Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili


Ma’naviyat rivojlanishining umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasiga bog’liqlik qonuni


Download 0.6 Mb.
bet26/80
Sana31.01.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1818875
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80
Bog'liq
Davlat univer-fayllar.org

2. Ma’naviyat rivojlanishining umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasiga bog’liqlik qonuni. Ma’naviy hayotning mazmunini, shaklini va o’ziga xosligini ko’pincha jamiyat umumiy taraqqiyotining erishilgan darajasi belgilaydi. Ushbu qonun ma’naviyatni jamiyatning moddiy hayotidan ajratmasdan, uni Yaratganning sir-asrori deb emas, balki rivojlanuvchi ijtimoiy hodisa sifatida tushunishda katta ahamiyatga ega. Agrar jamiyatda yashagan kishining dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi, hayotga munosabati, ma’naviyatining eng yuksak ko’rinishi o’rta asrlar taraqqiyot darajasiga mos. Uni sanoat, texnika, transport va aloqa tizimi taraqqiy etgan, radio, televidenie, kompyuter, internet zamonida yashaydigan zamonaviy kishilarniki bilan taqqoslash mumkin emas.
Mehnat vositalari va texnologiyasi nafaqat ishlab chiqarish usuli, munosabatlari pirovardida qanday bo’lishini, etishtirilgan moddiy va madaniy mahsulotlar, ta’lim olish, ilmiy va badiiy axborotlardan foyda- lanish qanday tamoyillar asosida taqsimlanishini, shuningdek, qanday vositalar va usullar yordamida tarqatilishini belgilaydi. Ular muayyan jamiyatdagi iste’mol va ehtiyojlar mazmunini, shaxsning o’zligini yuzaga chiqarish imkoniyatini aniqlaydi. Ushbu qonuniyat in­dustrial jamiyatda umumiy, o’rta maxsus va oliy ta’lim, nazariy va amaliy ilmiy tadqiqotlar, sog’liqni saqlash tizimi, OAV iqtisodiyotning zaruriy tuzilmasiga aylanganida yaqqol ko’rinadi.
Umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasi odamlarning dunyoqarashini, tafakkurini, mavjud jamiyatga beradigan bahosini, munosabatini, jamiyatning ilm-fanini, adabiyotini, madaniy saviyasini belgilay­di. Ular asosida qadriyatlar, ijtimoiy me’yorlar qaror topadi. Bu jamiyat faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishing umumiy qonuni - moddiy va ma’naviy hayot mushtarakligi, o’zaro chambarchasligi qonunining voqe bo’lishidir.
O’tgan mavzuda inson ehtiyojlari uzluksiz yuksalishi to’g’risida gapirilgan edi. Ehtiyojlarning mazmuni, o’sish, yuksalish sur’atlari jamiyatning umumtaraqqiyot darajasiga, aloqa va muloqot vositalariga, odamlar o’rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, diniy, mafkuraviy, maishiy, oilaviy va boshqa aloqalarning rang-barangligi va intensivligiga bog’liq. Boshqacha aytganda, ular mavjud tamaddun darajasiga mos, u tomoni- dan belgilanadi va o’z navbatida uni belgilaydi. Mazkur qonun sivilizatsiya va ma’naviyatning uzviy mushtarakligini ifodalaydi. Ibtidoiy jamiyatda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy aloqalar ancha qashshoq va jo’n. Ular oqibatda urug’-jamoa jipsligi, xavfsizligi, oziq-ovqat ta’minoti masalalarini hal qilishga borib taqalgan.
Agrar jamiyatda aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqdi. Ibtidoiy sinkretizm parchalandi. Ilm-fan, adabiyot va san’at, davlat va huquq, diniy tashkilot alohida institut sifatida ajralib chiqdi, yozuv paydo bo’ldi. Ma’naviy ong o’sdi, ma’naviy madaniyatning alohida shakllari vujudga keldi. SHunga muvofiq ma’­naviy ehtiyojlar rang-baranglik kasb etdi, mazmunan boyidi. Agrar jamiyat ikki yirik tarixiy davrlarga - quldorlik va feodalizm davrlariga bo’linadi. Ibtido­iy va agrar jamiyatlarda yashaydigan odamlarning ongi, tafakkuri, bilimlarini, ma’naviy ehtiyojlarini, turmush tarzi va ma’naviyatini taqqoslasak, ular o’rtasida osmon bilan ercha farq mavjudligini ko’ramiz. Misr, Mesopotamiya, Qadimgi Xitoy, Qadimgi Hindiston, Qadimgi Eron, Qadimgi Yunoniston - ilk agrar jamiyatlar, ilk sivilizatsiyalar vatani. Ular taraqqiyoti, madaniyati ibtidoiy jamiyatga nisbatan juda balanddir. Agrar jamiyat doirasida islom Uyg’onish davrida SHarqda, Yevropa Uyg’onish davrida G’arbda ma’naviy taraqqiyot sifat jihatdan yangi bosqichiga o’tdi.
Ma’naviyat yuksalishining umumtamadduniy taraqqiyot darajasiga bog’liqlik qonuni adabiyot va san’at misolida yaqqol ko’rinadi. Qabilalar uyushmasi va ilk davlatchilik davrida qahramonlik eposlari vujudga keldi. «Go’ro’g’li» turkumi, «Alpomish», «Rustamxon» va boshqa dostonlar halqimizga o’sha davrdan va ilk o’rta asrlardan meros (to’gri, ularga keyingi jamiyat­lar ancha ta’sir ko’rsatgan). Ko’chmanchi, yarimko’chmanchi turmush tarzi, yaylovlar, vodiylar uchun kurash, yangi hududlarning o’zlashtirilishi, etnoslarning tartibsiz yirik migratsiyasi qurolli to’qnashuvlarni, o’zaro bahs-kurashlarni tug’dirgan. Har bir qabila (qabilalar uyushmasi), yosh davlat o’z ideal qahramoni obrazini yaratishga, yosh avlodni ular timsolida tarbiyalashga harakat qilgan. SHu tariqa qahramonlik eposlari vujudga kelgan.
O’rta asrlarda agrar jamiyat ancha barqarorlashdi. O’rta asrlar islom dunyosida dastlab nisbatan har tomonlama rivojlanish asrlari edi. Markazlashgan feodal davlatlar tarix sahnasiga chiqdi, hududlar bo’lib olin- di, aholining ommaviy tartibsiz mayda guruhlari mig­ratsiyasi deyarli barham topdi. Bu davrda turkiy tilda «Hibatul haqoyiq», «Qutadg’u bilig», «Devonu lug’atit turk» kabi mumtoz asarlar yozildi.
Alisher Navoiy davriga kelib islom to’liq hukmron mafkuraga aylandi. Islom sivilizatsiyasi IX-XII asrlardagi olamshumul yutuqlari ortidan ichki va tashqi nizolar, feodal tarqoqlik va separatizm, mo’g’il istilosi va sh.k.larni boshdan kechirib, bir muddat turg’unlikdan keyin, Amir Temur va temuriylar faoliyati bone, yangi uyg’onish bosqichida edi. Adolat, inson qadr-qimmati, komil inson va adolatli podshoh g’oyalari ijtimoiy ongda dolzarb edi. XV asrga kelib tasavvuf islomda katta mavqega erishdi. Shu sababdan mazkur g’oyalarni Navoiy naqshbandiya tariqati qarashlariga muvofiq ifodaladi. Farhod - halol, mard, barcha kasbu hunarlarni egallagan komil inson. Uning qo’li ishda, dili ishqda. Farhod - ideal obraz. U Navoiyning insonparvarlik va adolat haqidagi ideallarining mujassam ifodasidir.
XV asrda adabiyotda realistik obraz, muayyan aniq tarixiy sharoitda yashaydigan, o’z fazilatlari va qusurlariga ega tipik va ayni paytda takrorlanmas indivi­dual qahramon obrazini, uning dunyoviy ishqini, psi­xologik kechinmalarini tasvirlashdan ko’ra, qahramon timsolida insonparvarlik, ezgulik va adolat g’oyalarini targ’ib etish, odamlar uchun namuna, ibrat bo’ladigan ideal qahramon qiyofasini tasvirlash, uning majoziy ishqini ko’rsatish muhimroq edi. Insonparvarlik, insonni sevish - Xudo irodasini, ko’rsatmasini bajarishdir, Xudoni sevishdir, degan g’oya targ’ib etilib, inson himoya qilindi, ulug’landi. Navoiy Farhod, Majnun, Bahrom, Iskandar, Shirin, Layli va boshqa ideal obrazlar tizimini yaratdi.
Daho shaxslar ijodi tahlil etilsa, bu ijod o’z tamadduni erishgan yutuqlar umumiy saviyasi va dolzarb muammolari bilan bevosita yoki bilvosita bog’liqligi ayonlashadi. Navoiy ijodi islom tamaddunining ada- biyot va ijtimoiy qarashlarda erishgan yutuqlari bilan uzviy chambarchas. U Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy asarlari, Naqshband tariqati, Aziziddin Nasafiy falsafasi, turkiy salaflarining badiiy adabiyotda erishgan yutuqlarini teran o’zlashtirgan va yangi pog’onaga ko’targan. U, ayni paytda, o’sha yillarda islom tamadduni duch kelgan yangi muammolarga, tarixiy da’vatlarga badiiy-falsafiy javobdir. Navoiy ijodi islom tamadduni taraqqiyot darajasini ko’rsatuvchi ko’zgu va uning so’nggi o’rta asrlardagi badiiy-falsafiy cho’qqisidir.
G’arbda tovar-pul munosabatlari rivojlanib, kapi­talizm oyoqqa turishi jarayonida yangi industrial si­vilizatsiya shakllandi. U XVII-XIX asrlar mobaynida insonning insondan shaxsiy qaramligiga (qullikka, krepostnoylikka) barham berdi, hammani qonun oldida tenglashtirdi. Biroq iqtisodiy qaramlik saqlanib qoldi, chunki oddiy ishchilarda, sobiq krepostnoylarda, ularning bolalariga hech qanday mulk yo’q edi. Ular o’z ishchi kuchini sotish hisobiga kun ko’rar edi. Yangi sivilizasiyada adabiyot ideal qahramonlar obrazi orqali ifoda- lanadigan umumiy insonparvarlik, ezgulik g’oyalaridan zamondoshlari o’y-tashvishlarini, ijtimoiy ahvoli va mavqeini, boshiga tushgan konkret muammolarini ba­diiy tahlil qilishga o’ta boshladi. Insonparvarlik va ezgulik g’oyalarini olg’a surish endi konkret insonni himoya qilish, jamiyatdagi adolatsizlikni tanqid qilish orqali amalga oshiriladigan bo’ldi. Yangi badiiy uslub - tanqidiy realizm XIX asr 30-yillarida qaror topti. Tanqidiy realizm inson tashqi (ijtimoiy ahvoli) va ichki dunyosini (ongini, psixologiyasini, tuyg’ulari va kechinmalarini) har tomonlama tahlil qildi, ochib ber­di. U ratsionalistik tafakkurga tayanar edi. Tanqidiy realizmning rivojlanishi kapitalistik (industrial) tamaddunning ratsionalizmga ishonchi so’nib ulgurmagan, taraqqiyot chizig’i hali uzluksiz yuqorilayotgan pallasi­ga to’g’ri keldi. Shu sababdan u determinizm - sababiyat (sabab-oqibat) aloqalarini qattiq yoqlar edi. U inson­ning har bir harakatini, xulq-atvorini, intilishla- ri-yu qissiy kechinmalarini ijtimoiy va psixologik jihatdan asoslashga, dalillashga urindi. Birok ongosti hodisalariga murojaat etmadi, chunki ular ijtimoiy hayotda sezilarli rol o’ynamas, boz ustiga ularning na ijtimoiy, na psixologik sabablari o’sha davrda ma’lum edi. Ongosti hodisalarini yoritish alohida badiiy tahlilni, alohida badiiy usulni taqozo etar edi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida industrial tamaddun o’zining yanada yuqoriroq bosqichiga odim qo’ydi. G’arb sivilizatsiyasining ichki ziddiyatlari barcha sohalarda qalqib yuzaga chikdi. Ilgari ular ko’proq iqtisodiy hayotda yuz ko’rsatib, zabastovkalar, stachkalarga, revolyusiyalarga sabab bo’lardi. XIX asr oxirgi choragida siyosiy va iqtisodiy to’qnashuvlar biroz susaydi. Ammo inqiroz ma’naviy hayotda chuqurlashdi. Irratsionalizm kuchaydi. Har xil modernistik, avangardistik oqimlar, turli-tuman tasvirlash va ifodalash uslublari paydo bo’ldi. Ikkinchi tomondan - adabiyot va san’at, o’z ichki rivojlanish qonunlariga ko’ra, tanqidiy realizm daraja- sida qolib ketishi, ongosti hodisalarini badiiy taxdil etmasligi mumkin emas edi. Tanqidiy realizm inson ongini har tomonlama o’rganib, ongosti ostonasida to’xtab qolgan bo’lsa, modernistik adabiyot va san’at ongosti hodisalarini tasvirlash va ifodalashdan cho’chimadi. U, tanqidiy realizm kabi, insonning hamma tuygu va kechinmalarini oqilona badiiy asoslab berish, sabab- larini ko’rsatish vazifasini o’z oldiga qo’ymadi. Inson ichki olamidagi irratsional, aql yordamida tushuntirib bo’lmaydigan jihatlarini ham e’tirof etib, tasvirlab ketaverdi. Ongosti hodisalarini, ongsizlikni (agar diniy - mistik xarakaterdagilari bo’lmasa) nafaqat o’rta asrlar, hatto XIX asr birinchi yarmi adabiyoti tasvirlay olmas edi.
Postindustrial jamiyat mustahkam oyoqqa turib olgan XX asr 50-yillar ikkinchi yarmidan, asta-sekin yangi postmodernistik oqimlar tarqala boshladi. Lekin bu adabiyot va san’atda ijod to’liq, dastlab modernizmga, so’ng postmodernizmga o’tib ketgan ekan-da, degani emas. Adabiyot va san’atda ijodkor shaxsi hal qiluvchi rol o’ynaydi. U buyuk salaflari an’analariga sodiq qolib, ularni zamonga moslashtirib davom ettirishi, yangi epkinlarni, uslublarni unchalik yoki umuman qabul qilmasligi mumkin. Badiiy asar siyosiy va e’tiqodiy qarashlarning, sivilizatsiya evrilishlari- ning mexanik in’ikosi emas, balki o’ziga xos individual va ijtimoiy talqinidir. Shu sababdan zamonaviy adabiyot va san’atga badiiy usullar va uslublar xilma-xilligi xos.
Ma’naviyat yuksalishining umumtamadduniy taraqqiyot darajasiga bog’liqligini ilm-fan va ta’lim tizimi vujudga kelishi va rivojlanishi yanada oydinlashtiradi. Agrar jamiyatda ilm-fan va xalq ta’limi iqtisodiyotning (xalq xo’jaligining) bevosita tarmog’i bo’lmagan. Ilm-fan, ta’lim ma’lum darajada iqtisodiyot buyurtmalarini bajarsa-da, ma’naviyatning mustaqil sohasi sifatida alohida rivojlangan. Unga ma’rifatli xonlar, vazirlar, viloyat boshliqlari, Navoiy singari buyuk shaxslar homiylik qilgan. Ulug’bek saltanatida Samarqandda ilm-fan gurkirab o’sdi. Ulug’bekdan keyin inqirozga uchradi. CHunki ijtimoiy ishlab chiqarish ilm- fanga kuchli ehtiyoj sezmas edi.
Zamonaviy sivilizatsiya sharoitida davlat boshlig’ining ilm-fanni, adabiyot va san’atni, ijodkor ziyolilarni qadrlashi yoki qadrlamasligi, hatto yomon ko’rishi jamiyat ma’naviyati rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’r- satsa-da, to’xtatib qo’ya olmaydi. Lenin va Stalin ziyolilarni, olimlarni uncha xushlamaganlar, hatto doimo nolib yuradigan tuturuqsiz chirkin shaxslar, deb atagan. Ijodkor ziyolilarning katta qismi 20-yillar boshida mamlakatdan chet elga chiqarib yuborilgan, qolganlarning anchasi 30-yillarda qatag’on qilingan. Gitler hokimiyat tepasiga kelgan yillarda Germaniyada o’xshash vaziyatni va siyosatni kuzatamiz. Biroq Stalin ham, Gitler ham ilm-fandan, ijodkor ziyolilardan voz kecha olmagan. Busiz mamlakat rivojlanmas, ularning butun dunyoda bolshevistik yoki fashistik tuzumlarni o’rnatish niyatlari amalga oshmas edi.
Shunday qilib, ma’naviyat rivojlanishi umumtamadduniy taraqqiyot darajasi va talablariga muvofiq kechadi. Bu ma’naviyat yuksalishining ob’ektiv qonunidir. Mazkur qonun ikkitomonlama aloqadorlikni ifodalaydi.
Ma’naviyat yuksalishi qanchalik umumtamadduniy taraqqiyot darajasiga bog’liq bo’lsa, tamaddun rivojlanishi ham shu darajada ma’naviyat taraqqiyotiga bog’liqdir. Ma’naviyat sivilizatsiyaga aks ta’sir ko’rsatadi. Bu birinchi galda ilm-fan, texnologiyalarga, boshqaruv demokratlashuvi va inson xuquqlari, erkinliklari o’sishiga taalluqli. Bundan tashqari, ma’na­viyat insonning muayyan maqsadni belgilashida, unga erishish uchun usul va vositalarni erkin tanlashida, qiyinchiliklarni engib, olg’a intilishida, ya’ni iroda, bilim va e’tiqod kuchida ham namoyon bo’ladi. Ma’na­viyat ular orqali o’z davri sivilizatsiyasini rivojlantiradi. Ushbu o’zaro bog’liqlik barcha zamonlar, barcha jamiyatlar uchun xosdir. Sivilizatsiya va ma’naviyat- ning taraqqiyot darajalari bir-birini taqozo etadi. Bu bog’liqlik, aloqadorlik tasodifiy emas, zaruriy, doimiy, takrorlanuvchan, mohiyatli va birinchi darajalidir. Shu sababdan mazkur boglitslik ijtimoiy taratssiyotning ma’naviyat yuksalishiga mansub xususiy, ammo ma’naviyatning umumiy qonunidir.
Ma’naviyat rivojlanishiga ijtimoiy-siyosiy muhit, boshqaruv rejimi, huquqni talqin qilish va qo’llash amaliyoti kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bular, ma’lumki, muayyan tamaddun xususiyatlaridan kelib chiqadigan ijtimoiy hodisalardir. Kelgusi mavzuda ko’rib chiqadigan ijtimo­iy ong shakllari va ularning madaniyatda yuzaga chiqishi ham tamaddun rivoji darajasi tomonidan taqozo etiladi va, aksincha. Masalan, axloq - tamaddun mahsuli, uning me’yorlari, kategoriyalari, tushunchalari mazmuni jamiyatdagi mavjud munosabatlarni tartibga solish zarurati bilan bog’liq. Ayni paytda axloqiy madaniyat qanchalik yuksalsa, odamlarning bir-biriga ishonchi, mehr-oqibati shuncha mustahkamlanadi, ijtimoiy muhit shuncha yaxshilanadi. Bu esa sivilizatsiya taraqqiyoti uchun juda zarur mafkuraviy-psixologik shart-sharoit yaratadi. Aksincha, ma’naviyatning moddiy-iqtisodiy, ilmiy-texnologik asoslari yuksak rivojlangan bo’lishiga qaramasdan, axloq inqirozga uchrasa, butun ma’naviyatga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Sivilizatsion taraqqiyotni oqibatda inqirozga mahkum etadi.
Albatta, ma’naviyatning turli sivilizatsiyalar sharoitida, ayniqsa, industrial, postindustrial jamiyatda rivojlanishi bir chiziqli, faqat ijobiy yuksalish chizig’i bo’lgan emas. Jamiyatga xos ziddiyatlar, illatlar ma’naviyatga salbiy ta’sir ko’rsatgan. Jamiyat taraqqiyoti kabi ma’naviyat rivojlanishi ham murakkab. Gullab-yashnash va inqirozlar davrlarini boshdan kechirgan. Bir sivilizatsiyani boshqa sivilizatsiya bilan almashuvi ma’naviyatni tubdan o’zgartirgan, yangi e’tiqodiy, mafkuraviy asoslarga o’tkazgan. Bular haqda keyingi o’rinlarda to’xtalamiz. Hozircha shunday hulosa qilamiz: ma’naviyat rivojlanishi umumtamadduniy rivojlanish doirasida kechadi va u tomondan belgilanadi, o’zi ham unga aks ta’­sir ko’rsatadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling