Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili
Ma’naviyatning vujudga kelishi to’g’risida boshqa nazariyalar
Download 0.6 Mb.
|
Davlat univer-fayllar.org
Ma’naviyatning vujudga kelishi to’g’risida boshqa nazariyalar. Ma’naviyatning kelib chiqishi, dunyoqarashning rivojlanishi faqat birgina «mehnat nazariyasi»ga bog’lanmaydi. San’atning, ma’naviyatning ba’zi shakllari kelib chiqishi va rivojlanishida mehnat muhim rolni o’ynagan bo’lsa-da, u yagona omil emas. Ong va mehnat birgalikda shakllangan. Ongning vujudga kelishiga va rivojlanishiga mehnat qanchalik hissa qo’shgan bo’lsa, mehnatning vujudga kelishi va rivojlanishiga ham ong shunchalik hissa qo’shgan. Chunki mehnatning o’zi shunchaki ish emas, balki biror narsani qayta ishlashga qaratilgan ongli, maqsadga muvofiq harakatdir. Ong yo’q joyda mehnatning o’zi yo’q. Ongning ma’naviyatning negizi va tarkibiy qismi ekanligini nazarda tutsak, ma’naviyat bir vaqtning o’zida nafaqat mehnatning, shuningdek, ongning, tafakkurning asosida rivojlanganini payqaymiz.
Ibtidoiy raqslar asosan plastik tasvir unsurlaridan iborat. Ularda ov (ishlab chiqarish), mehnat jarayoni, jangovar xatti-harakatlar, o’zini himoya qilish, ovga (dushmanga) hamla qilish, yakkama-yakka olishish va sh.k.lar pantomima orqali tasvirlanadi. Olimlar raqs yosh avlodga ov va mehnat qilishni, jang kilishni o’rgatishning ilk shakli, deb hisoblaydilar. SHu sababdan G’arb ilm-fanida ma’naviy madaniyat vujudga kelishining nafaqat «mehnat nazariyasi», shuningdek, «o’yin nazariyasi» (Y. Xeyzinga, X. Ortega-i-Gasset, E. Fink) mavjud. To’g’ri, e’tirof etish lozimki, G’arb ilm-fanida so’z asosan ma’naviyatning vujudga kelishi haqida emas, balki madaniyatning kelib chiqishi, inson ongi va psixologiyasining rivojlanishi haqida boradi. Y. Xeyzinga «Homo ludens» («O’ynayotgan odam») asarida yozgan: «Ma- daniyat, tirik jon onasi tanasidan ajralib chiqishiga o’xshab, o’yindan ajralib chiqmaydi, u o’yin ichida va o’yin sifatida rivojlanadi. Butun madaniy ijodkorlik o’yindir: she’riyat ham, musiqa ham, inson fikri ham, axloq ham va madaniyatning boshqa mumkin bo’lgan shakllari ham»6. Hozircha shunday xulosa qilish mumkin: ma’naviyat vujudga kelishi juda uzoq davom etgan tarixiy jarayondir. Unga ko’plab tabiiy va ijtimoiy omillar ta’sir ko’rsatgan. Ma’naviyatning vujudga kelish va dastlabki rivojlanish bosqichlari ibtidoiy odamning ijtimoiylashuvi, olamni bilish, o’zligini anglash, ishlab chiqarishda erishgan yutuqlari bilan uzviy bog’liq. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling