Milliy mafkura
Uchrashuv: yagona g‘oya atrofida birlashaylik
Download 48.37 Kb.
|
1-mavzu
Uchrashuv: yagona g‘oya atrofida birlashaylik
Qabulxonada kutib turgan 2 kishi tez-tez kirib chiqishdi. Menga navbat kelganida qabulxona mas’ul xodimi yana bir bor, prezident huzurida o‘zimni qanday tutishim lozimligini uqtirdi va ichkariga kirib o‘zingizni tanishtiring dedi. Men o‘rgatilganday, ichkariga kirib, o‘zimni rasman tanishtirdim. Prezident: Keling, Baxtiyor. Bu joyga o‘tiring, xotirjam gaplashaylik, - deb ko‘rishish uchun menga qo‘llarini uzatdi. Men biroz hayajonlanib, shoshinqirab davlat rahbarining qo‘llarini siqdim. Salomlashgach, ko‘rsatilgan joyga o‘tirib, prezidentning chehrasiga nazar tashladim. Prezident vazmin va xotirjam holatda bir oz jilmayib mening holatimni kuzatib turardi. Uning qiyofasidan qandaydir ko‘rinmas sirli kuch, g‘ayrat ufurib turardi. Bunday kuch, boshqacha nom bilan ataganda xarizma ayrim yirik davlat arboblarida, olimlar va sarkardalarda bo‘ladi. Mening hayolimni “Qani, Bosh Qo‘mondon – O‘zbekiston Prezidenti menga qanday savollar berar ekan?”, “Bergan savollariga men beradigan javoblar ularni qoniqtirarmikin?” – degan fikrlar band qilgan edi. I.A.Karimov, ishlayotgan joyim va bajarayotgan vazifalarimdan kelib chiqib, mendan so‘radi: - Baxtiyor, qani, aytingchi, insonni ruhan boshqarish mumkin-mi? - Albatta mumkin. Lekin, insonlar ham har xil bo‘ladi. Ularning ayrimlarini boshqarish oson, ayrimlarini esa boshqarish juda qiyin. Bu ularning irodasiga, o‘zligini qay darajada anglaganligiga bog‘liq. – dedim. - To‘g‘ri aytasiz, lekin insonni boshqaruvchi shunday bir mexanizm borki, uning vositasida har qanday insonni maqsad sari yetaklash mumkin. - Siz manfaatni, manfaatdorlikni nazarda tutayapsiz, shundaymi? - To‘g‘ri, ammo manfaat, qiziqish men aytgan mexanizmning bir turi xolos. E’tiqod-chi, e’tiqodli insonni o‘z e’tiqodining obro‘yi uchun har yo‘lga yo‘naltirish mumkin. Milliy shaa’n, oriyat-chi, vatanparvarlik-chi? Bularning barchasi ongli boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Inson ongiga, uning ong ostiga ta’sir etuvchi vositalar ham mavjud. Avstriyalik olim Zigmund Freyd ongsizlik nazariyasini yaratishda ana shu vositalarni nazarda tutgan. Endi nazariyadan amaliyotga o‘taylik. Mana, O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga ham 7 yildan oshdi. Endi mustaqilmiz. Biz yashayotgan joyga allohning nazari tushgan. Bog‘laridan, polizlaridan shirin-shakar mevalar, sabzavotlar unib chiqadi, zaminimiz osti esa qimmatbaho qazilma boyliklarga boydir. Xalqimiz-chi, sabrli, qanoatli, e’tiqodli, insof va diyonatli, buning ustiga tadbirkor va mehnatkash. Xo‘sh nega shunday janatmakon yurtda yashab, uning manfaatlari uchun bir yoqadan bosh chiqarib, yurtimizning gullab-yashnashi uchun kuyib-yonmaymiz. Yoki, chetdan biror kishi kelib bizga o‘rgatishini, bizning ustimizdan hukmronlik qilishini kutayapmizmi? Menimcha, biz o‘z yurtimizga tom ma’noda o‘zimiz egalik qilish vaqti keldi. Agar yurtimizga bugun o‘zimiz egalik qilmasak, ertaga unga egalik qilishni xoxlaydiganlar istagancha topiladi. Agar yurtimizga o‘zgalar egalik qilsa, biz ularning qo‘lida qul bo‘lib ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Demak, bizning oldimizda ikkita alternativ yo‘l turibdi: ularning biri, yagona milliy g‘oya atrofida birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlik bilan o‘z yurtimizga egalik qilish va uni gullatib-yashnatish, yoki ikkinchi yo‘l, yagona g‘oyadan voz kechib, kimningdir kelib bizni boshqarishiga, bizning ustimizdan hukmronlik qilishiga yo‘l berish va umrbod ularning izmida yurib, “bersang yeymiz, ursang o‘lamiz” qabilida yashab, qullik iskanjasiga tushish. Shunday emasmi? - To‘g‘ri. Lekin, afsuski shunday vatandoshlarimiz ham borki, ular o‘z yurtining manfaatlarini, sariq chaqaga bo‘lsa ham, sotishga tayyor. Undaylar o‘zining manfaatlari uchun ota-onasini, oilasini, mahallasini, qolaversa Vatanini ham sotib yuboraveradi. - Ha, endi guruch kurmaksiz bo‘lmas, "har to‘kisning bir aybi bo‘ladi", deydi xalqimiz. Besh qo‘l baravar emas, ko‘p millionli aholi ichida yaxshisi ham yomoni ham uchraydi, lekin asl milliy mentalitetimiz zamirida, tajovvuzkorlik, xiyonatkorlik yo‘q. Jinoyatkorlik, sotqinlik ma’naviyati deformatsiyalangan kishilar orasida uchraydi. Ularda milliy sha’n va oriyat bo‘lmaydi. Ular millatdoshim deb atashga arzimaydigan odamlar.– dedi I.Karimov. Download 48.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling