Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik
Ularni tuzish asosiy prinsiplari va klassifikatsiyasi
Download 1.83 Mb.
|
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021
Ularni tuzish asosiy prinsiplari va klassifikatsiyasi.
Asosiy parametrlar Z–texnologik operatsiyalarni bajarish uchun asbob-uskunalar va moslamalar turi; texnologik operatsiyani bajarish vaqti; razryad; ishlov berish tartibi va x.k. lardir. Bunda ishlab chiqarish jarayonini tasnifi nafaqat texnologik operatsiyalarni tasnifiga, balki operatsiyalararo o’zaro ta’siriga bog’liq. Tikuv mahsulotlarini texnologik jarayonlarining (TMTJ) tuzilishi, texnologik jarayon elementlarning bir - biriga munosabatini aniqlab beradi. Texnologik jarayonni elementlari har xil bo’limlardan iborat bo’lishi mumkin. Texnologik jarayonning bo’linish usullari qo’yilgan masalani yechilishiga bog’liq. Tikuv mahsulotlari tayyorlashning texnologik jarayon tuzilishi ishlov berish usullari sxemalari ko’rinishida, buyumga ishlov berish texnologik tartibi ko’rinishida va texnologik jarayon grafi ko’rinishida beriladi. Texnologik ishlov berish sxemasi va buyumga ishlov berish texnologik tartibi mahsulotlarga ishlov berish bo’yicha operatsiyalar bajarilishining ketma – ketligi to’g’risida faqatgina umumiy jixatlarni ko’rsatib bersada, TBTJ tarkibidagi barcha elementlar orasidagi o’zaro bog’lanishni ko’rsatib bera olmaydi. Texnologik jarayon graf ko’rinishida keltirilishi, TBTJ elementlari orasidagi bog’lanishga, texnologik operatsiyalarni operativ tarzda tashkiliy operatsiyalarga komplektlashga imkon beradi va x.k. Tikuv mahsulotlar tayyorlashda texnologik jarayonining tashqi muxit – N bilan bog’liqligi texnologik jarayon bo’limlari bilan korxonani boshqarish tizimlari bog’liqligini aks etadi. Tikuv mahsulotini tayyorlashning texnologik jarayoni, har qanday boshqa xil mahsulotni tayyorlashning texnologik jarayoni kabi ishlab chiqarishning tashkil etuvchi qismlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni asosiy, yordamchi va qo’shimcha ishlab chiqarishdan iborat. Tikuvchilik sanoatida asosiy ishlab chiqarish jarayoni tayyor mahsulotgacha bo’lgan bosqichlarni, ya’ni gazlama, yarim fabrikatlar va tayyor buyum jarayonini o’z ichiga oladi. Texnologik jarayon, asosiy ishlab chiqarish jarayonini bir qismi bo’lib, unda ishlov berilayotgan obyektning sifat ko’rinishi o’zgaradi. Masalan, detal yarim fabrikatga, yarimfabrikat buyumga. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling