Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili
Download 0.6 Mb.
|
Davlat univer-fayllar.org
4. E’tiqod va ma’naviyat. E’tiqod shaxs dunyoqarashi va ma’naviyati yadrosi sifatida. Kundalik ongda ko’pincha e’tiqod biror dinga ishonish va uning ahkomlarini bajarish, deb tor mazmunda tushuniladi. Aslida e’tiqod ancha keng tushuncha, diniy mazmundan tashqari dunyoviy mazmunda ham qo’llaniladi. Erkin, demokratik e’tiqod, siyosiy e’tiqod, axloqiy e’tiqod, ilmiy e’tiqod va h.k. so’z birikmalari bunga misoldir. E’tiqod muayyan g’oyalar, qarashlar tizimiga qattiq ishonchni va sodiqlikni anglatadi. Sobiq tuzum paytida kommunistik e’tiqod to’grisida gapirilar edi. Bunda kommunistik g’oyalarga, marksizm-leninizmga ishonch va sodiqlik nazarda tutilgan. Diniy e’tiqodni biz ko’proq imon yoki imon-e’tiqod deymiz va bu bilan uni e’tiqodning dunyoviy shakllaridan farqlaymiz. E’tiqod avvalo shaxs (jamoa, guruh, jamiyat) tomonidan muayyan g’oyalarga, baho va me’yorlarga ikkilanmasdan, shubha qilmasdan, qat’iy ishonch asosida hosil bo’lgan eng muhim va birinchi darajali hisoblangan barqaror, sobit tushunchalar, umumqabul qilingan me’yorlar, yuksak qadriyatlar, nazariyalar va qarashlardir, ya’ni ilmdir (bilimdir).
Shunday qilib, e’tiqodning mazmunini birinchi galda ilm tashkil qiladi. Chunki kishi nimaga e’tiqod qilayotganini - nimaga ishonayotganini, nimaga intilayotganini, nimaga o’z xulq-atvorini, ijodini moslashtirish lozimligini bilishi lozim. Bu ilm diniy yoki dunyoviy yoxud ularning ma’lum darajadagi qorishuvi bo’ladimi, undan qati nazar, e’tiqodning keng ma’nodagi hayotiy mazmunini tashkil etadi. Ilmsiz e’tiqod yo’q, bo’lishi mumkin ham emas. Ilmlar bir-biridan harakteri, mazmuni, predmeta, olamni aks ettirishi,tabiat, jamiyat, inson bilan bog’liq hodisalarni tahlil qilish, umumlashtirish usullari, shakllari, yo’nalishi va ahamiyatiga ko’ra ancha farq qiladi. Eng avvalo ilmni biz, tafakkur xususiyatlaridan kelib chiqib, ratsional va irratsional ilmlarga ajratamiz. Ratsional ilm izchil mantiqqa, puxta nazariy tadqiqotlarga va amaliy tajribaga tayanadi. Tabiatshunoslik fanlari mazmuni va beradigan bilimlari, axborotlari hamda insoniyat mehnat faoliyati va hayoti davomida o’zlashtirgan, orttirgan tajribasi orqali hosil bo’lgan amaliy bilimlar ratsional mazmunga ega. Ratsional ilmni nazariy va amaliy-eksperimental usullar yoki hayotay tajriba yordamida takrorlash, isbotlash mumkin. Ratsional ilm samara beradigan ilmdir. Uning yordamida ob’ektiv borliq - koinot, tabiat, jamiyat, inson sir-asrorlari, tuzilishi, turli qismlari, unsurlari, xususiyatlari, o’zaro aloqalari, xossalari va h.k. o’rganiladi. Irratsional ilm aniq dalillardan tashqari noaniq, taxminiy, emotsional, ba’zan g’ayritabiiy, diniy, mistik, ezoterik yoki mantiqiy chayqovchilik ruhidagi vajlarga tayanadi yoki ularni ilmiy dalillar bilan aralashtirib yuboradi. Masalaga o’ta hissiyotga berilib, xolislikni unitib, biryoqlama yondashilganda olingan bilim, diniy va mistik unsurlardan xoli bo’lsa-da, irratsionallik kasb etishi mumkin. Irratsional ilmning to’g’riligini nazariy yoki amaliy tajriba orqali tekshirib, isbotlab bo’lmaydi. E’tiqodning ilg’orligi yoki qoloqligi, insonparvarligi yoki xudbinligi va boshqa ko’plab xususiyatlari uning mazmunini tashkil etuvchi ilmga bog’liq Ammo har qanday ilm, ayniqsa, kundalik bilimlar e’tiqod bo’lavermaydi. Nafaqat kundalik bilimlarda, hattoki ilm-fanda ko’plab turli axborot darajasidagi hamda asosiy arkoniy tamoyillarni shakllantirishga xizmat qiluvchi «yordamchi» va oddiy elementar tushunchalar borki, ular qanchalik fan va ilmiy tadqiqot, ijtimoiy amaliyot uchun ahamiyatli bo’lmasin, e’tiqodning bevosita tarkibiy qismiga kirmaydi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling