Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili


E’tiqod tuzilmasining boshqa unsurlari


Download 0.6 Mb.
bet18/80
Sana31.01.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1818875
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Bog'liq
Davlat univer-fayllar.org

E’tiqod tuzilmasining boshqa unsurlari. E’tiqod ilm bilan cheklanmaydi. U muayyan g’oyalar va qadriyatlarni faol aqliy va hissiy qabul qilish, sevish, ixlos qo’yish, ularga o’z ideallarini, ijtimoiy intilishlari va amaliyotini moslashtirishdir. E’tiqodda ishonch katta rol o’ynaydi. Ishonch e’tiqod mazmunini tashkil etuvchi tu­shunchalar, me’yorlar, g’oyalar, ta’limotga - ilmga (bilimga) nisbatan kuchli emotsional (hissiy) ijobiy munosabatdir. Ishonch turmush tajribasi negizida hosil bo’lgan kundalik ong darajasiga va ilmiy bilimlarni muayyan (to’g’ri yoki noto’g’ri) tushunishdan hosil bo’lgan nazariy ong darajasiga oid bo’lishi mumkin.
Ratsional ishonch shaxsning faol harakatiga, yaratuvchiligiga asoslanadi. Uning ob’ektini tashkil qilgan g’oya, ta’limot, ideal to’gri yoki xato, real yoki utopik bo’- lishi mumkin. Lekin shaxs unga sidqidildan ixlos bi­lan intiladi, unga erishish yo’llarini izlaydi, ijod qiladi. Natijada, u o’sha maqsadga etolmasa ham (agar u sarob bo’lib chiqsa) ma’lum samaraga erishadi, faoliyati izsiz ketmaydi.
Irratsional ishonch shaxsning ijodiy passivligiga, farmonbardorligiga, mutaassibligiga tayanadi. «Agar irratsional ishonch nimanidir yo ko’pchilik yoxud qandaydir obro’li shaxs haqiqat hisoblagani uchungina haqiqat deb qabul qilsa, ratsional ishonch samara beruvchi o’z kuzatishlariga va mushohadalariga asoslangan e’tiqod mustaqilligini bildiradi», - deb yozadi Erix Fromm.
Ilm kabi ishonch e’tiqodning asosiy bosh unsuridir. Ilm e’titsodning mazmunini, ishonch uning hayotiylik kuchini tashkil qiladi. Agar inson o’z borlig’ini, turmush va mehnat sharoitini, ijtimoiy ahvolini o’zgartira olishiga ishonmasa, u ijodiy izlanishlardan, qiyinchiliklar bilan kurashdan to’xtab, faqat tabiatga va hayotga moslashib yashayveradi. Bunday holda u yarim yovvoyi mavjudod sifatida qolib ketardi, hayvonot dunyosidan uncha uzoqlashmasdi. Ishonch izlanish, ijod qilish, kashf etish - yuksalish uchun insonga kuch-quvvat va rag’bat berdi. Fan negizida ham, din negizida ham, odamlarning o’zaro ijobiy aloqalari, bir-birini qo’llab-quvvatlashi negizida ham ishonch yotadi. Ishonchsiz e’tiqod va ma’naviyat yo’q.
E’tiqod dunyoqarashning, u orqali butun ma’naviyatning o’zagi sifatida voqelikka inson munosabatini, xulq-atvorini, faolligini belgilaydi. Faollik uchun, ayniqsa, ijodkorlik uchun oddiy ishonchga asoslangan ilm ko’p hollarda kamlik qiladi. Ijodkorlik va faollik ishonchning ixlos va ishq bilan boyitilishini taqozo etadi.
Odatda, ixlos biror g’oyaga, nazariyaga yoxud san’at asariga, umuman qadriyatga, uning mualliflariga yoki targ’ibotchisiga ko’ngil qo’yishdir (salbiy nar­saga «ko’ngil qo’yish», hatto ijobiy narsaga mavjud axloqiylik chegarasidan chiqib, me’yoridan ortiq intilish aslo ixlos emas, u hirs va nafs yoki mutaassiblik deyiladi).
E’tiqod tushunchasini tashkil etuvchi omillarning ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati. E’tiqod tushunchasi mazmun-mohiyatini to’la ochish uchun faqat uning tuzilmasini aniqlash va tahlil qilish etarli emas. Amalda ilm-fan, falsafa, axloq, huquq, nafosat, din kabi ijtimoiy ongning barcha shakllariga oid kategoriyalar va tushunchalarni jalb qilish lozim. Masalan, vatanparvarlik tushunchasini olaylik. Haqiqiy vatanparvar bo’lish uchun shaxs o’z ona tiliga, urf-odatlariga, madaniy merosiga, xalqi, mamlakati buguni va kelajagiga ishonch bilan qarashi, ularga ixlos qo’yishi, sevishi lozim.
Millat tarbiyasi vatanparvarlikni mustahkamlashning, milliy g’oyani amalga oshirib, yuksak marralarni egallashning muhim sharti va vositasidir. Millat rahnamolari, ziyolilari, yoshlari mamlakat ahvolini yuksak ideallar bilan taqqoslab idrok etsalargina, uning kelajagini ularga moslab yaratishga harakat qilsalargina, vatanparvarlik samara beradigan e’tiqod darajasiga ko’tariladi. Biz milliy ma’naviyatimizni yuksaltirmoqchi ekanmiz, e’tiqod masalalariga jiddiy e’tibor bermog’imiz, ta’lim-tarbiya jarayonida uning unsurlari va tarkibiy qismlari uyg’un shakllanishiga erishmog’imiz lozim.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling