Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili


Ma’naviyat va milliy g’oya


Download 0.6 Mb.
bet36/80
Sana31.01.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1818875
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Bog'liq
Davlat univer-fayllar.org

2. Ma’naviyat va milliy g’oya. Ma’naviyatni rivojlantirish konsepsiyasi ustidagi izlanishlar, tahlillar muntazam davom ettirildi. Chunki masala hayotiy muhim ahamiyatga ega, islohotlar taqdiri, yangilanayotgan jamiyat va inson kelajagi bi­lan bog’liq edi. Ma’naviyat va milliy g’oya masalasi islohotlar nazariyasining tarkibiy gumanitar qismini, islohotlarning ilmiy-intellektual negizini tashkil qiladi. Qabul qilingan Konstitutsiyaning hech bir mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko’tarilmasligi to’g’risidagi moddasi ham siyosiy mazmunga, rasmiy maqomga ega bo’lmasdan, butun jamiyatni, uning barcha ijtimoiy qatlamlarini, tabaqalarini, turli etnik guruhlarini birlashtira oladigan g’oya va mafkurani yaratishni talab qilardi. CHunki birlashtiruvchi g’oyasiz, ijtimoiy mo’ljal ko’rsatuvchi, yuksak maqsadlarni tushuntirib beruvchi mafkurasiz jamiyatda parokandalik yuz berishi, ba’zi guruhlar xato yo’ldan ketib qolishi mumkin edi. Buni o’tmish tarix ham, o’zimizda va sobiq ittifoqdosh respubliklarning ba’zi birlarida sodir bo’layotgan voqealar ham tasdiqlab turardi.
Yangi mafkuraning vazifasi esa - yangicha, erkin fikrlaydigan, mustaqil insonni tarbiyalash edi. Ma’naviy tiklanish, milliy o’zlikni anglash, o’tmish tariximizni, tarixiy xotiramizni, ajdodlarimiz, diniy va dunyoviy allomalarimizning jahon madaniyatiga qo’shgan hissasini anglab olish, islom dini va madaniyati qadriyatlarini tiklash yuzasidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq o’ta muhim va ulkan odimlar qo’yildi, ko’plab chora-tadbirlar, dasturlar amalga oshirildi. Jumladan, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Mirzo Ulug’bek, Bobur, Alisher Navoiy, Ahmad Farg’oniy, Mahmud Zamahshariy, Imom Buxoriy, Moturidiy, Marg’inoniy, Xo’ja Ahmad YAssaviy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Xo’ja Ahror Vali kabi buyuk ajdodlarimiz yubileylari o’tka- zildi. Ularning va yana boshqa nomlari tilga olinmagan buyuk allomalarimizning ko’plab asarlari chop etildi.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, SHahrisabz, Qarshi, Marg’ilon, Toshkent shaharlarining, «Avesto», Ma’mun Akademiyasi, «Alpomish» dostonining yubileylari nishonlandi. Mazkur shaharlar, ma’naviy obidalar tarixi Vatanimiz tarixining bir uzviy bo’lagi sifatida ilmiy bayon qilindi. Madaniy dasturlar «qayta tiklanayotgan merosga farqlab yondashishga, eng muhim, umuminsoniy qadriyatlarni boyitadigan hamda jamiyatimizni demokratiyalash va yangilash talablariga javob beradigan, axloq jihatdan ahamiyatli an’analarni, urf-odatlarni tanlab olish zaruratiga asoslangan edi». CHunki vaziyatning murakkabligini, milliy tiklanish masalasining o’ta nozik va ziddiyatli ekanini nazarda tutish, madaniy mahdudlik va madaniy ekstremizmga, millatchilik va manmanlikka og’yb ketmaslik, ayni paytda milliy g’ururni tiklash talab etilardi.
Ma’naviyat va milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasini yaratishda birinchi Prezidentimizning birinchi chaqiriq Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi «O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolning asosiy tamoyillari» dasturiy ma’ruzasi muhim bosqich bo’ldi. Ma’ruzada endigi asosiy vazifa odamlarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, o’ziga ishonchini orttirish ekani e’tirof etiladi. U insonning hakikiy erkinligini tafakkur erkinligi bilan bog’ladi. Bu sovet davrida ijtimoiy ong ijtimoiy borliq tomonidan belgilanadi, iqtisodiy bazisning o’zgarishi muqarrar ravishda mafkuraviy ustqurmani, odamlar dunyoqarashini o’zgartiradi, deb, ongni oddiy in’ikos darajasiga tushirib, uning faolligini o’ta nisbiy baholab, inson erkinligini faqat va faqat ijtimoiy tuzum belgilaydi, degan aqidani aksioma sifatida qabul qilishga odatlanib qolgan kishilar uchun mutlaqo yangilik edi. «Tafakkur ozod bo’lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutilmasa, inson to’la ozod bo’la olmaydi», deb baralla aytildi.
Ana shunday sa’y-harakatlarning navbatdagi ifodasi bir guruh tarixchi olimlar bilan 1998 yil bahoridagi uchrashuv bo’ldi. Uchrashuvda bayon etilgan fikr-mulohazalarning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» degan sarlavhada chop etilishi milliy g’oya va mafkura masalalarini o’rganish va muhokama etishni yangi bosqichga ko’tardi, yangi g’oyalar bilan boyitdi.
Ma’naviyat va milliy g’oya, mafkura borasidagi toboro chuqurlashib borayotgan fikr va taxdillarning tadrijiy yangi bosqichi davlatimiz birinchi rahbarining «Turkiston» gazetasi muxbiri savollariga javoblari bo’ldi. «Uz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz» sarlavhasi ostida chop etilgan mazkur javoblarda shu paytgacha biz ko’proq eski tuzumni tanqid qilib keldik, «endi inkor qilish kayfiyatidan bunyodkorlik kayfiyatiga o’tish payti keldi», deyiladi. Bu shunchaki obrazli so’zlar emas, balki jamiyat oldiga, jumladan, OAV, ma’naviy-ma’rifiy soha oldiga qo’yilgan ijtimoiy vazifa, ijtimoiy mo’ljal va ilmiy tadqiqotchilar, olimlar uchun ilmiy-metodologik ko’rsatma edi.
Milliy g’oya yuridik jihatdan ham, falsafiy jihatdan ham, tarixiy-etnologik jihatdan ham juda nozik va chigal, murakkab masala. Avvalo, milliy g’oya va mafkurani O’zbekiston Konsttutsiyasining 12-moddasi va boshqa me’yorlari bilan, umuman demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashtirish lozim edi. Ijtimoiy fanlar vakillari, adiblar va jurnalistlar oldiga ushbu vazifa qo’yildi. Izlanishlar va tadqiqotlarga yangi yo’nalish berildi. Masalaga yondashuv tobora har tomonlamalik, kompleks xarakter kasb etib bordi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling