Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Mustaqil ish bajarishning maqsad va vazifalari


Download 1.83 Mb.
bet62/71
Sana22.12.2022
Hajmi1.83 Mb.
#1041774
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

1.Mustaqil ish bajarishning maqsad va vazifalari
Mustaqil ishning asosiy maqsadi-professor-o’qituvchi rahbarligi va nazorati ostida muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish hamda talabalarda zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, rivojlantirishdir.
Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Kiyim ishlab chiqarish texnologik jarayonlari turlari.

  2. Konveyrli oqimlarga transport vositalarini tanlash.

  3. Konveyrli va konveyrsiz oqim turlarini tasnifi.

2.Mustaqil ishining tashkiliy shakllari
Mustaqil ishlarni tashkil etishda o’quv rejasidan kelib chiqqan xolda kafedra tomonidan muayyan fanning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
- ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;
- berilgan mavzu bo’yicha referatlar tayyorlash;
- seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;
- laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko’rish;
- hisob-grafik ishlarini bajarish;
- kurs ishi (loyihasi)ni bajarish;
- malakaviy bitiruv ishi yoki diplom loyihasi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash;
- amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topishga (keys-stadi) harakat qilish;
- maketlar, modellar va namunalar yaratish;
- ilmiy maqola, anjumanlarga ma’ru za tezislarini tayyorlash.
O’qitilayotgan fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda talabalar mustaqil ishlarni bajarishda boshqa shakllardan ham foydalanilish mumkin.
O’quv fanlari bo’yicha namunaviy va ishchi o’quv dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etiladi.
Talabalar mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda har bir fan bo’yicha kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriq variantlari ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy-uslubiy kengashida muhokama etilib tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish bo’yicha talabalarga fanlar bo’yicha zaruriy uslubiy qo’llanma, ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling