Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili


An’anaviy tafakkur va agrar jamiyat ma’naviyati


Download 0.6 Mb.
bet16/80
Sana31.01.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1818875
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80
Bog'liq
Davlat univer-fayllar.org

2. An’anaviy tafakkur va agrar jamiyat ma’naviyati. Asotiriy tafakkur ibtidoiy sinkretizm parchalanishi jarayonida o’z o’rnini asta-sekin jamiyat miqyosida an’anaviy tafakkur tarziga bo’shatib berdi. Lekin an’anaviy tafakkur qaror topib, mustahkamlanib olgunga qadar, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy hayotida tub o’zgarishlar yuz berdi: mulkiy notenglik, ijtimoiy tabaqalar, sinflar, rang-barang ijtimoiy institutlar yuzaga keldi. Ijtimoiy ong shakllari nisbatan alohidalashdi. Ilm-fan, adabiyot va san’at, falsafa, ilohiyot kabi aqliy mehnatning yuksak shakllari - ijod turlari vujudga keldi. Bular hammasi tafakkur tarzini, ayniqsa, jamiyat yuqori tabaqalari tafakkur tarzini tubdan o’zgartirdi. Tafakkurga ijodkorlik va erkin izlanishlar baxsh etdi. Jahonning turli mintaqalarida qadimgi sivilizatsiya o’choqlari va
An’anaviy tafakkurning birinchi bosqichida jamiyat a’zolari ongida asotiriy tafakkur qoldiqlari ancha ko’p saqlanib qolgan, ayniqsa, quyi, avom tabaqalar ongida. Bu davrda an’anaviy tafakkur ancha siyosiylashgan va diniylashgan bo’lsa-da, to’liq klerikallashmagan, ya’ni cherkovga, diniy mafkuraga to’liq bo’ysundirilmagan. Chunki jahon dinlari hali yosh bo’lgan, ularning ilohiyot ta’limotlari, marosimchilik udumlari shakllanishi davom etayotgan edi. SHu sababli ular jamiyat ma’naviy hayotini to’liq qamrab ololmagan, dinlarning ichida ham turli mazhablar, oqimlar, firqalar, o’zaro farq qiladigan maktablar shakllanishi davom etayotgan edi. Hali olamshumul jahon dinlari jamiyat ma’naviy hayotida yakka hukmron bo’lishga ulgurmagan, odamlar tarixiy xotirasida milliy va mahalliy dinlar, eski e’tiqodlar to’liq unutilmagan, ularning jamiyat hayotiga ta’siri ancha-muncha saqlanib qolgan edi. Shu sababdan ma’naviy ong va madaniyat ancha erkin rivojlangan.
Feodalizm davri bosqichida an’anaviy tafakkur­ning klassik shakli vujudga keldi. Ushbu bosqichda ja­miyat a’zolari ongida asotiriy tafakkur ta’siri juda zaiflashib, ko’p hollarda umuman barham topib ketgan (asotirlarning o’zlari emas. Ular endi diniy asotirlar ko’rinishida tafakkurning universal modeli emas, balki ko’pchilik vositalaridan biriga aylangan).
An’anaviy tafakkurning tarixan qisqa umr ko’rgan XX asr diktaturalari bilan bog’liq totalitar bosqichi ham bor. Bu bosqichda turli ko’rinishdagi fashistik (Mussolini, Gitler, Franko, Salazar hokimiyati pay- tidagi Italiya, Germaniya, Ispaniya, Portugaliya), ra- sistik (aparteid paytidagi Janubiy Afrika Respublikasi, sobiq Janubiy Rodeziya va sh.k.), sotsialistik tafakkur shakllari vujudga kelgan. Ular bir-biridan keskin farq qilsalar-da, ammo totalitar va repressiv mohiyatiga ko’ra o’zaro yaqin bo’lgan. Ular diniy emas, bal­ki dunyoviyligi, hatto ateistik xarakteri (sotsialistik tafakkur) bilan ajralib turgan.
An’anaviy tafakkur-ancha murakkab, rang-barang konkret yo’nalishlardan iborat hodisa. Unda nisbatan alohidalashgan falsafiy, ilmiy, diniy, axloqiy, huquqiy, estetik qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar ajralib turadi. Unda ichki ziddiyatlar yaqqol ko’zga tashlanadi. An’anaviy tafakkur olamni idrok etishning, olam i’ikosining ichki yaxlit, universal modeli emas. Lekin unda tizim sifatida mushtaraklik, o’ziga xos umumiylik, «universallik» baxsh etuvchi tamoyillar mavjud. Bu, eng avvalo, hukmron mafkuraning dogmalari va fundamental tushunchalaridir. O’rta asrlarda ular diniy mazmundagi, sotsialistik mamlakatlarda dunyoviy mazmundagi tushun- chalar bo’lgan. An’anaviy tafakkurning «universalligi» shartlidir.
Marksizm dastlab an’anaviy tafakkur tarzi sifatida emas, aksincha, tanqidiy ta’limot sifatida yuzaga keldi. Marks hatto faylasuflar shu paytgacha olamni turlicha tushuntirib keldilar, aslida vazifa olamni o’zgartirishdir, deganida o’z ta’limotining pirovard maqsadi va tarixiy da’vosini ifodalagan edi. Ammo Oktyabr to’ntarishidan avvalgi Rossiya sharoitida, keyin sovet davrida marksizmning o’zi an’anaviy tafakkurning yangicha shakliga aylandi. Marksizmga xos sinfiy yondashuv, murosa bilmaslik, avtoritarizmga moyillik oqibat-natijada uning dastlabki shakllanish davri uchun xos bo’lgan tanqidiy, ijodiy ruhni so’ndirdi. Uning deformatsiyalashgan, o’ta siyosiylashtirilgan leninizm, trotskizm, stalinizm, maoizm va boshqa sh.k. milliy variantlari nafaqat avtoritar mazmun kasb etdi, shuningdek, o’zga qarash vakillarini siyosiy repressiya qilishni yoqladi va amalda qo’lladi.
Dogmatizm an’anaviy tafakkurning asosiy belgilaridan biridir. An’anaviy tafakkurda, birinchi navbatda, an’analar dogmatizmi hukmronlik qiladi - bu ijtimoiy turmush an’analarmi (urf-odatlar, udumlar va sh.k.), siyosiy boshqaruv an’analarimi, ilmiy yoki badiiy-estetik an’analarmi - bundan qat’i nazar. An’ana esa birdaniga tayyor holda vujudga kelib qolmaydi. U barqaror shakl va mazmunga ega bo’lgunga qadar, jamiyatda nisbatan keng tarqalib, eng obro’li guruhlar, oqsoqollar, rahbarlar, olimlar (ilmiy an’analar) tomonidan yuqori baholanib, e’tirof etilgunga qadar ancha uzoq vaqt davomida «takomillashadi», «sayqal topadi», evolyusion o’zgaradi. Mana shu davrda u jamiyat rivojlanishiga sezilarli ijobiy ta’sir ko’rsatadi, yangiliklar yaratadi.
An’anaviy tafakkur xususiyatlari haqidagi fikrlarni yakunlab, quyidagi dastlabki xulosalarga kelish mumkin:
An’anaviy tafakkur mas’uliyatdan, mustaqil qaror qabul qilishdan cho’chiydi, tashabbus ko’rsatishdan qochadi, tub yangiliklarni inkor qiladi.
Unga etakchi, yo’lboshchi kerak. U obro’li fikr ketidan ko’r-ko’rona ergashgisi keladi, shu bois unga andozabozlik, dohiyparastlik, oqsoqolparastlik xos.
An’anaviy tafakkurda vokelikka ratsional va irratsional yondashuvlar, real va xayolparastlik munosabatlari mexanik tarzda qorishib ketadi.
An’anaviy tafakkur mutaassiblikka, jamiyatni yoppasiga nazorat etishga moyillik ko’rsatadi, ma’lum sharoitlarda (nazorat vositalari va imkoniyatlari ken- gayishi jarayonida) totalitar mafkura vujudga kelishiga zamin yaratadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling