Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili
Ma’naviyat tushunchasi: mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo’lish shakllari
Download 0.6 Mb.
|
Davlat univer-fayllar.org
1. Ma’naviyat tushunchasi: mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo’lish shakllari. Ma’naviyat tushunchasiga turli yondashuvlar. Ma’naviyat nima, degan savolga ilmiy, siyosiy, publitsistik adabiyotlarda turlicha yondashuvlar asosida har xil fikrlar bildiriladi. Qayd etish lozimki, G’arbda ma’naviyat tushunchasi alohida o’rganilmaydi. U barqaror mazmunga ega bo’lgan ilmiy tushuncha sifatida G’arbda mavjud emas. Lekin biz ma’naviyat deb ataydigan hodisa, yaxlit holda bo’lmasa-da, falsafa, etika, sotsiologiya psixologiya, semiotika, kulturologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik kabi fanlar doirasida har xil ilmiy usullar yordamida tadkik etiladi. Ma’naviyat tushunchasi o’rniga ijtimoiy ong, ijtimoiy psixologiya, intellektual madaniyat, axloq va sh.k. har xil atamalar qo’llaniladi. Ma’naviy madaniyat deganda, G’arbda ko’proq diniy madaniyat, cherkov faoliyati tushuniladi. SHuningdek, G’arbda spiritualizm (spiriti - «ruhiy», «ma’naviy» mazmunni bildiradi) degan amaliyot bor. Spiritualizm o’lgan kishi ruhini chorlab, u bilan muloqot qilishni anglatadi. SHu sababdan biz qo’llaydigan ma’naviy madaniyat atamasini ayrim garb tillariga aynan lug’aviy mazmuniga qarab «spiritual madaniyat» deb o’girish mumkin emas. Uni zarur hollarda, axloqiy va intellektual madaniyat deb o’girish urf bo’lgan. Ma’naviyat atamasi, to’liq ishonch bilan aytish joizki, islom mamlakatlarida, yana aniqrog’i, ko’proq O’zbekistonda tarqalgan atama. Hatto bizga qo’shni Tojikistonda ma’naviyat atamasiga nisbatan uning boshqa sinonimi - «ruhoniyat» ko’proq qo’llaniladi.
Ma’naviyat arabcha ma’ni (ma’no) so’zidan, u esa «a’no» o’zagidan yasalgan deb hisoblanadi. A’no - birlamchi, tub mohiyat mazmunini anglatadi. «Ma’naviya» arab tilida juda ko’p mazmunga ega tushuncha. Lug’atlarda uning 8-10 tagacha mazmuni qayd etilgan. Uning arabchadan kelib chiqqaniga, arabcha o’zakdan yasalganiga shubha yo’q. Lekin atamaning bugungi mazmuni shakllanishiga juda ko’p ijtimoiy-madaniy va lisoniy omillar ta’sir ko’rsatgan. Jumladan, boshqa tillar va madaniyatlar. Faraz qilish mumkinki, ma’naviyat atamasi shakllanishiga «ma’ni» bilan bir qatorda sanskrit tilida mavjud bo’lgan «ma’nas» tushunchasi ham ta’sir ko’rsatgan. Atamaning ushbu shaklda tarqalishiga tasavvuf ilmi, xususan, Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy ma’naviy» asari katta ta’sir ko’rsatgan bo’lish ehtimoli yuqori. Ilmiy adabiyotlarda ma’naviyatga nisbatan mavjud qarashlarni tahlil qilsak yoki nazariyalar, ta’limotlarning umumiy ilmiy usulidan kelib chiqib, qanday bo’lishi mumkinligini faraz qilsak, juda qiziqarli va o’ta rang-barang, ayrim hollarda bir-birini to’liq inkor qiluvchi mulohazalarni ko’ramiz. Ularning ba’zilari falsafa, tarix, tilshunoslik, adabiyot va san’at ma’lumotlariga, xulosalariga tayangan va izchil ratsionalistak bo’lsa, ba’zilarida noilmiy va irratsional unsurlar, dalillar, farazlar, vulgar talqinlar uchrab qoladi. Bunga misol qilib freydizmni, umuman, psixoanalizni ko’rsatish mumkin. Ayrim olimlar ma’naviyatga diniy-mistik nuqtai nazardan yondashadilar. U inson mutlaqo tushuntarishdan ojiz, ilohiy inoyat, «qalb ko’zi» bilan ko’rilgan haqiqat, g’oyibdan insonga ko’rsatilgan hidoyat, yo’l, ishora, ko’ngilga solingan ijod va faoliyat, botiniy ilmlar, nozik va ilohiy his-tuyg’ular va h.k. deb tushuntiriladi. Ayrim mualliflar, yuqorida aytilganidek, ma’naviyatning mohiyatini ilohiy deb talqin qilmoqdalar. Ular to’liq diniy-mistik nuqtai nazarga o’tib ketmasa-da, diniy yondashuv tarafdoridir. Ma’naviyatni ular ongning to’liq tushuntirib berish mumkin bo’lmagan sirli jihatlari, insonning ruhiy kuchi, undagi tugma diyonat, vijdon, iymon, Xudo insonning ko’ngliga solgan ijtimoiy va ijodiy moyillik, intilish, deb talqin qiladilar. Bu qarashlarga muvofik ma’naviyat ilohiy yoki tabiiylikdan ustun hodisadir. Ilohiy hodisalar, abadul abad o’zgarishsiz, mutlaq bo’ladi, faqat ularni tushunish, idrok etishgina o’zgarishi mumkin. Ma’naviyat haqida gapirganda esa, biz uning yuksalishi, aksariyat qadriyatlarning yangilanishi yoki, aksincha, tanazzuli, qashshoqlanishini, o’zgarishini, nisbiyligini ta’kidlaymiz. SHubhasiz, zardushtiylik negizida shakllangan uzoq ajdodlarimiz ma’naviyatidan islom negizida vujudga kelgan ota-bobolarimiz ma’naviyati keskin farq qiladi. Xalqimizning bugungi kun- dagi ma’naviyati zamonaviy qadriyatlar va mustaqillik ta’sirida nafaqat o’rta asrlardagi, hatto, sotsializm davridagi ma’naviyatidan ajralib turadi. Fanda masala ilohiy hodisa sifatida qo’yilishi mumkin emas. CHunki fanning vazifasi tadqiq etadigan hodisalarni tekshirish, tahlil qilish, umumlashtirish va mazmun-mohiyatini, nazariyasi va amaliy qo’llanishini, rivojlanish qonuniyatlarini tushuntirishdan iborat. Balki fan bu jarayonda xatolarga yo’l qo’yar, adashar, noto’g’ri talqin qilar, ammo u doimo mantiqqa asoslanadi, tahlildan, talqindan, tushuntirishdan, xulosa qilishdan qochmaydi. Ilohiy hodisalar fanning emas, dinning, ilohiyot ilmining ob’ekti bo’lishi mumkin. Fanning ob’ektini esa tabiiy, ijtimoiy va ruhiy-intellektual hodisalar tashkil etadi. Fan o’rganayotgan hodisaga his-hayajondan, xayoliy orzu-istaklardan, sub’ektiv xohishdan kelib chiqib emas, balki xolis va ratsional, aniq ilmiy dalillarga tayangan holda yondashadi. CHop etilayotgan ba’zi kitoblarda ma’naviyat ba’zan ongning, ba’zan axlok va e’tiqodning, ko’pincha ma’naviy madaniyatning sinonimi, ma’nodoshi, ba’zan hatto ularning hammasini ifodalaydigan yig’ma tushuncha sifatida ishlatiladi. «Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan madaniyatning insoniyat, shaxs ongida ifodalanishidir. Madaniyat mazmun jihatdan nihoyatda keng bo’lib, har bir tarixiy davrdagi ma’naviyat uning barcha tomonlarini qamrab ololmaydi»1, - deb hisoblaydi E.YUsupov. Ko’rinib turibdiki, ma’naviyat bu erda ongning madaniyatni aks ettirishiga ko’ra, mazmun jihatdan nisbatan ajralib turadigan bir bo’lagi, ideal hodisa deb to’g’ri, ammo biroz torroq talqin qilinmoqda. Sovet davrida bitilgan falsafiy va kulturologik asarlarda doimo «ma’naviy hayot» va «ma’naviy dunyo» haqida so’z yuritilgan. Ammo bu tushunchalar doirasida «ma’naviyat» alohida tahlil etilmagan. Rus olimlari haligacha bu an’anani davom ettirib kelmoqdalar. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling