Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili


Ma’naviyat va jamiyat hayoti


Download 0.6 Mb.
bet11/80
Sana31.01.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1818875
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Bog'liq
Davlat univer-fayllar.org

3. Ma’naviyat va jamiyat hayoti. Madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatlarga bo’lish ilmiy an’anadir. Ammo olimlar orasida ijtimoiy- siyosiy madaniyatni uchinchi alohida qism sifatida ajratishni taklif qilayotganlar bor. Bunday nuqtai nazar ma’lum darajada jamiyat hayotini alohida sohalarga bo’lishga ham ta’sir ko’rsatmoqda. Siyosat jamiyat hayotining alohida sohasi hisoblanadi. Masalan, Erix Fromm ja­miyat hayotini ma’naviyat, siyosat va iqtisodiyotga bo’ladi. Biz uchinchi soha sifatida tor mazmundagi siyosatni emas, kengroq ijtimoiy-siyosiy sohani olamiz. O’z navbatida, siyosiy sohani ikki nisbatan farqlanuvchi mustaqil sohalarga-fuqarolik jamiyatiga (jamoat, nodavlat, notijorat tashkilotlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga) va oshkora rasmiy hokimiyatga, ya’ni davlat hokimiyati tuzilmalariga bo’lish tarafdorlari bor. Ba’zan ular tegishlicha ijtimoiy-siyosiy soha va oshkora hokimiyat (publichnaya vlast) deb ham ataladi. Biz jamiyat hayotini uch sohaga bo’lib qaraymiz: iqtisodiyot, ma’naviyat va ijtimoiy-siyosiy soha.
Jamiyatda o’zaro ajralib turadigan turli sohalar mavjud. Masalan, iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash, ilm-fan, ijtimoiy ta’minot, sport va sh.k. Aslini olganda ular xalq xo’jaligining (iqtisodiyotning) alohida zaruriy yoki ijtimoiy tarmoqlari hisoblanadi. Ularning faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun tegishli mablag’ ajratiladi, investitsiyalar kiritiladi. Ular ishlab chiqarishning zamonaviy jamiyatdagi alohida turlaridir. Masalan, ta’lim kadrlarni, mutaxassislarni tayyorlaydi (ishlab chiqaradi). Ammo siyosat va ma’naviyat (sof ma’naviyat-ma’naviy ong, iroda, adabiyot va san’at, urf-odatlar) jamiyat hayotining shunday sohalaridirki, ular bevosita xalq xo’jaligining tarmoqlarini tashkil etmaydi. SHu sababdan ko’p hollarda ijtimoiy-iqtisodiy soha degan atama keng tarqalgan. Xuddi shunday ijtimo­iy-siyosiy soha, degan atama ham qo’llaniladi. Bunda tor mazmundagi davlat boshqaruv siyosatidan tashqari, davlatning va jamiyatning madaniy-maishiy munosabatlari, ta’lim, sogliqni saqlash, sport va sh.k. hayot nazarda tutiladi.
Siyosat, birinchi navbatda, bu jamiyatni boshqarishdir. To’g’ri iqtisodiy siyosat olib borilsa, iqtisodiyot yuksaladi, noto’g’ri olib borilsa, tanazzulga uchraydi. Ma’­naviyat, madaniyat, xalk ta’limiga siyosat ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatadi. Siyosat, shuningdek, davlat hokimiyati faoliyati va siyosiy partiyalarning’, guruhlarning, ularning etakchilarining hokimiyat uchun kurashidir. Davlat idoralari qanday faoliyat olib borishi, siyosat yuritishi, hokimiyat uchun kurashlar qanday shakllarda, usullarda kechishi, bu kurashning demokratik talablarga, adolatga, qonuniylikka, axloqiylikka muvofikdigi, nomuvofiqligi ikki omilga: birinchidan, jamiyat a’zolarining ongiga, madaniy saviyasiga, hukuqiy savodxonligiga, siyosiy faolligiga, ikkinchidan, jamiyatdagi ma’naviy muhitga, saylov qonunlari va demokratik tamoyillar ustuvorligiga bog’liq. Bularning har ikkalasi ham ma’naviyatning konkret ko’rinishlaridir.
Iqtisod keng ma’noda faqat ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish emas. U taqsimotdan, iste’moldan, almashuvdan, ishlab chiqarishdagi va keyingi jarayonlardagi odamlar o’rtasidagi turli-tuman iqtisodiy, ijtimoiy, huqukiy, axloqiy munosabatlardan ham tashkil topadi. Bunday munosabatlarga barcha jismoniy va yuridik shaxslar (xo’jalik yurituvchi tuzilmalar) kirishadi. Munosabatlarning yana bir yo’nalish turi, bu - mulkdor (korxona egasi) va yollanma ishchi-xizmatchilar o’rtasidagi munosa- batlardir. Barcha turdagi, yo’nalishlardagi munosabatlar ular sub’ektlarining ma’naviyatiga - dunyoqarashiga, ma­daniy saviyasiga, qadriyatlar mo’ljaliga bog’liq.
Ma’naviy mavjudot o’laroq insonning har qanday faoliyati uning ongi, dunyoqarashi, e’tiqodi, kadriyatlar mo’ljali va ularning yuzaga chiqishi sifatida talqin kilinishi mumkin. Demak, insonning iqtisodiy va siyo­siy faoliyati o’zining ma’naviy jihatiga va talqiniga ega. Yuqorida aytilganlar iqtisod, siyosat va ma’naviyat o’rtasidagi chambarchas aloqadorlikdan dalolat beradi.
Bugun axborot texnologiyalari ishlab chiqarishni, savdo-sotiqni, umuman, iqtisodiy aloqalarni tubdan o’zgartirib yubordi. Onlayn rejimidagi iqtisodiy muzokaralar, kelishuvlar, birjalardagi ahvolni kuzatish, iqtisodiy jarayonni monitoring qilish, elektron shakldagi shartnomalar, hisobotlar, internet orqali kerakli buyumni harid qilish va h.k. ilm-fan (ma’naviyat unsurlari), axborot texnologiyalari, ular bilan bog’liq huquq, huquqiy madaniyatning takomillashuvi, odamlar o’rtasyda o’zaro ishonch ortishi natijasidir.
Iqtisodiyot ma’naviyatga qanday barakali ta’sir ko’rsatsa, o’z navbatida, ma’naviyat ilm-fan va texnolo­gik yutuqlar hamda jamiyatda karor topgan mehr-oqibat, ishchanlik va o’zaro ishonch, o’zaro yordam muhiti orqali iqtisodiyotga shunday ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy omillar - to’qlik, farovonlik odamlarning kayfiyatiga, ruhiyatiga, ertangi kunga ishonchiga, shukronaligiga aylanadi. Ijtimoiy ziddiyatlar kamayadi yoki ancha yumshaydi. Ko’tarinki ruhiyat va ishonch esa ma’naviyat unsurlaridir. Boshqacha aytganda, to’qlik va farovonlik ma’naviy ongda aks etadi. Ilmiy-texnik g’oya, texnologik kashfiyot (ma’naviyat unsurlari) iqtisodiyotga, ishlab chiqarish vositasiga aylanadi.
Iqtisodiyotning ma’­naviyat bilan aloqalari juda rang-barang va murakkabdir. Iqtisodiyot ma’naviyat rivojlanishi uchun moddiy shart- sharoitlar yaratadi. Uning ehtiyojlari, talablari ma’naviyatga nisbatan «buyurtmachi» vazifasini o’taydi. Masalan, yangi texnologiyalar yaratish, meqnat qurollarini takomillashtirish va shu kabilar ilm-fanni, texnik ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqarish jarayonining murakkablashuvi, ilmtalabligining oshishi ishchi va mutaxassislarda yangi mehnat ko’nikmalari hosil bo’lishini, ularning malakasi muttasil o’sib borishini taqozo etadi. Bu jamiyatda kadrlar tayyorlash, kayta tayyorlash, umuman, tarbiya va ta’lim tizimi rivojlanishiga, ma’naviy-psixologik muhit o’zgarishiga, ishlab chiqarishda va turmushda ratsionalizatorlik, ixtirochilik, texnik ijodkorlikka moyillik kuchayishiga ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, turli tovarlarni, mahsulotlarni va xizmat turlarini xaridorlarga etkazish ehtiyoji har xil ko’rgazmalar, shou-tomoshalar, konkurslar, lotereyalar va reklama-axborot industriyasini vujudga keltirdi. Uz navbatida, ma’naviyatning o’sishi, ilmiy-texnika kashfiyotlari, aholi bilimlarining va malakasining oshishi, iqtisodiy tafakkurning o’zgarishi, yuksak ijtimoiy marralarni ko’zlash, yangiliklarga intilish iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirdi.
Siyosiy madaniyat faqat fuqarolargagina oid hodisa emas. U, bir tomondan, turli ijtimoiy guruhlarga, tabaqalarga, sinflarga, butun jamiyat a’zolariga, ikkinchi tomondan, eng mayda jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatidan tortib, yirik siyosiy partiyalar va davlat idoralari faoliyatigacha taalluqli hodisa. Siyosiy madaniyat, shuningdek, qonun chiqaruvchining (parlamentning), qonun loyihalarini taklif qiluvchi tashabbuskorlarning, ijtimoiy institutlarning saviyasi, professionallik etukligini o’z ichiga oladi. Turli ijtimoiy guruxdarning, siyosiy partiyalarning, ular tuzgan tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining faoliyati insonparvarlik, xalqchillik, taraqqiyparvarlik tamoyillariga mos bo’lishi yoki, aksincha, mutaassiblikka moyil, reaksion, shovinistik bo’lishi yoxud insonparvarlikka, ezgulikka zid kelishi mumkin. Ma’naviyat keng ma’nodagi siyosiy madaniyatga bevosita belgilovchi ta’sir ko’rsatadi. Siyo­siy madaniyat manaviyatning mavjudlik shakllaridan biridir. Ushbu ma’noda ma’naviyat jamiyat ijtimoiy va siyosiy hayotining ko’p xususiyatlarini, qiyofasini, mil­lim va umuminsoniy g’oyaviy mazmunini, ijtimoiy ideallari va mo’ljallarini aniqlab beradi.
Ma’naviyat keng ma’noda siyosiy faollikda, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning tashkillashishida namoyon bo’ladi. Ular, o’z navbatida, ma’naviyatning xususiyat­larini belgilaydi. An’anaviy va totalitar jamiyatlarda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayot kat’iy me’yorlashadi, ularga erkinlik etishmaydi. Agar an’anaviy jamiyatda o’tmishdan kelayotgan, o’zgarmas qadriyatlar, urf-odatlar erkinlikni cheklasa, totalitar jamiyat­da bu ishni davlat idoralari, huquqiy me’yorlar, yalpi nazorat, davlat bilan qo’shilib ketgan jamoat institutlari, hatto «dumaloq xat» yozishni odat qilib olgan fuqarolarning bir qismi bajaradi.
Ushbu xulosa alohida olingan etnoslarning yoki millatlarning jipsligini mustahkamlab, yuksalishiga ham taalluqlidir. Tarixiy birlikning elat shaklidan yuqoriroq millat shakliga yaqin bir asr mobaynida o’tgan etnoslarda qarindosh-urug’chilik, millatchilik, ayirmachilik va shunga o’xshash illatlar ko’proq saqlanib qoladi. Ba’zan manfaatdor shaxs uchun o’z qarindosh-urug’i, yirik obro’li shaxs iltimosi davlat va jamiyat manfaatidan ustun turadi. Bunday holat ko’pincha boshqa illatlarni, aytaylik, poraxo’rlik va korrupsiyani keltirib chiqaradi. Utmish sarqitlaridan qutulish, milliy o’zlikni anglashni yangi sifat bosqichiga ko’tarish, ayni paytda o’tmishning asl qadriyatlarini saqlab qolish bevosita ma’naviyat yuksalishiga borib takaladi. Bu erda masala faqat mahalliychilik va urug’-aymoqchilik kabi kamchiliklardan qutulish haqidagina ketayotgani yo’q. Ko’pincha yosh mamlakatlar katta sur’atlar bilan rivojlanib, umuminsoniy yutuqlarni o’zlashtirayotganda, o’zlarining tiliga, milliy-madaniy merosiga etarlicha e’tibor qaratmaydi. Milliy nigilizm kuchayadi. Bu ba’zi bir qoloq urf-odatlar va me’yorlarga qattiq yopishib olishga nisbatan kam xavf tug’dirmaydi. Chunki milliy ildizlarni zaiflashtiradi. Oqibatda, bunday xalq asta-sekin milliy identligini yo’qotib, boshqa xalqlarga as­similyasiya bo’lib ketishi mumkin. Demak, ma’naviyatni yuksaltirishga juda diqqat bilan ilmiy yondashish talab etiladi. Ushbu masalada milliylik va umuminsoniylik optimal darajada uyg’unlashtirilishi, jahonning ilg’or yutuqlarini o’zlashtirish qatorida asl milliy qadriyatlarni esdan chiqarmaslik, ularni boyitib, zamonga moslashtirib borish lozim.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling