Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili


Ma’naviyatshunoslik fani kategoriyalari va asosiy tushunchalarining boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar tushunchalari bilan uzviy bog’liqligi


Download 0.6 Mb.
bet31/80
Sana31.01.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1818875
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80
Bog'liq
Davlat univer-fayllar.org

4. Ma’naviyatshunoslik fani kategoriyalari va asosiy tushunchalarining boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar tushunchalari bilan uzviy bog’liqligi. Ma’naviyatshunoslik fani jamiyatdagi qaror topgan muhitni va uning tendensiyalarini o’rganish uchun ijtimoiy-ma’naviy barqarorlik, hayrixohlik, tolerantlik (bag’rikenglik), mehr-oqibat, millatlararo totuvlik, o’zaro yordam, milliy jipslik, o’zlikni anglash, mil­liy identlik yoki ularning muqobillarini anglatuvchi ijtimoiy beqarorlik, mutaassiblik, mahalliychilik, guruhbozlik, millatchilik, ayirmachilik va boshqa tushunchalardan foydalanadi. Ulardan tashqari, ma’naviy ong va ma’naviy madaniyatni, irodani o’rganishdagi kabi, yana ijtimoiy filosofiya, siyosatshunoslik, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, huquqshunoslik, xatto iqtisodiyot nazariyasi fanlari tushunchalaridan foydalanadi. Zero, ma’naviy muhitni to’la tushunish, tahlil qilish uchun ijtimoiy adolat, demokratiya, inson huquqlari va erkinliklari, turmush darajasi va farovonligi, ijtimo­iy ta’minot va himoya kabi ko’plab fanlar tushunchalariga murojaat etish lozim.
Shunday qilib, ma’naviyatshunoslik fani kategoriyalari va asosiy tushunchalari ilmiy bilish tizimida o’zining alohida o’rniga ega bo’lishi qatorida boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar tushunchalari bilan uzviy bog’liq, ular bilan yagona ontologik, gnoseologik, meto­dologik va mantiqiy bus-butunlikni tashkil qiladi.


6-Mavzu: Mustaqillik davri ma’naviyati
Reja:
  1. Mustaqillik va ma’naviyat.


  2. Mustaqillik mas’uliyati.


  3. Mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi hamda madaniy meros, diniy an’ana va qadriyatlarimizning tiklanishi.


  4. Milliy-ma’naviy yangilanish, yuksalish – taraqqiyot omili.




1. Mustaqillik va ma’naviyat. Mustaqillik o’z-o’zidan, kutilmaganda osmondan tushib qolgan emas. Uni qo’lga kiritish uchun xalqimiz katta qurbonlar berdi. Avvalgi mavzuda bu haqda qisman gapirilgan edi. Lekin Stalin qatag’onlari davrida, urush va urushdan keyingi yillarda milliy istiqlol uchun kurash biroz susaygan, o’zgacha g’oyaviy-mafkuraviy shakllarni o’zlashtirayotgan edi. Ammo «paxta ishi» deb atalgan qatag’onlarning yangi halqasi milliy ongimizda kuchli faollik paydo bo’lishiga, o’zlikni anglash darajamiz yangi pog’onaga ko’tarilishiga sabab bo’ldi, oxir-oqibatda, mustaqillik uchun kurashga olib keldi.
1989-1991 yillarni tarixiy taraqqiyot nuqtai na- zaridan baholasak, bu yillar teran va tom ma’noda mustaqillik uchun bevosita kurash yillariga aylandi. O’zbekistonda vaziyat bu paytga kelib taranglashib ketgan edi. Ma’naviyat, madaniyat, til, milliy qadr-qimmat masalalari moddiy-iqtisodiy masalalarga nisbatan ham keskinroq edi. Ularni kun tartibiga qo’yishning o’zi uchun amalda SSSR ning siyosiy mafkurasiga zid ish tutish, milliy munosabatlar, kadrlar tayyorlash, til va mada­niyat borasidagi siyosatini, butun kommunistik amaliyot va ideologiyani (mafkurani) tanqid qilish, unga qarshi chiqish degani edi.
Mustaqillik uchun bevosita kurash yillari aynan shunday yo’ldan borildi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi, taqiqlangan Navro’z bayrami tiklandi, madaniy merosga, dinga munosabat o’zgardi. Qatag’on qilingan adiblar asarlari xalqqa qaytarila boshladi. Eng asosiysi - xalqimizning tarixiy xotirasini, Vatan tarixini tiklash, ulug’ siymolarimiz, daholarimiz hayoti va ijodini, faoliyatini qayta baholash va xalqqa etkazish uchun ilk qadamlar tashlandi. Aynan mustaqillik uchun bevosita kurash yillarida jamiyatni tubdan yangilash imkonini beradigan, istiqloldan keyin to’lik shakllangan islohotlar nazariyasining, jumladan, uning tarkibiy qismi ma’naviy islohotlar konsepsiyasining tamal toshi qo’yildi.
Xalqimizning ozodlikka, hurriyatga intilishi, so­vet davlatida ijtimoiy adolat buzilishidan, amaldagi milliy tengsizlikdan noroziligi, adolatni qo’msashi, umuman, milliy o’zligini anglashning o’sishi istiqlolga erishishning ma’naviy poydevori bo’ldi. Ammo bular so­vet tuzumini ma’naviy jihatdan qabul qilmaslik, inkor etish va tarixiy qulay vaziyatda istiqlol yo’lini tanlash uchun etarli bo’lsa-da, mustaqil taraqqiyot uchun etarli emas. Mustaqillikni siyosiy jihatdan mustahkamlash davlat tizimlari va zarur qonunlar majmuasini yaratishdan tashqari yangicha huquqiy ong va, umuman, yangicha siyosiy madaniyatni taqozo etadi. Iqtisodiy mustaqillik sovet davridagidan farqli o’laroq yangicha iqtisodiy tafakkur- ni, bozor munosabatlari, raqobat bilan bog’liq yangicha huquqiy va axloqiy me’yorlarni o’zlashtirishni, ma’na­viy qadriyatlarimizdan, madaniy merosimizdan unumli foydalanishni talab etadi.
Mustaqillik sharoitida ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at, ta’lim-tarbiya, sogliqni saqlash, OAV, oila, fuqarolik institutlari hamda sinflar, tabaqalar, guruhlar o’rtasidagi mulkiy, iqtisodiy, huquqiy, axlo- qiy, mafkuraviy munosabatlar sovet davrida qaror topgan tamoyil va me’yorlarga to’liq tayana olmaydi.
Bu xalq ma’naviy hayotining boshqa sohalariga ham taalluqli. Bir so’z bilan aytganda, mustaqillik o’zining yangi dunyoqarashiga va ma’naviy asoslariga ega bo’lmog’i lozim.
Istiqlolning dastlabki yillarida O’zbekistonda tub islohotlarni amalga oshirish nazariyasi yaratildi. Nazariyada inson barcha islohotlarning maqsadiga aylantirildi va markaziga qo’yildi. Ijtimoiy yo’naltirilgan ko’pukladli bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish, aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish, davlat va jamiyatni qayta qurish, kadrlar tayyorlash, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat sohalarini isloh qilish, ma’naviy tiklanish va yuksalish konsepsiyalari ishlab chiqildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida (o’tish davrida) davlat byudjeta kamomad bilan bajarilar, mablag’ etishmas, iqtisodiy ahvol ancha og’ir edi. Ammo ma’naviy islohotlar, madaniy merosni, tarixiy xotirani tiklash, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, mustaqil OAVni rivojlantirish va shu kabilar o’z holiga tashlab qo’yilmadi.
Ma’naviy merosni mustahkamlash va rivojlantirish - yangi O’zbekistonni yaratish va jahon hamjamiyatiga tenghuquqli integratsiya bo’lishga xizmat qiladi, chunki milliy o’zlikni, milliy manfaatlarni, ajdodlarimiz va zamondoshlar ijodiy yutuqlarni anglash orqali umumjahon taraqqiyoti oqimida o’z o’rnimizni, zamonaviy ijodiy yutuqlarimizni va salohiyatimizni aniq tasavvur etishga yordam beradi. Milliy identlikni, o’ziga xoslikni saqlab qolishga, yuksaltirishga jahon hamjamiyatidan yuz o’girish hisobiga emas, aksincha, jahondagi ilg’or yutuqlar va tajribani o’zlashtirib milliy madaniyatni, ona tilini rivojlantirish hisobiga erishiladi. Mustaqillik yillari, birinchidan, ma’naviy-madaniy merosni tiklash, rivojlantirish; ikkinchidan, jahon madaniyati yutuqlarini o’zlashtirish, jahon hamjamiyatiga iqtisodiy integratsiya bo’lish yo’nalishlarida ish olib borildi.
Birinchi yo’nalish ishlari, yuqorida e’tirof etilganidek, mustaqillik uchun bevosita kurash yillari boshlangan edi. Mustaqillik yillari o’tish davrida ushbu masala milliy o’zlikni anglashni yangi sifat bosqichiga ko’tarish, tarixiy xotirani tiklashning, umuman, milliy-ma’naviy tiklanishning bosh masalasiga aylandi. SHu sababdan ushbu yo’nalishda ko’pqirrali kompleks ishlar olib borildi. Buyuk allomalarimiz, davlat va jamoat arboblarimiz, shaharlarimiz, madaniy yodgorliklarimiz yubileylari o’tkazildi.
Yubileylar shunchaki tantanali nishonlash tadbiri bo’lib qolgani yo’q. Ularga tayyorgarlik jarayonida ulkan ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy, targ’ibiy-tashviqiy va obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Allomalar va buyuk arboblar hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan ilmiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, biografik, badiiy va publi- sistik asarlar, maqolalar, hujjatli va badiiy kinotelefilmlar yaratildi. Ta’kidlash joizki, yubilyarlarning aksariyati to’g’risida ilk bor har xil rivoyat va afsonalar, uydirma va to’qimalar emas, balki haqqoniy, xolis, tarixiy dalillarga, ilmiy tadqiqotlarga asoslangan ma’lumotlar e’lon qilindi.
Allomalarimiz, davlat va jamoat arboblarimiz asarlari ham ilk bor asl holda nashr qilindi. Shuningdek, Qur’oni karim, imom Buxoriyning to’rt tomlik sahih hadislari, imom at-Termiziyning sahih hadislari, qator diniy allomalarimiz asarlari ilk bor o’zbek tilida nashr etildi. Yubileylari o’tkazilgan shaharlarimiz tarixi ilk bor qadim davrdan to shu kungacha izchil ilmiy dalillar asosida qisqacha bayon etil­di va milliy tariximiz kontekstida talqin qilindi. Yubilyar shaharlarimizga atalib qisqacha tarixiy bosib o’tgan yo’lini, arxeologik va me’moriy yodgorliklari- ni o’zida aks ettirgan chiroyli albom-kitoblar nashr etildi. E’tibor berilsa, «ilk bor» so’zi takror-takror qo’llanilmoqda. Bu ma’naviy tiklanishimiz, ma’naviy islohotlarimiz uchun tabiiy va qonuniy hodisadir. Ba’zi bir unutilgan milliy urf-odatlar, an’ana va bayramlarimizni zamonaviy asosda tiklash va rivojlantirish bo’yicha yana ko’plab misollar keltirish mumkin.
Milliy-ma’naviy tiklanish yuzasidan olib borilgan va davom etayotgan ko’pkirrali kompleks tadbirlar, chuqur va puxta o’ylangan davlat siyosati o’z samarasini berdi. Xalqimizning dunyoqarashi boyidi, ongi o’sdi, ma’naviy qiyofasi o’zgardi. U o’z tarixini, tarixiy ildizlarini, milliy madaniyatini, ajdodlari jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan hissasini bilib oldi. U o’zini millat sifatida qaytadan tanidi, tarixiy xotirasini tikladi, milliy nomukammallik tuyg’usidan qutulib, o’zini hech kimdan kam sezmaydigan bo’ldi, milliy g’ururi o’sdi.
Ikkinchi yo’nalishda olib borilgan kompleks ishlar bunga yordam berdi. Ilm-fan, adabiyot va san’at, madaniyat, davlat va jamiyat qurilishi, inson huquqlari va erkinliklari borasida biz milliy an’analarimiz va ba’zi ijtimoiy-siyosiy va fuqarolik institutlarini tiklash (mahalla, hokimlik) qatorida jahonning ilg’or yutuqlarini o’zlashtirdik. Davlat hokimiyatining uch tarmog’i - qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlari bir-biridan ajratilgani bu boradagi islohotlar, de­mokratiya va inson huquqlari rivojlantirilgani, ko’plab yangi nodavlat notijorat va boshqa jamoat tashkilotlari vujudga kelgani to’g’risida to’xtalib o’tirmaymiz. Ular alohida mavzu va bizning predmetimizdan biroz tashqariga chiqadi. Biz faqat ma’naviyatga yaqindan aloqador ba’zi ishlarni qayd qilamiz.
Kadrlar tayyorlash, ta’lim sohasida xalqaro talablarni va yutuqlarni hisobga olib chuqur islohotlar o’tkazildi. Ta’limning barcha bo’g’inlari uchun yang’i talablar asosida davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, o’quv darsliklari, qo’llanmalar yaratildi. Maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy o’quv yurtlari zamonaviy jihozlar va o’quv texnologiyalari bilan ta’minlandi. Ko’plab yangi AL va KHK, oliy o’quv yurtlari ochildi. Bundan tashqari, yurtimizda jahonning qator nufuzli oliy o’quv yurtlari filiallari tashkil etildi. Ular orasida Britaniyaning Vestminster univer­siteta, Moskva davlat universiteta, Turin politexnika instituti, Plexanov nomli iqtisodiyot universiteta, Gubkin nomidagi neft-gaz instituti, Inha universi­teta, Malayziya iqtisodiyot kolleji filiallari bor. Bunta yurtimiz yigit-qizlari va yosh mutaxassislarining AQSH, YAponiya, Germaniya, Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarga o’qishga va malaka oshirishga jo’natilayotganini qo’shimcha qilish kerak.
FA (Fanlar Akademiyasi), ITI (Ilmiy-tadkiqot institutlari) va oliy o’quv yurtlarimiz chet el ilmiy markazlari va universitetlari bilan ilmiy-tadqiqot, kadrlar tayyorlash, almashish masalasida hamkorlik qilmoqdalar. YUrtimizda har yili ko’plab xalqaro yirik ilmiy an- jumanlar o’tkazilayotgani jahon hamjamiyati bilan bu sohada integratsiya bo’layotganimizga misoldir. Jahon badiiy adabiyoti, falsafasi va ijtimoiy fikriga oid asarlar o’zbek tiliga tarjima qilinmoqda. Milliy va jahon xalqlari madaniy merosini, hozirgi zamon mualliflari asarlarini chop etish, xalqimizning ma’naviy mulkiga aylantirish, targib etish bilan mustaqillik yillarida tashkil etilgan «Tafakkur», «Jahon adabiyoti», «Ma’na­viy hayot» va boshqa maxsus jurnallar, Respublika tele- radiokompaniyasining yangi studiyalari shug’ullanmoqda. Bugungi ma’naviy hayotimizni ularsiz tasavvur etish qiyin.
Mustaqillik yillari madaniy merosga va ijodiy faoliyatga, adabiyot va san’atga munosabat o’zgardi. Kommunistik mafkuraviy qoliplardan, sinfiylik, partiyaviylik, kurashchan ateizm tamoyilidan, sotsialistik re­alizm deb atalmish badiiy uslubdan voz kechildi. Davlat senzurasi bekor qilindi. Ijod erkinligi adabiyotimiz va san’atimizda yangi modernistik yo’nalishlar, uslublar, badiiy usullarda yaratilgan rang-barang asarlar, janrlar paydo bo’lishiga olib keldi. An’anaviy realistik usul ancha erkinlashdi, boyidi. To’g’ri, hali yangi oqimga mansub juda ulkan olamshumul ahamiyatga eta asarlar yaratilgani yo’q. Lekin bu boshqa mavzu. Chunki badiiy ijodda hal qiluvchi omil usul va uslub emas, muallif iste’dodir. Adabiyotimiz va san’atimiz mazmunan va shaklan boyigan, xilma-xillik, serjilolik kasb etgani esa - bor gap.
Mamlakatimiz, milliy madaniyatimiz jahonga yuz burdi, jahonga ochildi, jahon ham bizga ochildi. Biz dunyo xalqlari madaniy yutuqlarini o’rganish qatorida o’z mil­liy madaniyatimizni ularga targ’ib qilmoqdamiz. Alisher Navoiy va Bobur kabi mumtoz adabiyotimiz vakillarining shoh asarlari ba’zi chet tillarga qaytadan tarjima qilindi, ba’zi tillarga ilk bor o’girildi. YAngi tarjimalar chuqur ilmiy-filologik va tekstologik (matnshunoslik) tadqiqotlar bilan qo’shib olib borildi. Jahonning qator yuksak rivojlangan mamlakatlarida xalqimizning buyuk allomalari - Navoiyga, Ulug’bekka, Ibn Sinoga, Farg’oniyga, Xorazmiyga, Beruniyga bag’ishlangan konferensiyalar o’tkazildi, maqolalar, kitoblar chop etildi, hujjatli filmlar suratga olindi va namoyish etildi. Ularning ba’zilariga haykallar va yodgorliklar o’rnatildi.
O’zbekistonning tarixi, xalqi, tabiati, madaniy yodgorliklari, san’atiga bag’ishlangan chet elliklar olgan hujjatli va telefilmlarning esa sanog’iga etish kiyin. Milliy madaniyatimizni chet elga targ’ib etishda YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan mamlakatimizning hamkorlik qilishi yaxshi samaralar bermoqda. O’zbek ijrochilari, san’atkorlari, musavvirlari, teatr va kinoasarlari turli xalqaro tanlovlarda, festival va ko’rgazmalarda qatnashib, g’olib va sovrindor bo’ldilar. O’zbek san’atini jahonga yoydilar. Mamlakatimizda ham xalqaro festivallar, turli madaniy anjumanlar o’tkazilmoqda. Birgina «SHarq taronalari», «Maqom» festivallari jahon musiqa san’atining O’zbekistonda, o’zbek musiqa san’atining jahonda tarqalishiga qancha ulkan hissa qo’shayotganini baholash qiyin. Ayniqsa, o’quvchi yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalarida yoki iqtidorli yosh ijrochi va san’atkorarimizning xalqaro tanlovlarda erishayotgan yutuqlari quvonarli. Keltirgan misollar mustaqillik yillari ma’naviyatimizda qanday yuksalish yuz berganini, ma’naviyatga munosabat qay darajada erkinlik, demokratizm, insonparvarlik tomon o’zgarganini ko’rsatadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling