Bugun insoniyat oʻz taraqqiyot yoʻlining tub burilish davrini boshidan kechirmoqda, xalqaro
Download 312.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Iqlim o\'zgarishi va ekologik moslashuv 1-mavzu 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- SH.M.MIRZIYOEV
3 Kirish “ Bugun insoniyat oʻz taraqqiyot yoʻlining tub burilish davrini boshidan kechirmoqda, xalqaro munosabatlarning tabiati keskin oʻzgarmoqda. Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga transmilliy tahdidlar tobora kuchaymoqda, iqlim jadal oʻzgarmoqda, ommaviy migratsiya oqimlari koʻpaymoqda, anʻanaviy qadriyatlar zavol topmoqda. Ishonchim komilki, bunday murakkab sharoitda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalarining dunyo miqyosidagi ahamiyati va oʻrni tobora ortib bormoqda. Jahon taqdiri bilan bogʻliq ushbu muhim jarayonlarda aynan Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining yetakchilik rolini yangi mazmun va sifat bilan davom ettirishi zarur . 1 ” SH.M.MIRZIYOEV Bugungi kunda dunyo boʻyicha tabiatga boʻlgan tabiiy va antropogen ta’sirlarning ortib borish tendensiyasi kuzatilmoqda, natijada biosferaning ekologik holatining oʻzgarishi va iqlim oʻzgarishi vujudga kelmoqda Iqlim oʻzgarishi, uning barqaror emasligi nafaqat olimlar nigohida, balki butun dunyo jamoatchiligi koʻz oʻngida yorqin aks etmoqda. Ob-havoning keskin oʻzgarishi natijasida yuz berayotgan toʻfonlar, suv toshqinlari, sunamilar bir tomondan qurgʻoqchilik, jazirama issiqlar, muzliklarning jadal erishlari ikkinchi tomondan anomal, ya’ni noodatiy koʻrinishga ega boʻlmoqda. Shu sohaning mutaxassisi boʻlmagan kishilarga bunday iqlim oʻzgarishlarini idrok etish va tushunish oson emas, albatta. Tabiiy ofatlar keskin oʻzgarishlar boʻlmagan kishilik jamityai davrlarida ham ozmi-koʻpmi ularni tashvishga solib turgan. Nima uchun aynan keyingi 20-30 yil mobaynida yuz berayotgan iqlim isishi odamlarni havotirga solib qoʻydi. Tabiiy ofatlar, iqlimning isib ketishi toʻgʻrisidagi turli mish-mishlar qanday yuzaga kelmoqda. Global miqyosda sodir 1 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida 2021-yil 21-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi doirasidagi maʻruzasidan 4 boʻlayotgan iqlim oʻzgarishlar navbatdagi “muz davri” boshlanmoqda, yoinki uning aksi sodir boʻlmoqda degan gaplar qanchalik toʻgʻri? Savollar koʻp, ammo javoblar inson ongi va tafakkuridan tashqarida joylashgan boʻlsa? Agarda Internet saytlari, roʻznomalarda tinimsiz bosilayotgan maqolalar, teleekranlarda aytilayotgan gaplar, radioeshittirishlarni tinglasangiz, unda butunlay boshqa manzara koʻz oʻngingimizda gavdalanadi. Goʻyoki butunlay tinch va halovatli davrda yashayotgandek. Planetamizning turli mintaqalarida sodir boʻlayotgan halokatlarning bizlarga daxli yoʻqdek koʻrinadi. Iqlim va uning oʻzgarishiga oid turli koʻrinish va shakldagi ma’lumotlarni sodda va ravon tilda, ortiqcha shov-shuvlarsiz, keskin siyosiy va iqtisodiy mulohazalarsiz oʻquvchiga tushintirib berish orqali yoshlarning ekologik ong va madaniyatini shakllantirish. Darslikda iqlim va ob-havo tushunchasi, uning oʻzgarish mexanizmi, obʻektiv va subʻektiv sabablari va oqibatlari hamda global, mintaqaviy va milliy hududiy muammolar doirasidagi xalqaro hamkorlik toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Bundan tashqari, hozirgi havotirli damlarda oʻquvchilar oʻzlarini qanday tutishlari va qay tarzda harakat qilishlari kerakligi tushuntiriladi. Asosiysi, har bir inson, u kim boʻlishi va qanday ijtimoiy mavqega ega boʻlishidan qatʻiy nazar, iqlim hodisalarini toʻgʻri anglashi, ongli ravishda toʻgʻri qaror chiqarishi orqali atrof muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmularini qayta tiklashga yoʻnaltirilgan kundalik faoliyatiga koʻmaklashadi. Keling, bir oʻylab koʻraylik, kundalik hayotimiz qanday kechadi? Biz uygʻongach, chiroqni yoqamiz. Soʻngra yuvinish uchun suvni, nonushta tayyorlash uchun gazni yoqamiz. Kiyimimizni dazmollash uchun dazmoldan, soch quritish uchun fen yoqib turmagimizni toʻgʻrilaymiz, televizorni yoqib soʻnggi yangiliklardan boxabar boʻlamiz, shuningdek, bugungi turmush tarzimizni shu kabi texnik asboblarsiz mutlaqo tasavvur boʻlmaydigan yana boshqa koʻplab anjomlardan foydalanamiz. Keyin esa har tong oʻqishga shoshamiz, koʻzlagan manzilimizga albatta biror transport vositasida, deylik, avtobus, tramvay, trolleybus, metroda borishga toʻgʻri keladi. Bizga oʻxshagan minglab yoʻlovchilar 5 transport vositalaridan foydalanishadi. Oʻqishdan qaytgach esa yana televizor murvatini buraymiz, kompyuterda ishlaymiz va yana boshqa koʻplab elektr asboblarini ishga solamiz. Biz to uyquga ketguncha elektr bilan ishlaydigan vositalar ishlab turadi. Xullas, hayotimizni elektr energiyasisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Xonadonimizga elektr energiyasi turli koʻrinishdagi elektr stansiyalaridan keladi va uni ishlab chiqarish uchun koʻmir, neft va gaz yoqiladi. Energiyani tejab ishlatish oʻz vaqtida mazkur qazilma boyliklarni ham tejashda qoʻl keladi. Bundan tashqari, elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish - bu elektr tarmoqlari uchun toʻlanadigan toʻlovlarni ham kamaytiradi. Axir, bejizga elektr energiyasiga toʻlovlar kundan-kunga oshib bormayapti, chunki energiya hosil qilish uchun yoqiladigan yonilgʻilar hajmining ortishi bunga sabab boʻladi. Bizning yashab qolishimiz Yer sayyorasining bir-birimiz va tabiat bilan oʻzaro uzviy aloqa bogʻlashimizga bogʻliq. Bizning zimmamizga tabiatni, oʻsimliklar, hayvonot olamini saqlab qolish va kelajak uchun asrashdek masʻuliyatli vazifa yuklangan. Biz energiyasiz yashashishimiz mumkin. Kelajak taraqqiyotimiz atrof-muhitga va iqlim oʻzgarishiga mutlaqo zarar yekazmaydigan energiya manbalarini ishlab chiqarishga ham bogʻliqligini unutmang. Biz duch kelgan muammo gʻoyat ulkan, ammo unga yechim topish uchun biz avvalo, tejamkorlikka, masʻuliyat hissini tuyishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Biz eng oddiy narsalarga: masalan, oʻz ixtiyorimizdagi energiyani tejab ishlatishga, energiyaning atrof-muhitga bezarar va samarali turlarini qoʻllashga harakat qilishimiz kerak. Download 312.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling