Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik
Download 1.83 Mb.
|
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-MA’RUZA. Mavzu: KICHIK SERIYALI OQIMLAR.
Nazorat savollari.
Tikuv korxonalirining oqim turlari va ularning tavsifi. Texnologik jarayon grafini tuzish. Moslanuvchan ishlab chiqarish oqimlarining tavsifi. Kiyim tayyorlashda ishlab chiqarishni tashkil qilish. Kichik seriyali oqimlar va ularning tavsifi. 7-MA’RUZA. Mavzu: KICHIK SERIYALI OQIMLAR. (2-soat) Reja: 1. Moslanuvchan tashkiliy-texnologik tizimlar. 2. Erkin va qat’iy ma’romli oqimlar. Moslanuvchan tashkiliy-texnologik tizimlar. Tikuv sanoati ishlab chiqarayotgan kiyimlarni muntazam yangilanishi uni ishlab chiqarishning moslanuvchanligini oshirishni talab qiladi. Moslanuvchan texnologik jarayon yoki ishlab chiqarish jarayon tushunchasi hozirgi zamon adabiyotida tez yo’lga qo’yilgan mobil ishlab chiqarishning sinonimi sifatida qo’llaniladi. Moslanuvchanlik ko’p omillarga ega bo’lgan murakkab tushunchalardan biridir. Muayyan vazifalarga ko’ra moslanuvchanlikning shakllari tashkiliy, texnik, texnologik, strukturaviy xajmiga ko’ra birinchi o’ringa qo’yiladi. Tikuvchilik sanoatida moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlarini yaratish muammolarini yechish uchun kiyimni tayyorlash jarayoni spetsifikasini hisobga olish kerak bo’ladi. Bu - mahsulotning ko’p detalligi, mahsulotni tayyorlashda ko’p uskunalarning qo’llanilishi, ishchi kuchining ishtirok etishi va x.k. demakdir. Shuning uchun sanoatda buyumlarga ishlov berishning texnologik jarayonlariga e’tibor qaratish kerak. Ularning ichida asosiysi mexnat predmeti va detallarni ishlov berish jarayonlarini bir xilligidir. Mahsulot bo’laklarini bir xil choklar bilan o’xshash uskunalarda ishlov berish ishlab chiqarishni modul tamoyillari asosida tashkil etish imkonini beradi. Texnologik jixatdan turli modellar uchun modullar o’zgarmas bo’lishi kerak. Modullar yig’indisi muayyan buyumni tayyorlash uchun texnologik jarayonni tashkil etadi. Oqim modullarida mexnat vositalari mexnat predmetining tashkiliy texnologik yechimining doimiy o’xshashligini ta’minlaydi. Bir mahsulotni tayyorlash va boshqasiga o’tishda modullararo va modul orasidagi aloqalar (yarimfabrikatlarning yo’nalishi) yo’nalishi o’zgaradi, texnologik jarayon esa o’z strukturasi, uskunalarning joylanishi va tarkibi jixatdan doimiy bo’ladi. Taklif etilgan yondashuv kam operatsion texnologiyani va raqamli dastur bilan boshqariladigan ko’p maqsadli asbob-uskunalarni qo’llamay turib tikuvchilik ishlab chiqarishda moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlarini yaratish imkonini beradi. Oqimning moslanuvchan tashkiliy texnologik moduli deganda mexnat vositalarining mexnat predmetlariga ta’sirining mustaxkam saqlanadigan yig’indisi tushuniladi. Bunda moslanuvchan tashkiliy texnologik modul mahsulot qismining turli konstruktiv yechimlariga ishlov berishni ta’minlashi kerak. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling