Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili
Download 0.6 Mb.
|
Davlat univer-fayllar.org
Ong va ma’naviyat. Ma’naviy ong. Ong to’laligicha ma’naviyatga kirmaydi, chunki unda o’zgaruvchan, muvaqqat, tasodifiy holatlar ko’p uchraydi. Ongga o’tkinchi kayfiyatlar, ehtiroslar, turli tushunchalar, noxolis va xato baholar katta ta’sir ko’rsatadi. Ma’naviyat esa bir zumda o’zgarib qolmaydi. U chuqur tarixiy, madaniy ildizlarga ega. To’g’ri, unga ham sobit, barqaror tuyg’ular, or-nomus, milliy g’urur va iftixorga oid his-hayajon va ehtiroslar ta’sir ko’rsatadi. Ammo ular o’tkinchi emas. Ongning yuqori darajasi-tafakkurga oid unsurlarning ham vaqt sinovidan o’tgan ko’pchilik tomonidan tan olingan barqaror, sobitlari (to’g’ri yoki xatoligidan qati nazar) ma’naviyatni tashkil etadi. Demak, ma’naviyat ongning mohiyatli mazmuni yoki ongdagi mohiyatlilikdir. Ushbu jihatdan ma’naviyat ong kabi ideal hodisadir, ammo ilohiy hodisa emas.
Ma’naviy ong ikki darajali hodisa dedik. Birlamchi daraja - uyat, hayo, minnatdorlik, mehr, qahr-g’azab, xursandlik, tam-qayg’u, oshuftalik, muhabbat, do’stlik, vijdon, go’zallik, zavq-shavq va shu kabi tuyg’ular, kechinmalar yoki ma’naviyatning poydevorini tashkil etuvchi ko’ngil dunyosidir. Uni inson mohiyati yoki ruhoniyati, yoki qalb, dil ham deydilar Lekin inson faqat tuyg’ulari bilangina yashamaydi. U ko’rgan, boshdan kechirganlarini o’zicha taxdil qiladi, ularga baho beradi, tushunchalar va nazariy qarashlar tizimi orqali umumlashtiradi, maksad-muddao- lari, jamiyat qadriyatlari va talablari bilan bog’laydi. «Ma’naviy asoslar» tushunchasi axloqiy, huquqiy, estetik, diniy va boshqa mafkuraviy munosabatlarni, ma’naviy-mafkuraviy vazifalarni bajaruvchi ijtimoiy muassasalarni, keng ma’nodagi ma’naviy hayotni qamrab oladi. Mustaqil taraqqiyotning ma’naviy asoslari deganda, xalqimiz hayotining yuksalishiga ta’sir ko’rsatuvchi moddiy ishlab chiqarishga oid bo’lmagan barcha asosiy omillar nazarda tutiladi. Davlatning ta’lim-tarbiya, ilm-fan, adabiyot va san’at sohasida olib borayotgan siyosati, estetik me’yorlarga, badiiy uslublar rang-barangligiga, madaniy merosga, dinga, siyosiy va axloqiy qarashlar xilma-xilligiga, ularning o’zaro kurashiga munosabati ham jamiyat taraqqiyotining ma’naviy-mafkuraviy asoslari hisoblanadi. Ma’naviy asos - voqelikka faol munosabat va ma’lum maqsadga, idealga intilish, shu ideallarga o’z faoliyatini moslashtirishdir. Ma’naviy asoslar tizimida uchta katta guruhni hamda ikkita maxsus omilni ajratish mumkin: - birinchi guruh - ijtimoiy ongga oid hodisalar: tuyg’ular, tushunchalar, g’oyalar, baholar, me’yorlar, ideallar, ya’ni «sof ma’naviyat». - ikkinchi guruh - «predmetlashgan» ma’naviy qadriyatlar, madaniy meros. - uchinchi guruh - ma’naviy funksiyalarni bajaruvchi ijtimoiy muassasalar. Ma’naviyatga munosabat ko’p jihatdan milliy taraqqiyot muvaffaqiyatlarini belgilaydi. Ayniqsa, madaniy merosga to’g’ri munosabat nihoyatda muhimdir. CHunki milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish masalasi murakkabligi tufayli ayrim kishilar uni kelajakka emas, o’tmishga qaratmoqchi bo’layotganini sezmayaptilar. Islom xalifaligini tiklash yoki O’zbekistonni islom respublikasiga aylantirish, shariat me’yorlarini jo- riy qilish to’g’risidagi fikrlarda ana shu narsa ko’zga chalinmoqda. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling