Bugun insoniyat oʻz taraqqiyot yoʻlining tub burilish davrini boshidan kechirmoqda, xalqaro


Iqlim oʻzgarishiga antropogen ta’sirlar


Download 312.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana30.04.2023
Hajmi312.58 Kb.
#1417055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Iqlim o\'zgarishi va ekologik moslashuv 1-mavzu 2023

Iqlim oʻzgarishiga antropogen ta’sirlar. Antropogen omillar jumlasiga 
atrof-muhitni oʻzgartiruvchi va iqlimga ta’sir qiluvchi inson faoliyati xam 
kiritiladi. Ba’zi xollarda, sabab-oqibat aloqalari bevosita yuz beradi va ikki xil 
ma’noga ega emas, masalan, sugʻorishning xaroratga va namlikka ta’sirida buni 
yaqqol kuzatish mumkin boʻlsa, boshqa xolatlarda bu uncha koʻzga tashlanmaydi. 
Yerdan foydalanish, ozon qatlamining yemirilishi, chorvachilik va oʻrmonlarning 
kesilishi kabi boshqa omillar xam ikpimga ta’sir kiladi. Parnik gazlari Parnik 


15 
gazlari global isib ketishning asosiy sababchisi, deb sanaladi.
Tadqiqotlarga koʻra, atmosferaning parnik gazlar toʻsib qolgan issiqlik 
energiyasi bilan isishi natijasida yuzaga keladigan parnik ta’siri yer xaroratini 
tartibga soluvchi eng muhim jarayon xisoblanadi. 1950-yildan buyon uglerod 
dioksidining tobora oʻsib kelayotgan darajasi global isib ketishning asosiy sababi 
deyiladi.
Yerdan foydalanish va uning tartibi yerdan foydalanish iqlim oʻzgarishiga 
sezilarli ta’sir kiladi. Sugʻorish, daraxtlarni kesish va qishloqxoʻjaligi atrof-muxitni 
tubdan oʻzgartirib yuboradi. Masalan, sugʻoriladigan yerlarda suv muvozanati 
oʻzgaradi. Shuningdek, yerdan foydalanish aloxida olingan xududning albedosini 
oʻzgartirib yuboradi, chunki u yuza qatlamining xususiyatiga ta’sir qiladi va bu 
bilan yutilayotgan quyosh nuriga xam oʻzgaradi.
Masalan, Gretsiya va Oʻrta yer dengizi atrofidagi boshqa mamlakatlarning 
iqlimi eramizdan avvalgi 700-yildan boshlab, eramizning boshigacha boʻlgan 
davrda yal pi tarzda daraxtlar kesilganligi (daraxtlardan qurilishda, kema qurishda 
va yoqilgi sifatida foydalanilgan) sababli oʻzgarib ketgan, deb faraz kilishga aniq 
sabablar bor. Buning natijasida uning iqlimi ancha issiq va quruqlashib ketgan, 
usha davrda kema qurishda ishlatilgan daraxt turlari esa bu xududda boshqa 
oʻsmaydi. Iqlim oʻzgarishiga antropogen ta’sir haqida keyinchalik batafsiz fikr 
yuritamiz.

Download 312.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling