Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik
Download 1.83 Mb.
|
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- AMALIY MASHG’ULOTI MAVZU: Material tanlash va asoslash
Kb =
Bunda: Kb - bir xillik koeffisienti; Nb.x. - ikkita har xil modeldagi buyumlarni tikishda bajariladigan bir xil bo’linmas operatsiyalar soni. Num - ikkita har xil modeldagi buyumlarni tikishda bajariladigan bo’linmas operatsiyalarni umumiy soni. HISOBOTGA QO’YILGAN TALABLAR Ushbu laboratoriya mashg’ulotni rasmiylashtirilganda quyidagilarni berilishi lozim: Tanlangan bir turdagi kiyim modellarni tasvirining chizmasi. Bir turdagi kiyim modellarini tashqi ko’rinish ifodasi. Tanlangan buyum modelini bichiq detallarini 1/5 yoki 1/10 masshtabdagi chizmasi. Bichiq detallarida tanda, arqoq iplarini yo’nalishini va qirqim nomlarini ko’rsatilishi. TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR “Moda” deganda nima deb tushunasiz? Iste’molchilarning talablari nimalardan iborat? Kiyimga iqtisodiy va ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan qo’yiladigan talablarning asosiy mazmunini aytib bering? Bir xillik koeffisienti qanday aniqlaysiz? 2- AMALIY MASHG’ULOTI MAVZU: Material tanlash va asoslash ISH MAZMUNI 1.Materiallarga qо’yiladigan talablarni о’rganish, 2.Materiallar xususiyatlarini о’rganish va fizika-mexanikaviy kо’rsatkichlari jadvalini tuzish 3.Konfeksion karta tuzish USLUBIY KO’RSATMA Tanlab olingan modellarga binoan hamma kerakli materiallar, ya’ni avra, astar, qo’shimcha materiallar, ip, furnitura tanlanadi va asoslanadi. Tanlangan materiallarning tashqi ko’rinishi, xususiyatlari va o’lcham tafsilotlari buyumning turiga, kimga mo’ljanlanligi mos kelishi kerak. Materialning texnologik xususiyatlariga ko’ra, bir xil usulda tikilishi, yoki jixozlarning bir qismini qayta sozlashga hojat qolmasligi kerak. Tanlangan materiallarni bahosi arzon, tejamli bo’lishi lozim. Astarlik, qotirma va furnitura ham tikiladigan materiallarning bahosi va uning ko’rinishiga qarab tanlanadi. HISOBOTGA QO’YILGAN TALABLAR Ushbu laboratoriya mashg’ulotni rasmiylashtirilganda quyidagilarni berilishi lozim: Bir turdagi kiyim modellarini tikish uchun tavsiya qilinadigan gazlamalarning ta’rifi. Jadval shaklda tavsiya qilingan gazlamalarni texnik ko’rsatkichlarining ifodasi. TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR Kiyimlik materiallar qanday talablarga javob berishi kerak? Ommaviy ishlab chiqarishda tikishga mo’ljallangan modellarga qanday tartibda materiallar tanlanadi? Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling