Milliy markazi


«Kichik guruhlarda ishlash» metodini qo'llash bosqichlari


Download 1.03 Mb.
bet9/48
Sana14.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1268197
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
Bog'liq
3-modul majmua 2023

«Kichik guruhlarda ishlash» metodini qo'llash bosqichlari:

  1. Faoliyat yo'nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog'liq bo'lgan masalalar belgilanadi.

  2. Kichik guruhlar belgilanadi. O'quvchilar guruhlarga 3-5 kishidan bo'linishlari mumkin.

  3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.

  4. O'qituvchi tomonidan aniq ko'rsatmalar beriladi va o'qituvchi tomonidan yo'naltirib turiladi.

  5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.

  6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.

  7. Kichik guruhlar baholanadi.


«3 x 4» texnologiyasi
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg'ulot o'quvchi (yoki o'quvchi) larni aniq bir muammoni (yoki biror mavzuni) yakka xolda (yoki kichik jamoa bo'lib) fikrlab hal etish, echimini topish, ko'p fikrlardan keragini tanlash, tanlab olingan fikrlarni umumlashtirish va ular asosida qo'yilgan muammo (yoki mavzu) yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, shuningdek, o'z fikrlarini ma'qullay olishga o'rgatadi. Bu texnologiya o'quvchi (yoki o'quvchi) lar bilan avval yakka holda, so'ngra ularni kichik guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o'tkaziladi.
Texnologiyaning maqsadi: o'quvchi (yoki o'quvchi) larni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga; jamoa bo'lib ishlashga, izlanishga; fikrlarni jamlab, ulardan nazariy va amaliy tushuncha xosil qilishga; jamoaga o'z fikrini o'tkazishga uni ma'qullashga; qo'yilgan muammoni echishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o'tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo'llay olishga o'rgatish.
Texnologiyaning qo'llanishi: seminar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarida yakka tartibda (yoki kichik guruhlarga ajratilgan xolda) o'tkazish xamda, a'zolarini bir necha marotaba joylarini o'zgartirib, berilgan vazifalarni bajarishga mo'ljallangan.
Mashg'ulotda foydalaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatdagi qog'oz varaqlari (soniga qarab), flomaster (yoki rangli qalam).

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling