Milliy markazi


Download 1.03 Mb.
bet8/48
Sana14.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1268197
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
Bog'liq
3-modul majmua 2023

Venn Diagrammasi metodi
Metodning maqsadi: Bu metod grafik tasvir orqali o'qitishni tashkil etish shakli bo'lib, u ikkita o'zaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur metod turli tushunchalar, asoslar, tasavurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali ko'rib chiqish, ularning umumiy va farqlovchi jihatlarini aniqlash, taqqoslash imkonini beradi.
Metodni amalga oshirish tartibi:

  • ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiriladilar va ularga ko'rib chiqilayotgan tushuncha yoki asosning o'ziga xos, farqli jihatlarini (yoki aksi) doiralar ichiga yozib chiqish taklif etiladi;

  • navbatdagi bosqichda ishtirokchilar to'rt kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiriladi va har bir juftlik o'z tahlili bilan guruh a'zolarini tanishtiradilar;

  • juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, ko'rib chiqilayotgan muammo yohud tushunchalarning umumiy jihatlarini (yoki farqli) izlab topadilar, umumlashtiradilar va doirachalarning kesishgan qismiga yozadilar.

Namuna: Pedagogning kasbiy ko'nikmalari guruhlari bo'yicha

Kichik guruhlarda ishlash»


Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:

  • o'qitish mazmunini yaxshi o'zlashtirishga olib keladi;

  • muloqotga kirishish ko'nikmasining takomillashishiga olib keladi;

  • vaqtni tejash imkoniyati mavjud;

  • barcha o'quvchilar jalb etiladi;

  • o'z-o'zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo'ladi.

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:  kuchsiz o'quvchilar bo'lganligi sababli kuchli o'quvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;

  • barcha o'quvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo'ladi;  guruhlararo o'zaro salbiy raqobatlar paydo bo'lib qolishi mumkin.

  • guruh ichida o'zaro nizo paydo bo'lishi mumkin.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling