Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili


Download 0.6 Mb.
bet1/80
Sana31.01.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1818875
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Davlat univer-fayllar.org


MILLIY MANAVIY YANGILANISH ,YUKSALISH,TARAQQIYOT OMILI
Reja:

  1. Ma’naviyat tushunchasi: moxiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo’lish shakllari.

  2. Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri.

  3. Ma’naviyat va jamiyat hayoti.


Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti va boshqa fanlar bilan aloqasi. Inson faoliyatinning shunday yo’nalishlari borki, ular ma’naviyatning turli jihatlari va voqelik shakl­larini o’rganibgina qolmay, o’zlari ham ma’naviy amalliyotni, ma’naviy yaratuvchilikni tashkil etadi. Masalan, din, axloq, san’at (adabiyot, musiqa, musavvirlik, haykaltaroshlik, me’morlik, qo’shiq, raqs, teatr va sh. k.), falsafa va ilm-fan shular jumlasidan. Jamiyatdagi barcha munosabatlar - siyosiy, huquqiy, maishiy, hatto iqtisodiy va boshqa munosabatlar axloqiylik, insoniylik, kengroq olsak - ma’naviylik nuqtai nazaridan baholanishi mumkin va lozim. Binobarin, insonning har qanday faoliyati o’zining ma’naviy tomoniga ega. SHu sababdan ma’naviyatga oid hodisalarni ko’plab fanlar o’rganib kelgan. Ma’naviyat yaxlit, bus-butun tizim sifatida ham o’rganilishi lozim. Bu vazifani ma’naviyatshunoslik fani bajaradi.
Ma’naviyatshunoslik fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan yaqindan aloqa qiladi. Ularning xulosalarini, tadqiqotlarini tahlil qiladi, umumlashtiradi. Ulardan foydalanish asosida o’z predmetini, didaktik mazmunini, tushunchalar tizimini, ilmiy apparatini, ilmiy xulosalarini shakllantiradi va mudom boyitib boradi. Ayni paytda, ma’naviyatshunoslik fani ulardan yasalgan quroq ilm emas. U falsafiy fanlar jumlasiga kirsa-da, o’zining aniq predmetiga, alohida tadqiqot ob’ektiga ega. U falsafaning ilmiy usullaridan, onto­logik, epestimeologik (boshqacha atamasi-gnoseologiya), aksiologik kategoriyalaridan, tushunchalaridan, ijtimoiy falsafa materiallaridan, xulosalaridan o’z predme­tini o’rganish zaruriyatiga moe ravishda foydalanadi. Boshqa fanlar materiallaridan foydalanish xususida ham shunday deyish mumkin.
Har bir fanning predmeta uning asosiy ijtimoiy vazifasidan kelib chiqadi. Ularning tadqiqot ob’ektlari bir xil bo’lishi mumkin, ammo predmeta farq qiladi. Masalan, biologiya insonni tirik, jonli mavjudot, alohida biologik tur sifatida o’rgansa, tibbiyot ilmi insonni sog’lomlik, uning tanasi a’zolari normal ishlashi, agar kasallanib qolsa, normal faoliyatini tiklash zaruratidan kelib chiqib o’rganadi. Pedagogika esa inson­ni (bolani) unga ta’lim-tarbiya berish, qiziqishlarini muayyan maqsadga yo’naltirish zarurati bilan bog’lab o’rganadi. Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti - bunyodkor, izlanuvchan, o’zini va o’z ijtimoiy borligini ezgulik, adolat, go’zallik asosida sayti qurishga, takomillash- tirishga intiluvchan erkin, mustatsil fikrlovchi va ko’ngil dunyosi boy inson, uning tabiatga, jamiyatga, o’z-o’ziga nisbatan ruhoniy va amaliy munosabatidir. Bunday kishilarni ota-bobolarimiz fozil kishi, komil inson, ularni voyaga etkazadigan jamiyatni fozil jamiyat (shahar) deb ataganlar. Qisqacha aytganda, ma’naviyatshunoslik fanining predmeta komil inson va uni voyaga etkazuvchi insonparvar ijtimoiy qadriyatlar va munosa- batlardir.
Fanning ob’ekti esa insonning ichki akliy va hissiy dunyosiga, erkinligiga, irodasiga, jamiyatda tutgan o’rniga, ijtimoiy munosabatlariga, yaratuvchilik faoliyatiga, haqiqat va ezgulik, go’zallik va ijodga intilishi, bu intilishlarning natijalari va baholariga oid barcha hodisalar, mavzular, inson ruhining tug’yonlari, in­son ongiga ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy munosabatlar, muhit, jamiyat hayotining turli sohalari bo’lishi mumkin. Masalan, ma’naviyatshunoslik fanining tadqiqot ob’ekti oila ma’naviyati yoki ekologik muammolarga shaxsning, butun jamiyatning munosabati bo’lishi mumkin.
Boshqa birorta gumanitar fan qayd etilgan predmet nuqtai nazaridan ma’naviyat masalalarini umumiy tarzda to’liq qamrab olmaydi yoki ularning muayyan tomonlarinigina o’rganadi. Faqat falsafa umumlashgan ilmlar tizimi sifatida ushbu masalalarga umumiy munosabatni bildirib o’tadi. Lekin falsafaning etika, estetika, ijtimoiy falsafa kabi nisbatan mustaqil qismlari ma’naviyat masalalarining o’ziga tegishli yo’nalish- larini o’rganadi, boshqalarini to’la qamrab ololmaydi. Bir qarashda yuqoridagi masalalarni o’rganish etikaga (axloq haqidagi fan) ham aynan xosdek tuyuladi. Bundan etika fani predmetidan ma’naviyatshunoslik predmeta nimasi bilan fark qiladi, ular bir xil emasmi, degan savol tug’iladi.
Etika fanining predmeti ma’naviyatshunoslik predmetiga nisbatan sezilarli darajada tor. U o’rganadigan mavzularini, ob’ektini, inson ongini, madaniyatini, xatti-harakati va faoliyatini faqat axloqiy baholar, me’yorlar, axloqiy omillar - ezgulik va yovuzlik nuqtai nazaridan tahlil qiladi. U ijtimo­iy taraqqiyot masalalarining ko’pchiligi bilan, masalan, ilm-fan, adabiyot va san’at rivojlanishi, jamiyat demokratlashuvi kabi masalalar bilan qiziqmasligi yoki ularning faqat axloqiy jihatlari bilangina qiziqishi mumkin. Ma’naviyatshunoslik fani ushbu ma­salalarni batafsil tahlil etmasa-da, ammo chetlab ham o’tmaydi, ularni inson e’tiqodi, irodasi, kamoloti va jamiyat yuksalishi, ijtimoiy muhit bilan bog’laydi. CHunki jamiyatda sodir bo’layotgan jarayonlar, san’at va madaniyat rivojlanishi, ijtimoiy taraqqiyotning barcha yo’nalishlari, demokratlashish, fuqarolik institutlari rivojlanishi va h.k. jamiyat a’zolarining ma’naviy-madaniy saviyasiga, ma’naviy tarbiyasiga, jamiyatdagi ma’naviy muhitga bog’liq. Ular o’rtasidagi bog’liqlik va munosabatlar ma’naviyatshunoslik fani ob’ektiga aylanadi.
Ma’naviyatshunoslik alohida fan sifatida mustaqillik davrigacha qayd etilmas edi. Ammo u o’rganadigan masalalar va mavzular ilm-fan e’tiboridan mutlaqo chetda bo’lmagan. Ular turli fanlar doirasida, jumladan, ijtimoiy falsafa, etika, estetika, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik, madaniyat nazariyasi, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlar doirasida u yoki bu daraja­da o’rganilgan. Ammo har bir fan mazkur masalalarni o’z predmeta nuqtai nazaridan - yo juda toraytirib (xususiy fanlar), yo juda kengaytirib (falsafa) o’rgangan.
Ma’naviyatshunoslik o’z predmetiga taalluqli boshqa fanlar tadqiqotlarini, axborotlarini umumlashtiruvchi va uyg’unlashtiruvchi vazifani bajaradi. SHu bone uning predmeta yuqorida zikr etilgan fanlar predmetiga nisbatan o’ziga xosligi, ularning aksariyatiga nisbatan kengligi va ko’pqirraligi bilan ajralib turadi.
Qadimgi yunon ilmiy-falsafiy qarashlarida inson ma’naviy hayoti uch guruhga bo’lingan - aql (tafakkur), iroda va tuyg’u. Aqlni (tafakkurni) mantiq fani, irodani etika fani tadqiq etgan. XVIII asrga kelib estetika fani vujudga kelgan. U inson tuygulari va kechinmalarini go’zallikka munosabat nuqtai nazaridan o’rgana boshlagan. Ilgari ushbu masalalar umumiy falsafiy fanlar doirasida bilish nazariyasi, etika, poetika, ritorika va sh.k. fanlar tomonidan o’rganilgan. Psixologiya ushbu masalalarni boshdanok mushtarak tarzda, ammo mavzu doirasini toraytirib va xususiylashtirib, uni inson ongining tashqi ta’sirga javobi (reaksiyasi) tarzida o’rgangan.
Ma’lumki, Yevropa falsafasi «axloq», «ruh», «iro­da», «go’zallik» kabi tushunchalarni tadkiq etishda ulkan natijalarga erishgan, teran tadqiqotlarni amalga oshirgan bo’lsa-da, u ma’naviy hayotni yaxlit holda emas, bo’lib o’rganish an’anasiga sodiq qolgan.
Ma’naviyatshunoslik ijtimoiy-gumanitar fanlarning deyarli hammasi bilan aloqa qiladi. U falsafiy fanlardan yana dinshunoslik fani bilan yaqindan bog’langan. Din uzoq tarixiy davrlar davomida odamlar e’tiqodini, dunyoqarashini belgilagan. Jamiyat mafkurasiga, axloqiga, san’atiga, iqtisodiy, huquqiy, maishiy ongiga, odamlarning o’zaro munosabatlariga, urf-odatlariga to kapitalizm qaror topib industrial jamiyat vujudga kelgan davrgacha hal qiluvchi ta’sir ko’rsatgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda hozirgacha dinning ta’siri kuchli. SHu bois ma’naviyatning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari va qonuniyatlarini o’rganishda dinshunoslik fani materiallariga murojaat etmaslik, ularni hisobga olmaslik mumkin emas.
Va, nihoyat, ma’naviyatshunoslik fani bizning ij­timoiy hodisalarni shunchaki anglab olishimizgagina, tor ma’nodagi ma’rifiy vazifalargagina xizmat qilib qolmay, mustaqil O’zbekistonning barkamol avlodini tarbiyalashga o’z hissasini qo’shish maqsadini oldiga qo’yadi. Bu mazkur fanning pedagogika va pedagogik psi­xologiya fanlari bilan aloqa qilishini taqozo etadi. YUqoridagi mulohazalardan ma’naviyatshunoslikka gu­manitar fanlar tizimida o’z predmetiga ega mustaqil fan sifatida qarash lozimligi hamda uning ijtimoiy taraqqiyotdagi ahamiyati ayon bo’ladi. Ma’naviyat rivojlanishining asosiy maqsadi ma’naviy shaxsni tarbiyalashdir. Ma’naviy shaxs erkin tafakkurga, uning asosida erkin tanlay olish imkoniga ega insondir.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling