Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili


Ma’naviyat-ijtimoiy xodisa


Download 0.6 Mb.
bet3/80
Sana31.01.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1818875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Davlat univer-fayllar.org

Ma’naviyat-ijtimoiy xodisa. O’zbekistonda mustaqil taraqqiyotning ma’naviy omillarini mustahkamlash, ulardan samarali foydalanish zaruriyati ma’na­viyat tushunchasini har tomonlama tahlil etishni taqozo etadi. Ma’naviyat faqat insonga, jamiyatga xos. Lekin u ilohiy yoki g’ayritabiiy hodisa emas, balki ijtimoiy hodisadir. U inson faoliyati bilan bog’liq. Tabiatda ma’naviyat yo’q. Biz hayvonot dunyosi turlari, xillari, nasli va boshqa belgilariga qarab ularni odobli va diyonatli, nozik didli, xudojo’y yoki kufr botqog’iga botgan va h.k. deya olmaymiz. Masalan, odobli, vijdonli yoki tarbiya ko’rmagan, vijdonsiz bo’ri degan ibora mutlaqo ma’nisiz (ba’zan ramziy yoki hajviy mazmunda ishlatilishi mumkin). Tabiat uyg’unlik va ichki simmetriyaga asoslangan bo’lsa-da, u ma’naviyatning sub’ektы emas. Ammo tabiat ma’naviyatning ob’ektidir. Tabiatdagi mavjud go’zallik, uyg’unlik san’at asarida aks etishi (rassom, bastakor, shoir, yozuvchi asarlari, foto-, tele-, kinotasvirlarda va h.k.), alohida kishining yoki ekskursiyachi guruhning zavq-shavq olish manbaiga aylanishi mumkin. San’at tabiatdan zavqlanish va unga taqlid qilishdan boshlanadi.
Zavq-shavq inson hissiyoti va aqlidan tug’iladi. SHu sababdan ma’naviyatda doimo sub’ektivlik bor. Inson ongi-shuuridan o’tmagan, inson va jamiyat tomonidan anglab olinmagan hodisa ma’naviyat bo’lolmaydi. SHu sa­babdan ijtimoiy hodisa sifatida ma’naviyat, birinchi galda, moddiy emas, balki ideal hodisadir. U barqaror insoniy tuyg’ular, tushunchalar, baholar, me’yorlar va ideallar - qadriyatlar tizimidir. Lekin inson va jami­yat hayotida moddiy va ideal hodisalar bir-biriga o’zaro ta’sir ko’rsatadi, ular qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi. Moddiy hodisalar anglab olinishi jarayonida ideallashadi, sub’ektivlashadi, ya’ni inson (ja­miyat) ongining bir bo’lagiga aylanadi, Aksincha, inson ongi, bilimlari uning xulqida, faoliyatida, mehnatida moddiylashadi, ob’ektivlashadi. Ma’naviyat ob’ektivlik va sub’ektivlik birligidir. Masalan, Alisher Navoiy asarlari o’z ob’ektiv mazmuniga va shakliga ega. U biror shaxening yoki davrning xohish-istagiga, didiga, tuyg’ulariga, siyosiy qarashlariga bog’liq emas. Bu ularning ob’ektiv jihati, ammo har bir kishi, har bir tarixiy davr Navoiy asarlarini o’zicha talqin qiladi va tushunadi. Boshqacha aytganda, Alisher Navoiy ijodidan bahra olish, ko’ngil mulkiga aylantirish doimo sub’ek­tov tarzda kechadi.
Inson ma’naviyati bilan hayvondan, jamiyat esa tabiatdan farq qiladi, deyish juda o’rinlidir. Agar moddiy ishlab chiqarishda va moddiy ne’matlarni iste’mol qilishda insonning ijtimoiy-biologik mavjudot sifatidagi mohiyati namoyon bo’lsa, ma’naviyatda (ma’naviy ne’matlarni yaratishda va ulardan foydalanishda, ma’­naviy faoliyatda) insonning ijtimoiy-madaniy mav­judot sifatidagi mohiyati ro’yobga chiqadi.
Ma’naviyat insonning ijtimoiy-madaniy mavju­dot sifatidagi mohiyatidir, ya’ni insonning ezgulik, mehr-muruvvat, adolat, to’g’rilik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go’zallikni sevish, undan zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko’plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan tizimidir hamda ularni yaratish jarayonidir. Ushbu xislat va fazilatlar hayvonot uchun xos emas. Ammo ularning muqobillari - axloqsizlik, g’araz, hasad va hokazolar ham hayvonlarda uchramaydi. Keyingilar ma’naviyatga emas, balki ma’naviyatsizlikka aloqador. Demak, ma’naviyat bu shunchaki insonga xos bel- gilar yig’indisi emas, balki ijobiy xislatlar, fazilat­lar majmuidir. «Inson ongli faoliyatining, tafakkur salohiyatining har qanday shakli ma’naviyat bo’la olmaydi. Inson ruhiy olamidagi muayyan ijobiy ijtimoiy ahamiyat kasb eta oladigan fazilatlargina ma’naviyat deb ataladi»2.
Insoniy fazilatlar jamiyatda tarixan shakllanadi. Ular ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli. Kishilar o’rtasidagi turli munosabatlarni anglash, ularni baholash, qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish yoki, aksincha, qoralash, cheklash, bartaraf etishga intilish zarurati turli axloqiy (keyinchalik huquqiy ham), estetik, diniy va boshqa me’yorlarni, urf-odat va marosimlarni yuzaga keltiradi. Ular qadriyat darajasiga ko’tariladi. Qadriyat insonga, jamiyatga foyda keltiradigan, ularni yuksaltiradigan ijtimoiy baholar, me’yorlar va ideallarning umumiy atamasi va ob’ektivlashgan voqeligi hamda badiiy, ilmiy asar, obidalar yoxud udum, marosim, axloq va h.k.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling