Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Buyumga ishlov berish jarayoni grafi


Download 1.83 Mb.
bet11/71
Sana22.12.2022
Hajmi1.83 Mb.
#1041774
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

Buyumga ishlov berish jarayoni grafi.

Buyumga ishlov berish jarayonini grafini qurishda buyumga ishlov berish hususiyatlarini e’tiborga olish lozim Buyum detallariga parallel ishlov berish grafda parallel zanjir bilan belgilanadi. Detallarni yoki buyum birligini yig’ishda ularni yig’ish boshlanishi bir darajada ko’rsatiladi. Bu jarayon grafda ularni yig’ish bo’yicha zanjirdan iborat o’ziga xos rombikni hosil qiladi.
Buyumga ishlov berishda rombiklar «yoki – yoki» holatni tavsiflab beradi, ya’ni ishlov berishda u yoki boshqasi birinchi ishtirok etadi. Natijada mexnat taqsimoti sxemasi tuzilgandan keyin, ikkala zanjir ketma-ket bajariladi, chunki ikkala zanjirdagi operatsiyalar bitta detalga oid bo’lganidan parallel amalga oshirish mumkin emas.
Tikuv buyumlariga ishlov berishning texnologik hususiyatlaridan biri shundaki, shartli nom olgan - «suzuvchi» operatsiyalardir. «Suzuvchi» operatsiya buyumga ishlov berishning aniq istalgan davr oralig’ida bajarilishi mumkin (9-rasm). Masalan, ko’ylakning choklarini yorib dazmollash, erkaklar ko’ylagi cho’ntagini dazmollash ularni tayyorlagandan keyin emas, balki buyumga ishlov berish so’ngida bajarish mumkin. Jarayon grafida bunday operatsiyalar shartli ravishda oraliq vaqt ko’rsatilgan holda asosiy jarayon sifatida beriladi.

a b v g d
4.2-rasm Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik jarayonida operatsiyalarni joylashtirish taribini o’ziga xosligi
a-ketma-ket ishlov berish; b-parallel ishlov berish; v,g-«yoki-yoki»; d-«suzuvchi» operatsiyalar.
Buyum bo’laklarini yig’ish sxemasi qurilgandan keyin uning elementlari buyumga ishlov berish ketma-ketligiga mos holda operatsiyalar guruxi bilan to’ldiriladi. Operatsiyalar bilan to’ldirilgan buyum detallari va bo’laklarini yig’ish sxemasi TBTJ grafini ifodalaydi.


Nazorat savollari.

  1. Buyumga ishlov berish jarayonini grafini qurish nima?

  2. Buyum bo’laklarini yig’ish sxemasi nima?




Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling