Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§ 1. SHIMOLIY AMERIKANING TUB AHOLISI


Download 1.23 Mb.
bet22/39
Sana21.02.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1216978
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
Etnologiya KITOB

§ 1. SHIMOLIY AMERIKANING TUB AHOLISI
So’nggi chorak asf davomida to’plangan arxeologik ma'lumot-lar Shimoliy Amerika hududida ketma-ket izchil almashib, taraqqiy qilib kelgan hindilar jamiyatining taxminan o’n bir ming yillik tarixini aniqlab olish imkonini yaratdi. Arxeologlar qifada ikkita eng qadimiy paleohindi madaniy an'analarini aniqlaganlar:
1) Markaziy dasht mintaqada joylashgan yirik qush ovchilari ma-daniyati;
2) Shimoli-g’arbiy Tinch okeani ovchi-terimchilari kordiler madaniyati18. Bu madaniyatlar miloddan avvalgi VIII ming yillik-kacha davom qilib kelgan va butun qifaga tarqalgan turli lokal madaniyatlarning negizini hosil qilgan.
Ayniqsa, hindilar tarixi qifaning sharqiy qismi va janubi-g’arbida Shimoliy Amerikaning o’rmon zonasida (hozirgi Arizona va Nyu-Meksiko shtatlarida) jiddiy o’rganilgan. Ayni shu yerda hozirgi tarixiy va etnografik manbalarga kirgan yuksak darajadagi madaniyatli Shimoliy Amerika hindi qabilalarining shakllanish markazi bo’lgan va ularning keyingi taraqqiyotiga zo’r ta'sir

, 3 6eT

I^apanr: CesepoaMepHKaHCKHe
ko’rsatgan. Sharqiy o’rmon zonasida yashagan hindilarning tarixiga oid uchta davr aniqlangan. Bu birinchidan, mo’tadil iqlimli o’rmon va suv havzalari mahsulotlarini ovlab, yig’ib-terib o’zlashtirish xo’jaligiga ega bo’lgan arxaik davr (eramizdan avvalgi VIII-I ming yilliklar), shu zaminda paydo bo’lgan ikkinchi madaniyat janubiy Kanadadan to Meksika bo’g’ozigacha, Atlantikadan to Amerika dashtlarigacha katta hududga tarqalgan vudlend madaniyati ilgarigi madaniy an'anani davom qildirib, qo’shimcha dehqonchilik va ku-lolchilik bilan ajralib turadi (eramizning VII asrlariga kelib, ayniqsa, Ogoyo daryosining vohasida, bu madaniyat nihoyatda gullaydi va dasht hududlarda X asrgacha, shimoli-sharqiy qismida yevropaliklar kelguncha saqlangan). VII asrning oxirlaridan bosh-lab madaniyat markazi asta-sekin Missisipi daryosining o’rta va pastki oqimi vodiylariga va Meksika bo’g’ozi sohillariga ko’cha boshlaydi. Missisipi madaniyati deb atalgan bu davr (VII-XV asr-lar) ilgarigi madaniy yutuqlarni o’zida mujassamlashtirgan o’troq dehqonchilik xo’jaligi, qaPali shahar va qo’rg’onlar, ibodat va saroy tipidagi inshootlar bilan ajralib turadi. Vudlend madaniyatidan missisipiliklar o’zining sopol mahsulotlaridagi yangi shakldagi naqshlar, yog’och, tosh va chig’anoqlardagi yuksak badiiy o’ymakorlik va naqqoshlik san'ati, metall buyumlar yasash mahorati bilan ham farq qilganlar.
Demak, yevropaliklar kelguncha Shimoliy Amerikada hindilar yuksak madaniyat yaratganlar. Albatta, hindilar jamiyati bu davrda sinfiy tuzumga o’ta boshlagan. Tadqiqotchilar bu davrni ikki muhim bosqichga bo’ladilar: eng rivojlangan ibodat qo’rg’onlarini tiklash bosqichi (VII-XII asrlar) va qo’rg’on inshootlarining periferiya hududlariga tarqalish bosqichi, ya'ni yuksak hindi madaniyatining boshqa sharqiy o’rmon zonasi va dasht daryo vodiylariga zo’r ta'sir qilib, o’z hukmronligini to’liq o’rnatgan bosqichi (XII-XV asrlar). Mazkur madaniyat mahalliy an'analar bilan aralashib, o’ziga xos rivojlangan hindi dehqonchilik xo’jalik tipini hosil qilgan edi.
Arxeologik tadqiqotlarga qaraganda, Shimoliy Amerikada dehqonchilik dastavval miloddan awalgi III ming yillikda janubi-g’arbiy hududlarda paydo bo’lgan. Shu asosda arxeologlar «kochiz», «monolon», «xoxokam» va «anasazi», deb atalgan hindi madaniyatining lokal tiplarini ajratadilar. Eng birinchi dehqonchilik madaniyatini Shimoliy Amerikada kochizliklar yaratgan bo’lib, ular dastlab makkajo’xori, keyinroq qovoq va lobiyo ekkanlar.
777
Kochizliklar yovvoyi o’simliklar yig’ish va ovchilik bilan ham shug’ullanganlar, g’orlarda yashaganlar.
I ming yillikka kelib kochiz madaniyati asosida makkaning yangi navlarini yaratganlar, yerto’lalarga ko’chgan va to’rtburchak doirasimon uylardan iborat qishloqlarga ega bo’lgan mogolon (mi-loddan avvalgi III asr — milodning XV asrlari) madaniyati paydo bo’ladi. Arizonaning janubi-g’arbiy qurg’oq hududlarida takomil-lashgan sug’orishga asoslangan dehqonchilik tizimi yaratilgan, o’ndan ortiq makka turlari, paxta, qovoq, lobiyo, tamaki, qalam-pir yetishtirgan xoxokam madaniyati (I-XVI asrlar) yana ham yuqori darajaga ko’tarilgan. Ularning loy va toshdan qurilgan katta (jamoa) uylardan tashkil topgan yaxlit qishloqlari (ispanlar «pueblo» deb ataganlar) zo’r mahorat bilan yasalgan badiiy sopol buyumlar va haykalchalar, paxta ip gazlamalar to’qish san'ati Markaziy Amerika hindilarining yuksak madaniyatga erishganligidan dalolat beradi. XIV asrga kelib birdaniga bu ma-daniyat vakillari butunlay yo’qolib, faqat bo’m-bo’sh pueblo (qish-loq) larini va toshdan ishlangan ko’ptarmoqli sug’orish inshootla-rini qoldirganlar, xolos.
Xoxokam va mogolon madaniyatidan 300-700 yillar keyin paydo bo’lgan anasazi nomli rivojlangan dehqonchilik madaniyati ancha takomillashgan va qo’shni elatlarga zo’r ta'sir o’tkazgan. Mazkur madaniyat izlari hozirgi AQSHning Arizona, Nyu-Meksika, Yuta va Kolorado shtatlarida va qo’shni vohalarda topilgan. Anasazi madaniyati tarixi ikki davrga: «rivqjlangan pueblo» (milodning VII-X asrlari) va «buyuk pueblo» (X-XIII asrlar)ga bo’lingan. Birinchi davr hindilari makka, qovoq, lobiyo, paxta ekkanlar, ilgarigi savat idishlari o’rniga geometrik ornamentli sopol idishlar yaratganlar, ko’pxonalik (6-14 hujayrali) toshdan va xomg’ishtdan katta uylar tiklaganlar.
«Buyuk pueblo» davrida qurilish texnikasi yana ham yuksak darajaga ko’tariladi. Hindilar bu davrda ko’p qavatli va ko’pxonali ming va undan ham ko’p kishi sig’adigan katta uy (asli shahar)lar tiklaganlar. Bunday bir uydan tashkil topgan sha-harlar qumtosh yoki tuf qoyalarda, daryolarning katta daralarida paydo bo’lgan. Ular asosan, Kolorado va San-Xuan daryolari-ning daralarida qurilgan. Ba'zan tabiiy g’orlardan ham foydala-
nilgan. Oilalar ko’paygan sayin xonaga xona qo’shilib ari uyasi-dek shahar kattayib boravergan. Bunga Kolorado darasidagi 200 xonalik va 36 ibodatxona (kiva)lik «qoya ko'shki» (XI asr) xaro-balari va hozirgacha saqlanib qolgan Chaka darasidagi (XII #sr-ga pid) devor bilan o’ralgan 650 hujrali va markazida 20 ibodat-xonasi bor hovli-qasr ham misol bo’ladi. Ammo XII asrga kelib, hindilar o’zlarining qoya uy-qasrlarini tashlab tekis adirlarga ko’chib, hovli-qishloqlarini tiklay boshlaganlar.
Mazkur arxeologik kashfiyotlar XIX asr oxirlari XX asr boshlarida g’arb fanida tarqalgan hindilar madaniyatini kamsitish, ularni mustamlaka arafasida nihoyatda ibtidoiy darajada turgan qoloq qabilalar, degan fikrlarini butunlay rad qildi. Aniq bo’ldiki, Shimoliy Amerikaning tub aholisi qifa kashf etilishidan va mustamlaka qilinishdan oldin uzoq va murakkab yuksak madaniyat yaratgan davrni bosib o’tgan jihatdan tasdiqlandi. Mustamlaka arafasida, ya'ni XV asr oxirlarida Shimoliy Amerikaning hindi aholisi taxmi-nan 9-10 million kishiga yetgan va juda ko’p turli tildagi qabila va elatlardan iborat bo’lgan19.
Mahalliy hindilarning xo’jalik faoliyati ham turli xilda bo’lib, olimlarning aniqlashiga qaraganda, o’sha davrda Shimoliy Amerikada olti xo’jalik madaniy tiplari tashkil topgan.
Hindi qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ham turli darajada bo’lgan. Ularning ko’pchiligi mustamlaka arafasida ib-tidoiy jamiyat tuzumining turli pog’onasida, qifaning janubi-sharqiy va g’arbiy qismida qabilalar sinfiy jamiyatga o’tish darajasida bo’lganlar. XV asr oxirlaridan Shimoliy Amerikada oqtanliklar, ya'ni yevropaliklar (asosan, Fransiya, Ispaniya, Gollandiya va Angliyadan) kelishi bilan mustamlaka davri boshlanadi. XVIII asr boshlarida esa qifaga ko’plab negrlar keltirilishi bilan Shimoliy Amerikaning etnik qiyofasi tubdan o’zgara boshlaydi.
Mustamlaka arafasida yuqorida aytganimizdek, hozirgi AQSH hududida 400 ga yaqin hindi qabilalari yashagan. Ular 200ga yaqin tilda gapiradigan 2-3 millionlik turli elat va qabilalar bo’lib, mustamlakachilarga jiddiy qarshilik ko’rsatganlar. Hindilarning

, 15 6ex ^^n

CeBepoaMepHKancKHe
barcha qarshilik-va qo’zg’olonlari vahshiyona bostirilgan. Oqibatda minglab hindilar qirilgan, serunum yerlaridan haydalgan, qulga aylantirilgan.
XIX asr oxirlariga kelib hindi qabilalarining ko’pchiligi tor-mor qilinib, to’liq bo’ysundirilgan va rezervatsiyalarga joylashtirilgan edi. XV asrda jami 15-20 mln. hindilar yashagan bo’lsa, hozir Shimoliy Amerikada yashovchi tub aholining soni 1,5 milliondan ortiq20.
Ammo hindilar o’z huquqlari uchun doimo kurashib kelmoqda-lar. Ayniqsa, so’nggi o’n yilliklarda ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi kuchaydi, oqibatda hihdilar masalasi mamlakatning eng muhim siyosiy masalalaridan biriga aylandi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling