Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Erkin va qat’iy ma’romli oqimlar


Download 1.83 Mb.
bet17/71
Sana22.12.2022
Hajmi1.83 Mb.
#1041774
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

Erkin va qat’iy ma’romli oqimlar.

Tikuv buyumlarni assortimentini kengaytirish zaruriyati shunday oqimlarni tashkil qilishni talab qildiki ularda ish vaqtidan va asbob-uskunalardan ratsional foydalangan holda buyumlarni turli modelini oqimda hech qanday o’zgartirish kiritmay ishlab chiqarish mumkin bo’lsin. Bunday oqimlar kichik seriyali oqimlar ( KSO) nomini olgan. KSO da buyum sermexnatligi har xil bo’lgan turli modellar kichik seriyalarda tayyorlanadi. Modellarni KSOga ketma-ket, siklli va aralash usullarda tushurish mumkin. Kam seriyali oqimlarni bir chiziqli bir fasonli konveyer oqimlar va bir chiziqli ko’p fasonli sektsion oqimlar kabi hisoblanadi. Tashkiliy operatsiyalarni tuzishda operatsiyaning ixtisosi, razryadi va qo’llaniladigan asbob-uskunalarga qat’iyan e’tibor beriladi, ammo texnologik ketma-ketlikni saqlash shart emas, bu esa yuqori unumdorli asbob-uskunalardan to’liq foydalanishga imkon beradi. Buyumlarni ishlab chiqarish ma’romini ta’minlash maqsadida KSOda yetakchi ishchilar ko’zda tutiladi. Ular yuqori malakali ishchilar bo’lib, oqimdagi barcha operatsiyalarni bajara oladi.
Mexnat predmetlari ish joyidan keyingi ish joyga transportyorlar va qo’lda jarayonaro transport vositasi yoki aravachalar yordamida 5dan 15 donagacha bo’lgan pachkalab uzatiladi.
KSOda qo’llaniladigan transport vositalari bir biridan konstruksiyasi bo’yicha farqlanadi.
Ularni o’xshashligi berg trayektoriyasi bo’yicha harakat qilishi va mexnat predmetlari qutichalarda tasmali transportyor orqali uzatilishidir. Qutichalarni konstruktsiyasi har xil bo’lishi mumkin.
KSOda qo’llaniladigan transportyorlar ikki xil bo’ladi:

  • yarimfabrikatlar solingan qutichalarni ish o’rinlariga avtomatik adreslanmagan – TMS-1 va TMS-2;

yarimfabrikatlar solingan qutichalarni ish o’rinlariga avtomatik adresslangan – TKT-1( Yugoslaviya), “Durkopp” firmasining 755 sinfli transportyori, “Altin” birlashmasining (Germaniya) 13950 sinf transpotyori, M-157 tipidagi AVS transportyori.
Avtomatik adreslangan ransportyorlarni qo’llash nafaqat mexnat madaniyatini oshiradi, balki “ qutichalarni transportyordan olish ” kabi yordamchi operatsiyalarni bajarish uchun sarflandigan vaqtni qisqartiradi.
Qutichalarga solingan buyumlar kartochkalar yordamida ish o’rinlariga tarqatiladi. Har bir tashkiliy operatsiya uchun uning raqami yozilgan kartochka tayyorlanadi. Qutichalarni old qismida kartochkalarni solish uchun maxsus cho’ntak bor. Mexnat predmetlarini oqimga tushiruvchi ishchi qutichaga buyumlarni, maxsus cho’ntakka esa buyumga ishlov berish tartibida kartochkalarni soladi. Har bir ishchi tasmadan uning operatsiyasini tartib raqami ko’rinib turgan qutichani oladi.
O’z operatsiyasini bajargandan so’ng ishchi uning operatsiyasining tartib raqami yozilgan kartochkani olib, transportyorga qutichani qaytarib qo’yadi. Bunda keyingi operatsiyani tartib raqami ko’rinib qoladi. Har bir ish joyga odatda uchta quticha (bittasi transportyorda, ikkitasi esa - ishchi o’rnida) to’g’ri keladi. Ishni bunday tashkil qilish ishchilarni ishsiz o’tirishni oldini oladi, ish vaqtini rezervi bo’lishiga va ishchilarni shaxsiy mexnat qobiliyatidan foydalanish imkonini beradi.
Agar ishchi o’rnida ikkita quticha bo’lsa va uning oldiga transportyor orqali yana bittasi kelsa, ishchi uni olmaydi, quticha transportyorda aylanib keyin yana shu ish o’ringa keladi. Bu ishchini ish ma’romidan qolib ketayotganini ko’rsatadi. KSOda transportyorlar faqat mexnat predmetlarini solingan qutichalarni tashish uchungina xizmat qiladi. Qutichalarni harakatlanish tezligi ishlab chiqarish oqimining ma’romiga bog’liq bo’lmaydi va oqimning ish ma’romiga ta’sir etmaydi.
KSOlar konveyerli oqimlar kabi bir guruxli va ko’p guruxli bo’lishi mumkin.
KSOni afzalligi:

  • ishchining shaxsiy qobiliyatidan to’liq foydalanish;

  • assortiment o’zgarganda ish o’rinlarini o’zgartirish kerak bo’lmagani uchun oqimni qayta qurish osonligi;

  • texnologik sxemani tuzishda texnologik tartibga qat’iy rioya qilinmagani uchun oqimni hisoblash osonligi;

  • tashkiliy operatsiyalarni tuzishda ma’romga nisbatan farq kattaligi;

  • ishchilarni va ish o’rinlarini yuqori darajada ixtisoslashtirilishi;

  • asbob- uskunalardan to’liq foydalanish;

  • oqimga xizmat qilish osonligi.


Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling