Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili


Iroda va milliy taraqqiyot


Download 0.6 Mb.
bet20/80
Sana31.01.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1818875
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
Bog'liq
Davlat univer-fayllar.org

Iroda va milliy taraqqiyot. Ma’naviyatning barcha tarkibiy qismlariga, unsurlariga irodaning ta’siri katta, ammo, tabiiyki, bir xil emas. Bugungi kunda ma’naviyatning etakchi va juda dinamik, harakatchan tizimlaridan biri - milliy g’oya va O’zbekiston mustaqil taraqqiyoti nazariyasi shakllanishiga, hayotga tatbiq etilishiga uning ta’siri kuchlidir.
Irodasi bo’sh xalq tub manfaatlarini yuzaga chiqarishda, hatto ularni to’la va teran anglab olishda qiynalib qoladi. O’zligini yaxshi anglay olmagan xalq esa milliy g’oyasini ifodalay olmaydi. Oqibatda, uning ma’naviy hayotiga ichki mushtaraklik va umumiy maqsadga intilish etishmaydi. Chunki ma’naviy hayotga mushtarak­lik va umumiy maqsadni milliy g’oya beradi.
Milliy iroda mustaqillikka erishishdan tashqari, erkin va munosib taraqqiyotni ta’minlash, millatning oliy, strategii maqsadlari va joriy orzu-istaklarini, milliy goyani amalga oshirish uchun zarur. O’z navbatida, milliy g’oya xalq irodasi chiniqishiga, kuchayishiga xizmat qiladi. Uning oliy maqsadlarini, mo’ljallarini va bu yo’ldagi harakat algoritmini aniqlab beradi. Xalq oliy maqsadlariga erishish yo’lida yanada mustaxdamroq jipslashadi, o’z kuch-g’ayratini, aql-zakovatini safarbar etadi, yaxshi tashabbuslarni qo’llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi. To’g’ri yo’naltirilgan iroda o’zidagi yaratuvchilik kuchini yuzaga chiqaradi. Milliy goya orqali iroda xalqning ma’naviy ildizlari, asriy madaniy merosi va zamonaviy qadriyatlari, umuminsoniy qadriyatlar bilan yanada mustahkamroq tutashadi. Natijada, uning ijodkorlik, yaratuvchanlik salohiyati, amaliy samaradorligi yanada oshadi.
Ma’naviyat tufayli iroda mazmunan vatanparvarlik kasb etadi, soxta g’oyalarga uchmaydi va g’ayriinsoniy maqsadlar yo’lig’a adashib kirib ketmaydi. Ma’naviyatning asl mohiyatidan ajralib qolgan iroda esa bunday xavfdan xoli bo’lmaydi. Chunki irodaga xos ma’lum darajadagi irratsionalizm, qat’iyat, har qanday to’siqni engib, maqsad sari intilish, agar ma’naviy mezonlar unutilsa, vosita tanlashda adashib ketishga olib kelishi mumkin. Bu esa irodani bunyoddor kuchdan vayronkor kuchga aylantiradi. Maqsad vositani har doim ham oqlamasligini irodaga ma’naviyatning insonparvarlik me’yorlari eslatib turadi.
Xulosa qilib aytganda, irodasiz ma’naviyat kemtik, notugal va amaliy jihatdan zaifdir. Ma’naviyatsiz iro­da esa stixiyali, ko’r-basir, ziddiyatli va xavfli ijtimoiy energiya, kuch darajasida qolib ketadi. Uning yaratuvchilik salohiyati past bo’ladi. Faqat ijobiy maqsadga yo’naltirilgan iroda unumli natijalarga olib keladi.
Samarali iroda shaxs va jamiyat yaratuvchiligini, faolligini yuzaga chiqaruvchi omildir. Irodasiz inson na o’zini, na jamiyatni o’zgartira oladi. SHopengauer ta’birini biroz o’zgartirib, inson va ijtimoiy voqelik iroda mahsulidir, irodaning predmetlashgan shaklidir, desak unchalik xato qilmaymiz.
Irodani tarbiyalash insonda mas’uliyat to’yg’ularini shakllantirish, boqimandalikning har qanday ko’rinishidan xalos bo’lishni, chetdan birovlarning himmatini yoki osmondan mo’’jiza kutmasdan, o’z kuchiga, bilimi va aql-zakovatiga tayanib ish ko’rishga o’rgatishni bildiradi. Aytilganlardan O’zbekistonda barkamol avlodni shakllantirish va mutaraqqiy jamiyat qurishda shaxs va millatda samarali irodani tarbiyalashning ahamiyati ayonlashadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling