Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili


-Mavzu: Ma’naviyat kategoriyalari


Download 0.6 Mb.
bet28/80
Sana31.01.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1818875
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80
Bog'liq
Davlat univer-fayllar.org

5-Mavzu: Ma’naviyat kategoriyalari
Reja:
  1. O’zlikni anglash ma’naviyatning asosiy kategoriyasi sifatida.


  2. Ma’naviyatning tolerantlik kategoriyasi.


  3. Qadriyat tushunchasi.


  4. Ma’naviyatshunoslik fani kategoriyalari va asosiy tushunchalarining boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar tushunchalari bilan uzviy bog’liqligi.




1. O’zlikni anglash ma’naviyatning asosiy kategoriyasi sifatida. Ma’naviyatshunoslik alohida mustaqil fan sifatida o’zining asosiy tushunchalariga, kategoriyalariga, tamoyillariga, qonunlari va mezonlariga eta. Ular orasida boshqa turdosh fanlardan kirib kelganlari bor. Masalan, falsafadan, etika, estetika, yurisprudensiya, dinshunoslik va boshqa fanlardan olingan ong, tafak­kur, borliq, qadriyat, axloq, nafosat, imon, haqiqat, adolat, tenghuquqlilik va sh.k. tushunchalarsiz ma’naviyatshunos- likni fan sifatida tizimlashtirib bo’lmaydi. Ayniqsa, falsafa fani tushunchalari, kategoriyalari, usullari, bilish nazariyasi ma’naviyatshunoclik shakllanishi uchun zaruriy ilmiy asos va qurilmadir. Zero, ma’naviyatshunoslik fani etika, estetika, kulturolo­giya, dinshunoslik, sotsiologiya, siyosatshunoslik, mantiq ilmlari singari falsafiy fanlar tizimiga mansubdir. SHu sababdan u, birinchi galda, boshqa falsafiy fanlarning tushunchalaridan, kategoriyalaridan foydalanadi, ular yordamida o’z ilmiy apparatini shakllantiradi. Le­kin boshqa fanlardan qabul qilingan tushunchalarni o’z predmetidan kelib chiqib talqin qiladi. Ayni paytda uning faqat o’ziga xos bo’lgan asosiy tushunchalari va ka­tegoriyalari bor.
Ma’naviyatshunoslik fani birinchi galda «ma’navi­yat», «ma’naviy ong», «ma’naviy madaniyat», «ma’naviy muhit», «ma’naviy qadriyatlar», «ma’naviy ehtiyojlar», «shaxs ma’naviyati», «jamiyat ma’naviyati», «ma’naviy yuksalish», «ma’naviy erkinlik», «tafakkur erkinligi», «milliy g’oya», «tolerantlik», «bag’rikenglik», «o’zlikni anglash», «ma’naviy asoslar» va ularning muqobil ko’rinishlarini ifodalovchi «ma’naviyatsizlik» va h.k. tushunchalardan foydalanadi.
Ma’naviyatning asosiy kategoriyalaridan biri - o’zlikni anglashdir. Uning boshqacha sinonimi identlik (ayniyat) deyiladi. O’zlikni anglash - insonning xos, mohiyatli belgisi. Shaxs o’zining individual identligini, ijtimoiy - guruhiy, korporativ, tabaqaviy - sinfiy va milliy identligini turli darajada anglashi mumkin: qisman, nisbatan to’laroq, ziddiyatli, ikkilanishlar bilan, o’z imkoniyatlariga ishonmasdan yoki o’z imkoniyatlarini ortiqcha baholab (xudbinlik, manmanlik) va nihoyat, adekvat (o’z salohiyati va qobiliyatiga moe). Shunday qilib, o’zlikni, o’z identligini anglash, turli dara­jada va mazmunan har xil kechadi. «Identlik», o’zlikni anglashni ifodalaydigan tushuncha o’laroq, fanda keng qo’llaniladi.
Identlik, avvalo, insonning olamdagi o’z o’rnini, tabiatdagi eng ulug’ va yagona aqlli, yaratuvchi jonzot ekanini bilishdir. Inson nega dunyoga keldi, uning yashashdan maqsad-muddaosi nimada, hayotining ma’nisi ne? O’zlikni anglash ushbu savollarga javob izlash va topishdir. Inson o’zligini anglashi jarayonida tabiatdan, hayvonot olamidan ajralib chiqdi, ma’naviy mavjudotga aylana boshladi. O’zlikni anglash yangi bilimlarga, yuqori ko’rinishlarda esa haqiqatga, oliy idealga intilishdir. Shu sababdan dinda «o’zini anglagan Rabbini (Ollohni) ham anglaydi», degan tasdiq mavjud.
Tabiatning insondan tashqari biror jonzodi o’zligini anglay olmaydi, chunki uning ongi, shuuri yo’q. O’zini tabiatdan ajrata olmaydi, o’z oldiga reja - maqsad qo’yib, o’z borlig’ini, yashash sharoitini takomillashti- rolmaydi. U faqat mavjud ekotizimda muayyan pog’onani egallaydi, uning muhim zaruriy bo’g’inini tashkil
qiladi, xolos. Hayvonotning mavjud ekotizimdagi o’rni, vazifalari, hayoti tabiat tomonidan avvaldan belgilan- gan. Inson esa aqli va mehnati orqali o’z tabiiy yashash shart-sharoitini ham, ijtimoiy muhitini ham o’zgartirish qobiliyatiga ega. Buning uchun u, avvalo, o’z oldiga maqsad qo’yadi, unga etishish uchun bilimini va mehnat ko’nikmasini o’stiradi. Ishlab chiqarish qurollari yaratadi, ularni takomillashtiradi, tabiat jismlarining xossalarini o’rganadi va yangi-yangi mahsulotlar etish- tirib, muhitini, yashash sharoitini yaxshilaydi. Ongi, bilimlari o’sgani sayin oldiga qo’ygan maqsadlari ham o’sa boshlaydi, yuksaladi. Demak, o’zlikni anglash yangi bilimlarga, yangi mehnat ko’nikmalariga yoki umumiy silib aytilsa, yaratuvchilikka intilish va irodasini namoyon etib, uni kuchaytirishdir.
Ontologik jihatdan maqsad va intilish yo’q joyda o’zligini anglash, binobarin, ma’naviyat ham yo’q. Inson kundalik hayotiy maqsadlariga erishib, nisbatan to’q va xavfsiz hayotini ta’minlab, bilimi va yaratuvchiligini rivojlantirish jarayonida yuksak haqiqat haqida o’ylay boshlaydi, uni hayotining oliy maqsadiga - idealiga aylantiradi. Dastlab bu yuksak haqiqatni tabiatdan ustun turuvchi g’ayritabiiy kuchlarda, ruhlarda va h.k. da ko’radi. Ularga etiqod qiladi. E’tiqod o’zlikni anglashning muhim shakllaridan biridir.
Inson ijtimoiy mavjudot o’laroq o’zligini anglashda, birinchi galda, o’zini ma’lum tarixiy, etnik, lisoniy, madaniy, e’tiqodiy, siyosiy birlikning a’zosi sifatida anglaydi. O’zini ular bilan kelib chiqishiga ko’ra umu­miy bir, to’la o’xshash, mos-ident, deb hisoblaydi. Rivojlanmagan jamiyatlarda bu borada katta va murakkab muammolar deyarli uchramaydi. Urug’-jamoada, qabilada qon-qardoshlik asosidagi etnik, lisoniy, madaniy- e’tiqodiy birlik o’zaro mos keladi. Ular o’z identligini (ayniyatini) avvalo quyidagi omillar - etnik (genetik), til, umumiy asotirlar, urf-odatlar, umumiy sig’inish predmetlari va marosimlari asosida aniqlaydilar..
Biroq dunyo dinlari paydo bo’lganidan keyin masala biroz qiyinlashdi. Chunki etnik ong (qon-qardoshlik ayniyati) va diniy ong o’rtasida farq vujudga keldi: «Biz turkiylar musulmonmiz, ular esa musulmon bo’lsa-da, eroniylardir yoki arablardir» qabilida. E’tiqodiy mazhablar paydo bo’lishi diniy ayniyatni ham chigallashtirdi. «Ular shia, biz sunniymiz», degan o’zlikni anglashning diniy shakllari paydo bo’ldi. Bir xalq turli tarixiy sabablarga ko’ra, ikki, hatto uch dinga e’tiqod qilib qolgan. Masalan, bengallarning bir qismi mu­sulmon (Bangladesh), ikkinchi qismi hinduizmga e’tiqod qiladi (G’arbiy Bengaliya). Albatta, turli diniy e’tiqod ularning mentalitetiga, madaniyatiga, urf-odatlariga, o’zaro aloqalariga, milliy identligiga ziddiyatli ta’sir ko’rsatadi.
Zamonaviy jamiyatda milliy identlik masalasi ancha o’zgardi. Endi diniy, hatto etnik identlik ba’zi hollarda birlamchi, asosiy belgilardan hisoblanmaydi. Masalan, turli xalqlarning o’zaro aloqalari rivojlanishi, yirik shaharlarda, rivojlangan mamlakatlarda aholi tarkibining etnik xilma-xillik kasb etishi, aralash nikohlar, ular farzandlarining etnik mansubligi masalasi, odamlarning erkin harakatlanishi va yashashi va sh.k. lar keng tarqalgan bizning zamonda identlik ko’proq qaysi tildan va madaniyatdan foydalanishga qarab yoki fuqaroning o’z istagiga ko’ra yoxud qaysi davlat fuqarosiligiga qarab belgilanmoqda. O’zini rossiyalikman yoki amerikalikman deydigan, rus yozuvchisiman yoki amerikalik rejissyorman deydigan, ammo etnik jihatdan nemis, lotin, amerika­lik, ukrain, belorus, yahudiy, armani, chuvash, mardvin yoki boshqa xalqqa mansub kishilar ko’p. Bunday kishilar har doim, barcha zamonlarda bo’lgan. AQSH, Kanada, Braziliya, umuman Lotin Amerikasi, Yevropa mamlakatlarida milliy identlik fuqarolik bilan bir xil tushuniladi.
Fors-tojik adabiyotining buyuk namoyandalari orasida etnik turkiylar salmoqli o’rin egallaydi: Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Bedil, Mirzo G’olib va boshqalar. Atoqli shoir O’ljas Sulaymonovni qozoq shoiri deyish kerakmi yo rus shoiri? Tiliga ko’ra (rus tilida ijod qiladi), u rus she’riyati vakili, ammo mil- liy o’zligini anglashiga, milliy identlik tuyg’usiga, adabiyot uchun yana bir muhim omil-obrazlar tizimiga ko’ra, asl qozoq milliy shoiridir. Oydinlashmoqdaki, milliy identlik masalasi bugungi kunda ancha murakkab, ammo rivojlangan G’arb mamlakatlarida dolzarbligini yo’qotgan masaladir. Milliy identlik etnik identlikdan kengroq tushuncha. Milliy identlik, avvalo, o’zini qaysi xalqning vakili deya hisoblashi, qaysi xalq bilan uning taqdiri birligini, ajralmasligini his qilishidadir.
Tarixan turli sabablar bilan bizning tuproqqa kelib qolgan, guj yashaydigan arablar bor. Ular o’zbek jamiyatiga to’la integratsiyalashgan. Orasidan olimlar, yozuvchi-shoirlar, san’atkorlar, davlat arboblari etishib chiqqan. Ularning etnik arabligi ongida qisman saqlanib qolgan. Lekin til, madaniyat, urf-odatlar va boshqa ijtimoiy qadriyatlar, siyosiy va fuqarolik ongi bo’yicha ular o’zbeklar bilan ident. Ulardan birortasi «Men arab shoiriman, arab olimiman yoki arab davlati arbobiman» demaydi. Ushbu ma’noda ular milliy ident­lik jihatidan o’zbek, ammo ongida etnik identlik masalasida farq qisman mavjud.
Identlikning, milliylikdan tashqari, ijtimoiy-guruhiy shakllari bor. Ular o’tmishda asosan kasbiy-korporativ ko’rinishlarda namoyon bo’lgan. Bugun ommaviy madaniyat ta’sirida qiziqishlari, futbol komandalari, estrada yulduzlariga ishqibozligi, biror buyumni iste’mol qilishiga qarab identlikning submadaniy shakllari vujudga kelmokda. Masalan, baykerlar (mototsiklchilar) uyushmasi, futbol komandalarining fanatlar klubi va hokazo.
O’zlikni anglash, albatta, millatning tarixiy xotirasi, nasl-nasabi, ajdodolarining buyuk ishlarini, yutuqlarini bilishni, ular bilan faxrlanishni, milliy g’ururni ham o’z ichiga oladi. Ammo o’zlikni anglash nafaqat o’tmish yutuqlarini, shuningdek, yo’qotishlarini, mag’lubiyatlarini, ularning sabablarini ham bilishni, tarixdan xulosalar chiqarib, kelgusida ularni takrorlamaslikka intilishni ham bildiradi. Bundan tashqari, o’zlikni anglash millatning bugungi ahvolini, imkoniyatlarini, shu jumladan, kamchiliklarini to’g’ri tahlil qila olishni, oldiga yuksak, ammo real maqsadlar qo’ya olishni, ularga erishish uchun milliy irodani safarbar eta olishni bildiradi. Milliy identlik - bu milliy manfaatlarni to’g’ri anglashdir, bu milliy jipslik, ahillikdir, mahalliychilik, guruhiy-korporativ xudbinlikdan ustun tura olishdir. O’zlikni anglash kelajak rejalari, millat istiqboli haqida qayg’urishdir. Indivi­dual darajada o’zlikni anglash, o’z shaxsiy manfaatlarini oila, jamoa, davlat va butun jamiyat manfaatlari bilan uyg’unlashtirishga intilishdir. SHunday qilib, o’zlikni anglash insonni hayvonot olamidan ajratuvchi, o’z oldiga maqsad qo’yib, ba’zan ulug’vor maqsad qo’yib, yaratuvchilik va ijod bilan shug’ullanuvchi, aql-zakovati, irodasini maqsadga erishishga safarbar eta oluvchi, o’z ijtimoiy muhitini muttasil takomillashtiruvchi mavjudotligini ifodalovchi muhim ma’naviy kategoriyadir.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling