Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili


Tafakkur erkinligining inson ma’naviyatiga ta’siri


Download 0.6 Mb.
bet14/80
Sana31.01.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1818875
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
Davlat univer-fayllar.org

Tafakkur erkinligining inson ma’naviyatiga ta’siri. Tafakkur erkinligi inson erkinligining ajralmas qismi va negizidir. U jamiyat insonga yaratib bergan imkoniyatlar va erkinliklarning mahsuli va in’ikosidir. Ayni paytda, u inson erkinligining aqliy poydevoridir. Oqibat-natijada, tafakkur erkinligi har sanday erkinlikning (vijdon erkinligining, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy erkinliklarning, dunyoqarash erkinligining va h.k.) ma’naviy negizini, intellektual shart-sharoitini tashkil etadi. To’gri, erkin tafakkur bevosita vijdon erkinligini yoki siyosiy, iqtisodiy erkinliklarni yuzaga chiqarmaydi. Ammo tafakkuri qaram kishi, hatto vijdon erkinligi to’la ta’minlangan jamiyatda ham sub’ektiv tushunchadagi to’laqonli e’tiqod erkinligiga erisha olmaydi. Jamiyatda mafkuraviy va siyosiy erkinlik vujudga kelsa-da, tafakkuri qaram kishilar, guruhlar jangovar ateizmga yoki diniy radikalizmga (har ikkalasi ham g’oyaviy mutaassiblikdir) og’ib ketishi mumkin. Chunki tafakkuri qaram shaxsda g’oyaviy immu­nitet va iroda zaif bo’ladi. U mustaqil xulosa qilish, hodisalar va jarayonlarni xolis baholash mas’uliyatidan cho’chiydi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib dastlabki xulosa qiladigan bo’lsak, tafakkur erkinligi birlamchi shaklda shaxsning mustaqil mulohaza yuritish va baholash mas’uliyatini o’z zimmasiga olishidir.
Bilim ijodkorlik salohiyati bilan qo’shshgandagina tafakkur madaniyati yuzaga keladi. Fikrlash madaniyatisiz ta­fakkur erkinligi yuzaga chitsmaydi.
Erkinlik, ma’lumki, ongli, butun mas’uliyatni his etib tanlangan va amalga oshirilgan qarorda voqe bo’ladi. Shu bois Gegel erkinlik anglab olingan zarurat, deganida tafakkur erkinligining yoki Gegel atamasi bo’yicha, ruh erkinligining mohiyatini ifodalagan edi. Engels unga qo’shimcha qilib, erkinlik anglab olingan zarurat bo’yicha harakat qilish deganida, ushbu mohiyatning hodisaga aylanishiga, qanday yuzaga chiqishiga urg’u bergan edi.
Tafakkur erkinligini belgilovchi umumijtimoiy (umumtamadduniy), xususiy ijtimoiy (yoki ijtimoiy-siyosiy), madaniy-ma’rifiy omillar guruhi qatorida ma’naviy-e’tiqodiy, ilmiy-falsafiy omillar guruhi ajralib turadi. Tafakkur erkinligiga, shuningdek, in­sonning hissiy-psixologik moyilliklari, xatti-harakatini, qarorlarini baholashda ichki hissiyotlarini jilovlay olishi, o’z-o’ziga tanqidiy munosabatda bo’la olishi ham ta’sir ko’rsatadi. Ma’naviy-e’tiqodiy, ilmiy-filsafiy omillarning mustaqilligi ancha nisbiy bo’lib, umumtamadduniy va ijtimoiy-siyosiy omillarga bog’liq. Ko’pincha bu mustaqillik ijtimoiy ong darajasida emas, balki individual ong darajasida yuzaga chiqadi.
Umumijtimoiy omillar, bu - jamiyatning umumtaraqqiy, tamadduniy darajasidan kelib chiqadigan omillardir. Masalan, bundan hatto 30-40 yil ilgari yashagan kishi bilan hozirgi axborot texnologiyalari, globallashuv asrida yashayotgan kishining qarashlari, tabiat va jamiyat hodisalarini, inson qadr-qimmatini baholashi o’rtasida sezilarli tafovut mavjud. To’g’ri, ba’zi bir umuminsoniy qadriyatlarni, talablarni tushunishda muayyan farq bo’lsa-da, baholash tamoyillari va mezonlari asrlar davomida mohiyatan o’zgarmasligi mumkin. Lekin turli davrlarda insonning tafakkur tarzi, tafakkur va erkinlikning konkret ilmiy-gnoseologik, aksiologik tamoyillari va mezonlari sezilarli o’zgaradi. Ushbu ma’noda, bir tomondan, tafakkur o’zining barqarorligini va umuminsoniy xarakternыy, ya’ni davr va ijtimoiy tuzumdan nisbatan mustaqilligini namoyon qilsa, ikkinchi tomondan, u o’zining konkret tarixiyligini, ijtimoiy ea shakliy determinlashganini oshkor siladi. Ijtimoiy-siyosiy omillar ta’siri umumijtimoiy omillarni to’ldiradi va tafakkurni bevosita davlat tuzumi talablari, siyosiy erkinlik, huquq, axloq va boshqa hayotiy sohalar bilan bog’laydi.
Tafakkurning ijtimoiy taqozo etilishi (determin- lashgani) shu ikki omilga: birinchidan, jamiyatning umumiy rivojlanganlik darajasiga, san’at, ilm-fan, ishlab chiqarish texnologiyalari xususiyatlariga - tarixiy-tamadduniy taraqqiyot bosqichiga, ikkinchidan, davlat tuzumiga, uning erkin, demokratax boshqaruv tamoyillariga, huquqiy me’yorlari ilg’orligi va amalda ta’minlanishiga yoki unda nodemokratik, volyuntaristik tamoyillar, nogumanistik mazmundagi qoloq huquqiy va axloqiy me’yorlar, an’analar ustunlik qilishiga bog’liq.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling