Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili
Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri
Download 0.6 Mb.
|
Davlat univer-fayllar.org
2. Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri. Insonning ijtimoiylashuvi - ma’naviyat vujudga kelishining asosiy sababi. Inson doimo izlanishda. Eng avvalo, u o’zining kimligini bilgisi, insoniy tabiati bilan uyg’unlikda yashagisi keladi. Insonning o’zini anglashi ibtidosida va asosida ma’naviyat turadi. Ma’naviyatning o’zi esa insonning poda bo’lib yashashdan ongli urug’-jamoa bo’lib yashashga o’tishi jarayonida, ya’ni ijtimoiylashuvi jarayonida shakllana boshlagan. Neandertal odam o’zini tabiatdan, hayvonot olamidan ajratib anglashi va ilk urug’ jamoada munosabatlarini tartibga solishi jarayonida ma’naviyatning ilk kurtaklarini vujudga keltirdi. Bu haqda biz ularning marosimiy unsurlari yaqqol ko’rinib turgan dafn qoldiqlari orqali bilamiz. Antropologiya fanining so’nggi tadqiqotlari hozirgi zamon odami (kromanon odami) neandertallarning bevosita avlodi emasligini, neandertal genlari zamonaviy insonda faqat besh foizni tashkil etishini ko’rsatmoqda. Neandertal odam homo sapiens (aqlli odam) deyiladi. Kromanon odami (zamonaviy insonlarning ilk ajdodlari) esa homo sapiens sapiens (aklli-aqlli odam yoki ikki karra aqlli odam) deyiladi. Kromanon neandertallarni va saqlanib qolgan boshqa qadimgi odam xillarini asta-sekin siqib chiqargan, qisman assimilyasiyalashtirgan. Kromanon odamida ma’naviyat unsurlari neandartallarga3 nisbatan yanada ko’proq bo’lgan, deb faraz qilish mumkin.
Taxmin qilish mumkinki, kromanon odam yaratgan madaniyat bevosita neandertal odam madaniyati emas, lekin undan ancha-muncha unsurlarni olgan. Chunki neadertal odam Yevropaning sovuq iqlimida, og’ir sharoitda yashagan va turmush tarzida, ko’nikmalarida, madaniyatida mazkur sharoitda foydali bo’lgan unsurlarni yaratgan. Rus qadimshunosi P. I. Boriskovskiy «Insoniyatning eng qadimgi o’tmishi»4 kitobida marosimlar 400 ming yil ilgari paydo bo’lgan deydi. G’arb olimlaridan J. Klark marosimlar yoshini neandertal va «rodeziyalik» odam bilan bog’laydi va 200-150 ming yilga tenglashtiradi5. Ilk marosimchilik 400 ming yoki 200 ming yil ilgari paydo bo’lganmi, degan masala ustida bahs yuritish shart emas. Biz uchun eng muhimi - inson o’z biologik, hayvoniy tabiatidan asl insoniy tabiatiga o’tish jarayonida ma’naviylik unsurlarini o’zlashtira boshlagani va oqibatda, yangi tosh davrida nisbatan muvozanatga keltirilgan murakkab tizimga ega ma’naviyatni yaratganidir. Amerika hindularining madaniyati va tilini, etnografiyasini o’rgangan olimlar ba’zi bir hindu qabilalari tilida bu yulduz turkumlarini «ayiq» deb atalishini aniqlaganlar, ammo e’tibor berishmagan. Yevropaliklarning ta’siri bo’lsa kerak, deb qo’ya qolishgan. Lekin kompyuterlar ancha rivojlangan XX asrning 70-yillarida tilning kelib chiqishi va atamalar shakllanishi bilan qiziqib yurgan olimlar bu o’xshashlikka jiddiy yondashib, astronomlarga murojaat kilishgan: mazkur yulduz turkumlarining kompyuterda bir necha o’n ming yillar burungi osmondagi joylashuvi, koordinatlari aniqlansa, ayiqni eslatadigan holat kelib chiqmaydimi? Aytish lozimki, osmondagi barcha jismlar, jumladan, yulduzlar ham doimiy harakatda. Faqat yulduzlar bizdan juda uzoq joylashgani uchun ularning bir-ikki asr, hatto ming yillar davomidagi holati o’zgarmasdek tuyuladi. Aslida aksariyat yulduzlarning harakat tezligi va koordinat chiziqlari fanga yaxshi ma’lum. Astronomlar Katta ona ayiq va Kichik ayiq yulduzlarining tezligi, harakat chizig’ini kompyuterlarga solib ortga aylantirsalar, haqiqatan bundan 200 ming yildan to 60 ming yilgacha ilgari ular osmonda ayiqni eslatadigan holatda ekan. SHu bois turli dinlarga, turli madaniyatlarga oid, bir-biridan nihoyatda yiroq va o’zaro aloqa qilmagan xalqlarda, agar arxaik atama saqlab qolingan bo’lsa, bu turkumlar hozirgacha «ayiq» deb ataladi. Vaholanki, ularning hozirgi ko’rinishi ayiqni mutlaqo eslatmaydi. Demak, bu turkumlarga nomni shimoliy yarimsharda yash gan qadimgi odam, balki neandertal odam bergan. Nean- dertal odamda falakiyot asotirlari yoki shunga o’xshash tasavvurlar bo’lgan. Falakiyot to’g’risida qarashlar vujudga kelgan joyda, albatta, undan oldin kundalik maishiy turmush, jonsiz tabiat va uni bevosita o’rab turgan hayvonot va o’simliklar dunyosiga nisbatan qarashlarini ifodalovchi rivoyatlar, afsonalar, ertaklar, asotirlar shakllanadi. Bular hammasi ma’naviyat unsurlaridir. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling