Milliy libos va san’at fakulteti
Download 255.17 Kb.
|
Bozorov Suhrob. 219
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi
Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi MDH davlatlari tashqi iqtisodiy aloqalari va uni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish iborat.
Kurs ishining predmeti: MDH davlatlari tashqi iqtisodiy aloqalarining kelajakdagi istiqbollarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat. Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 5 ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. 1. Yengil sanoat korxonalarida sifat tushunchasi va uning mohiyati Asosiy ishlab chiqarish fondlari umumiy ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati, mehnatning qurollanganlik darajasi asosiy ishlab chiqarish fondlarining hajmiga bog’liq. Asosiy fondlarning va mehnatning qurollanganlik darajasining oshishi mehnatga ijodiy xarakter bag’ishlaydi va jamoaning madaniy – texnik darajasini oshiradi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida asosiy fondlar ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi, iqtisodiy o’sishni taminlovchi barcha omillar ichida asosiy o’rinni egalaydi. Asosiy fondlar jamiyat moddiy resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning 65% dan ko’prog’i asosiy ishlab chiqarish fondlariga to’g’ri keladi. UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR Asosiy fondlar Nomoddiy aktivlar Kapital qo’yilmalar Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar 53 Ishlab chiqarish miqyosining o’sishi va boshqa ijobiy o’zgarishlar sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar yetmay qoladi. Bunday hollar ro’y berganda korxona shartnoma asosida o’ziga kerakli bo’lgan asosiy fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o’rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deb ataladi (ingl. Lease - ijara). Asosiy fondlarning umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat bo’yicha o’zaro nisbati asosiy fondlarning turlar bo’yicha tuzilmasini aks ettiradi hamda amaliyotda foizlarda o’lchanadi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasining, birinchi o’rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob-uskunalarni ko’paytirishga yo’naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor bo’lishi lozim. Ularning ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo’ladi va aksincha. Korxona asosiy fondlarining turlar bo’yicha tuzilmasi, ko’p jihatdan kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan avvaldan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Asosiy fondlarning turlar bo’yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiya qilish darajasi ham katta ta’sir o’tkazadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o’rta korxonalarga qaraganda ko’proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo’lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi. «Korxona iqtisodiyoti»ga ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy fondlarning yoshi, birinchi o’rinda mashina va asbob-uskunalarning yoshi katta ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo’yicha guruhlashda taxminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va uskunalarning ekspluatatsiya muddati qanchalik yuqori bo’lsa, korxonaning ishlab 54 chiqarish quvvatlari shunchalik past bo’ladi, mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib qolish va talofatlar ko’payadi hamda aksincha. Bundan tashqari, korxona asbobuskunalaridan uzoq vaqt mobaynida foydalanilganida ta’mirlash uchun ham ko’p xarajatlar sarflanadi. Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko’ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo’linadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadi. U o’zining amal qilish sikli davomida ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishlatiladi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari bosqichma – bosqich eskirib, o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qismlab o’tkazib boradi. Ular amortizatsiya ajratmalari hisobiga qoplanadi. Noishlab chiqarish asosiy fondlariga korxona balansida turgan, xodimlarga xizmat qiladigan turar joylar, bog’cha, sport muassasalari va boshqa madaniymaishiy xizmat ko’rsatuvchi ob’ektlar kiradi. Ishlab chiqarish fondlaridan farqli o’laroq ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi va o’zining qiymatini mahsulotga o’tkazmaydi. Ularning qiymati iste’molda yo’q bo’lib ketadi. Ularning o’rni to’ldirilmaydi. Ular korxona foydasi hisobiga takror ishlab chiqariladi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: yer uchastkalari, egalik qilish huquqiga ega korxonaga tegishli bo’lgan tabiatdan foydalanish ob’ektlari (suv,yer osti boyliklari; boshqa tabiiy resurslar); binolar (ishlab chiqarish – texnik, yordamchi binolar va boshqalar); inshootlar (injenerlik qurilish ob’ektlari, ishlab chiqarishga yordamlashuvchi inshootlar); uzatish qurilmalari (elektr uzatish shaxobchalari); mashina va jihozlar; o’lcham va nazorat qilish asboblari, qurilmalari va laboratoriya jihozlari; hisoblash texnikasi; transport vositalari (ichki va tashqi ishlab chiqarish) 55 qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ko’p bo’lgan asbob va moslamalar; ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari; xo’jalik ichidagi yo’llar. Asosiy fondlar tuzulmasini to’g’ri tashkil etish ishlab chiqarishning o’sishiga, tannarxning pasayishiga va korxona pul mablag’larining ortishga olib keluvchi shart sifatida qaraladi. Sanoatning turli tarmoqlariga tegishli korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzulmasi bir xil bo’lmaydi. Masalan yengil va oziq – ovqat sanoatida binolar asosiy o’rin egalaydi (44-46%), yonilg’i sanoatida inshootlar (17-19%), elektro energetika sanoati korxonalarida uzatish qurilmalari (30-33%), mashinasozlik korxonalarida mashina va jihozlar asosiy o’rin egallaydi. Download 255.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling