Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili
Ma’naviy hayotda diniy va siyosiy mafkura ta’sirining kuchayishi
Download 0.6 Mb.
|
Davlat univer-fayllar.org
Ma’naviy hayotda diniy va siyosiy mafkura ta’sirining kuchayishi. Sivilizatsiya sharoitida ma’naviyat rivojlanishini qadimgi antik, o’rta asrlar, Uyg’onish davrlaridagi diniy-falsafiy ta’limotlar bilan bevosita bog’lab turli bosqichlarga bo’lish mumkin. Hinduizm, buddizm, daosizm, konfutsiychilik, xristianlik, islom ta’limotlari, ularning turli yo’nalishlari va mahzablari, maktablari asosida hatto bir din doirasida ham bir-biridan biroz farq qiladigan ma’naviy qarashlar rivojlandi. Masalan, islom doirasida sunniylik va shialik, sunniylik doirasida ham ahli sunna va jamoa (to’rt rasmiy mazhabga mansub kishilar) va turli firqalarga, oqimlarga, ayniqsa, hozirgi diniy-ekstremistik oqimlarga mansub qarashlarni uchratamiz. Ularning dunyoqarashida, qadriyatlar tizimida, hayotga, kelajakka munosabatida - ma’naviyatida farq bor. Islom ma’naviyati haqida gap ketganda, albatta, islom Renessansi (IX-XI) va Markaziy Osiyo uchun Amir Temur va temuriylar davri (XI-XV) alohida o’rin tutishini esdan chiqarmaslik kerak.
Yevropada Renessans va Ma’rifatparvarlik davridan boshlab ma’naviyat rivojlanishi nafaqat din va diniy-falsafiy qarashlar, shuningdek, tabiatshunoslik va jamiyatshunoslikka oid dunyoviy bilimlar rivojlanishi, cherkovning ular tomonidan qattiq tanqid qilinishi va boshqa omillar ta’sirida kechgan. Ijtimoiy taraqqiyotda chuqur turg’unlikni boshidan kechirayotgan Sharq mamlakatlarida bu paytda biz Yevropa ma’rifatparvarligi kabi hodisaning guvohi bo’lmaymiz. Aksincha, sharqiy davlatlar ich-ichidan emirilib, mayda xonliklar, amirliklarga bo’linishi davom etayotgan edi. Markazlashgan kuchli davlatlarni saqlab qolishga intilgan ba’zi bir hukmdorlarning urinishlari (O’rta Osiyoda Abdullaxon II, Hindistonda Akbarshoh, keyinchalik Avrangzeb) rivojlanishning umumiy salbiy tendensiyasini o’zgartira olmadi. Faqat Sharq mamlakatlari mustamlakachilik iskanjasiga tushib qolib, oradan bir qancha vaqt o’tkazib, milliy ozodlik kurashini boshlashi jarayonida Sharq ma’rifatparvarligining o’ziga xos shakllari yuzaga keldi. Milliy ozodlik kurashi Sharq xalqlari ma’naviyati rivojlanishida alohida bosqichni tashkil etadi. Jumladan, o’zbek xalqi ma’naviyati rivojlanishida jadidchilik harakati haqida shunday deyish mumkin. Din va diniy-falsafiy ta’limotlar to kapitalizm va kazarma sotsializmiga qadar bo’lgan katta tarixiy davrda ma’naviyat rivojlanishida asosiy omil bo’lgan. Shu sabab muayyan xalqlar va tamaddunlarning turli asrlarda yuksalishi yoki inqirozga yuz tutishini siyosiy va iqtisodiy omillar qatorida din va diniy ta’limotlardan, ular o’rtasidagi kurashlardan, jamiyatning o’z mavjudlik holatiga nisbatan qoniqish yoki qoniqmaslik munosabatidan izlash lozim. Xulosa qiladigan bo’lsak, ma’naviyatning kelib chiqishi va rivojlanishi quyidagi omillar: - birinchidan, insonning aqlli va ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanishi, tabiatni qayta ishlab, o’zgartirib kishilik jamiyatini yaratishi bilan; - ikkinchidan, mehnat qilishi, o’zaro aloqalarga kirishishi, bu aloqalarni tartibga solish uchun turli me’yorlar, qoidalar tizimini yaratib, o’z turmushiga joriy qilishi bilan; - uchinchidan, uzluksiz o’sadigan ehtiyojlarini qondirish uchun yangiliklarga intilishi, ijod qilishi bilan; - to’rtinchidan, o’zi atrof-muhiti, tabiat, koinot, kelajak to’grisida mulohaza yuritishi, mohiyatga, haqiqatga intilishi bilan; - beshinchidan, o’zligini, o’z qobiliyatlari va salohiyatini yuzaga chiqarishga urinishi bilan bog’liq. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling