahsulot turiga va tikuv sexini imkoniyatiga qarab tanlanadi.
Ishlab chiqarishda oqimlar ko’pincha seksiyalardan iborat bo’ladi. Ularda ishlab chiqiladigan mahsulot turiga qarab quyidagi oqimlarni qo’llash tavsiya etiladi.
Pidjak, shim, erkaklar, ayollar va bolalar paltosini ishlab chiqarishda tayyorlash seksiyasida-guruxli agregat oqimlar, bunda kiyimning har bir detali yoki ma’lum detallarni tayyorlash alohida guruxlarga ajratiladi, ishlab chiqarish oqimiga detallarni tushurish bog’lamli ketma-ket yoki siklli, ish joydan keyingi ish joyiga detallar aravachalar yoki mexanizatsiyalashtirilmagan vositalar yordamida uzatiladi.
Yig’ish seksiyasida- konveyerli yoki agregat oqimlar, konveyerlar bitta yoki bir nechta chiziqli bo’lishi mumkin, ishlab chiqarishga mexnat predmetlari ketma-ket donalab tushuriladi.
Pardozlash seksiyasida – konveyerli yoki agregat oqimlar qo’llanilishi mumkin. Buyumlarni ish joydan keyingi ish joyga uzatish uchun osma konveyerlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda buyumni tashqi ko’rinishi, sifati, unda hosil qilingan shakllar o’z ko’rinishini yo’qotmaydi. Buyumlar ketma-ket donalab uzatiladi.
Oqimning barcha sektsiyalari bo’yicha ishlab chiqariladigan mahsulot soni, ya’ni quvvati bir xil bo’lish kerak.
Erkaklar va ayollar ko’ylagi, bluzkalarni ishlab chiqarishda oqimning tayyorlash sektsiyasida- aylana, agregat yoki guruxli agregat oqimlar qo’llaniladi. Ishlab chiqarish oqimiga detal va yarimfabrikatlar pachkalab ketma-ket yoki siklli tushuriladi.
Yig’ish va pardozlash seksiyalarida aylana va agregat oqimlar qo’llaniladi. Ishlab chiqarish oqimiga mexnat predmetlari donalab ketma-ket tushuriladi.
Erkaklar ko’ylagini tikishda oqimning tayyorlash seksiyasida guruxli agregat oqimlar qo’llaniladi. Ishlab chiqarish oqimiga detallar ketma-ket pachkalab tushuriladi. Yig’ish seksiyasida- agregat oqimlar. Detal va yarimfabrikatlar donalab yoki pachkalab ketma-ket tushuriladi. Pardozlash seksiyasida- agregat yoki osma konveyerlar qo’llaniladi. Oqimga buyumlar donalab yoki pachkalab tushuriladi.


  1. Download 1.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling