4/6
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, so
ʻnggi toʻrt yil mobaynida Oʻzbekiston xalqaro
hamjamiyat doirasida qator muhim
tashabbuslarni ilgari surib, dunyo maydonidagi siyosiy
jarayonlarning faol ishtirokchisi ekanini yaqqol isbotladi.
O
ʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil sentyabr oyida Nyu-
York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida
ishtiroki mamlakatimizning
global miqyosda dolzarb tashabbuslarni ilgari surish borasidagi faoliyatida yangi bosqichni
boshlab bergani, shubhasiz.
BMT Bosh Assambleyasining mazkur sessiyasida davlatimiz rahbari tomonidan qator
xalqaro va
mintaqaviy ahamiyatga ega bo
ʻlgan muhim tashabbuslar ilgari surildi. Bular —
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini o
ʻtkazish va shu orqali
mintaqaviy
hamkorlikni mustahkamlash, Orol dengizi qurishi bilan bog
ʻliq muammolarni hal
etish, Afg
ʻoniston muammosi boʻyicha Toshkent anjumanini oʻtkazish
orqali tomonlar
o
ʻrtasidagi muloqotga koʻmaklashish va Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini qoʻllab-
quvvatlash, maʼrifat va diniy bag
ʻrikenglik haqidagi BMT Bosh Assambleyasi
rezolyutsiyasini hamda Yoshlar huquqlari haqidagi xalqaro konvensiyani
ishlab chiqish va
qabul qilish kabilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: