Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili
Iroda ma’naviyatning mavjudlik shakli sifatida
Download 0.6 Mb.
|
Davlat univer-fayllar.org
5. Iroda ma’naviyatning mavjudlik shakli sifatida. Iroda tushunchasining mazmuni. Yuqorida irodaning ma’naviyat tuzilmasiga kirishi qayd etilgan edi. Uning ba’zi bir xususiyatlari, unga ratsionalizm bilan bir qatorda irratsionalizm xosligi aytib o’tilgan edi. Irodaning mazmunini to’laroq ochish uchun, yana ba’zi bir qo’shimchalar qilish lozim.
Iroda, avvalo, insonning muayyan maqsad tanlay bilish va unga erishish uchun o’zida kerakligicha ichki kuch hamda taitsi imkon topa olish qobiliyatidir. Iroda aqldan va hissiyotdan shunisi bilan farq qiladiki, uning uchun maqsadga nisbatan «men xohlayman» qabilidagi kechinmalar emas, balki «kerak», «shunday qilishim shart» singari munosabat xos. Shu bois u har doim ham ongli, maqsadga muvofiq, ratsional harakat shaklida namoyon bo’lmaydi. U ba’zan or-nomus, g’urur, burch, vijdon ehtiroslari ta’sirida irratsional xulq-atvor ko’rinishida yuzaga chiqishi mumkin. Iroda mohiyati va hodisasining juda murakkabligi va ziddiyatliligi tufayli ayrim hollarda uni «sabab-oqibat» bog’liqligida - determinizm asosida idrok etish qiyin kechadi. Falsafa tarixida irodaga nisbatan bir-birini mutlaqo inkor qiluvchi qarama-qarshi yondashuvlar, fikrlar va xulosalar ko’p bildirilgan. Ayniqsa, iroda erkinligi to’g’risida. Lekin ularning deyarli barchasi irodani ma’naviyat unsuri, Artur Shopengauer (1788-1860) va uning izdoshlari esa borliqning, butun olam jarayonining, ayniqsa, inson faoliyatining birlamchi asosi, deb hisoblaganlar. Shopengauerga binoan, dunyo, borliq irodaning yuzaga chiqishi, voqe bo’lishidir. Shopengauerning asosiy asari «Olam iroda va tasavvur sifatida» deb ataladi. Muallif uni chorak asr davomida yaratgan. Shopengauer fikricha, bilish jarayonida uning ob’ekti (olam, voqelik) va sub’ekta (inson) bir fursatda o’zaro birlashadi, turli nisbatda ular o’rtasida mushtaraklik, muayyan nisbatdagi bus-butunlik yuzaga keladi. Mazkur birlashish natijasida inson ongidagi «tasavvur» sifatida olam hosil bo’ladi. Anglanmagan, o’z holicha olingan olam ko’r, aniq asosi yo’q «yashashga intilish irodasi»dir. Olam, Shopengauer fikriga ko’ra, o’z maqsad-muddaosi bo’lgan hodisalarning cheksiz adadlariga maydalanadi. Bunday holni u ob’ektivlashish (ob’ektivatsiya) deb ataydi. Ob’ektivlashish deganda, mutafakkir voqelikning barcha unsuri, bo’lagi, parchasining o’ziga xos mustaqil maqsad-muddaosi, manfaati borligini, u bizning ongimizga bog’liq emasligini nazarda tutadi. Har bir ob’ektivatsiya mutlaq hukmronlikka intiladi. Ushbu intilish «barchaning barchaga qarshi urushi»ni keltirib chiqaradi. Irodaga barkarorlik, sobitlik bilan bir qatorda ma’lum darajada eklektiklik (qorishiqlik), relyativlik (nisbiylik) xos. Unda turli qarama-qarshi jihatlar aralashib ketgan. Iroda determinizm (sabab-oqibat qonuniyati)dan tashqaridagi hodisa emas. U erkin tanlashdir, ammo ijtimoiy taqozo etilgan erkin tanlashdir. Insonning qabul qilayotgan qarori, tanlashi injiqlikdan emas, shuni xohlayman - tamom-vassalom, degan munosabatdan emas, balki maqsadga erishishning turli variantlaridan o’ziga ma’qulini, jamiyatda keskin e’tiroz uyg’otmaydigan, boshqalar bilan ortiqcha ziddiyatlar tug’dirmaydigan variantni izlashdan kelib chiqadi. To’g’ri, maqsadga erishish yo’lidagi xulq-atvorda, xatti-harakatning har bir unsurida doim ham sababiy bog’liqlik - determinizm aniq ko’zga tashlanavermaydi. Ba’zan kishining xatti-harakati nomantiqiy va tasodifdek tuyuladi. Chunki u insonning ongi ostiga taalluqli, oqilona tushuntirish qiyin yoki mumkin bo’lmagan ruhiy holati, ijtimoiy mayllari yoki his-hayajonlari, junbushga kelgan tuyg’ulari ta’sirida sodir bo’ladi. Iroda erkin tanlangan maqsadni amalga oshirishda zohiran voqe bo’ladi, yuzaga chiqadi. Bu jarayonda inson (millat) vaziyat talab qilsa, nimalardandir voz kechadi, nimalarnidir qurbon qiladi, maslagini himoya aylab, vaziyatni engishga harakat qiladi, yo’qotishlarga,og’ir sinovlarga dosh beradi. Qat’iyat, bardosh, sabr-qanoat, yo’ldan toymay, ortga qaytmay maqsadga intilish, imkon izlash, masalaningyangi echimini topishga o’z aqlini, hissiyotini, kuchini safarbar etish, muvaffaqiyatsizliklardan cho’chimaslik, yutuqlardan esankiramaslik irodani tashkil etuvchi unsurlardir. Iroda, bulardan tashqari, g’urur, or-nomus, fidoyilik, qahramonlik, jasurlik, mardlik, matonat, tavakkalchilik yoki qo’rquv kabi tushunchalar va me’yorlar bilan uzviy bog’liq. Iroda ma’naviyatga barqarorlik, o’zini muhofaza qila olish, rivojlanish, takomillashish, ya’ni yashovchanlik va samaradorlik xususiyatlarini bag’ishlaydi. Insonning o’ziga xos xarakteri, fe’l-atvorini tanlagan maqsadlari belgilaydi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling