Milliy metrologiya instituti bo’limlari


Download 286.69 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi286.69 Kb.
#1029292
Bog'liq
4-мавзу. Milliy metrologiya instituti

Milliy metrologiya instituti bo’limlari

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasi

O‘tgan asrning 30-yillarida Turkiston Respublikasi ichki savdoni tartibga solish Qo‘mitasi qoshida o‘lchovlar va tarozilar byurosi, 1924 yilda Standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati laboratoriyasi tashkil etilgan edi. Shu yilning o‘zida O‘rta Osiyo o‘lchov va tarozilari Palatasi tashkil qilindi va u aynan O‘rta Osiyo respublikalarida metrologik xizmatlar asoschisi bo‘ldi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “O’zbekiston Respublikasi Davlat metrologik xizmati” ko‘p tarmoqli, texnik jihatdan to‘la jihozlangan, zamonaviy me’yoriy va metodik xujjatlar bilan ta’minlangan Respublika sinov va sertifikatlashnirish markazi, O’zbekiston milliy metrologiya instituti, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, 16 ta xududiy markazlar va 148 ta yuridik shaxslar metrologik xizmatlaridan iborat bo‘lgan katta tizimdir. O’zbekiston milliy metrologiya institutining asosiy vazifasi respublikamizda o‘lchashlar birligini ta’minlash orqali noto‘g‘ri o‘lchashlarning salbiy natijalaridan iste’molchilar xuquqlari, fuqarolar sog‘lig‘i va xavfsizligi, atrof muhit hamda davlat manfaatlarini muhofaza qilish va davlatimiz eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashishdan iboratdir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi qaroriga muvofiq mavjud «Milliy etalonlar markazi» davlat muassasasi, «Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi» davlat korxonasi va «Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasining metrologik bo‘linmalari negizida «O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat korxonasi («O‘zMMI»DK) tashkil etildi

Respublikamizda berilgan sertifikatlar boshqa davlatlar tomonidan tan olinishi eksport qiluvchilarga qulayliklar yaratib, eksport mahsulotlarini tan narxi arzonlashtirilishiga olib keladi.

Metrologiya institutiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • Metrologiya institutiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
  • metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, biriktirilgan hududlarda va o‘lchash turlari bo‘yicha o‘lchashlar birliligi va ishonchliligini ta’minlash;
  • yuqori aniqlikdagi chiquvchi va namunaviy o‘lchash vositalarini saqlash va tegishli darajada saqlab turish;
  • davlat metrologiya xizmatini rivojlantirish;
  • mavjud yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari va usullarini takomillashtirish, yangilarini yaratish, o‘lchash, nazorat va sinash vositalarini standartlashtirish;
  • o‘lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida davlat sinovlari bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
  • o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash, qiyoslash va kalibrlash ishlarini tashkil qilish.
  • Ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazining qiyoslash laboratoriyalari yuqori aniqlikdagi qiyoslash asbob-uskunalari hamda namunaviy o‘lchash vositalariga ega.
  • Bugungi kunda Metrologiya instituti tarkibida o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati bo‘yicha 7 laboratoriya faoliyat yuritadi.

Hududiy filiallar:

Hududiy filiallar:

Qoraqalpog‘iston filialida o‘lchash vositalarining yagona o‘lchash birliklarini ta’minlash maqsadida qiyoslash, kalibrlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlari “O‘lchash vositalarini metrologik tekshiruv” bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.


Fizik-kimyoviy o‘lchashlar, optik va optik-fizikaviy o‘lchashlar laboratoriyasi
.
Laboratoriyada PH metr va ionomerlar, fotoelektrik kolorimetrlarning qiyoslash ishlari amalga oshiriladi

Geometrik kattaliklarni o‘lchash laboratoriyasi

Geometrik kattaliklarni o‘lchash laboratoriyasi

Geometrik kattaliklarni o‘lchash laboratoriyasida metrshtok, turli uzunlik o‘lchash asboblari, shtangensirkul, shtagen-reysmass, shtangenglubinomer va yana ko‘plab geometrik o‘lchash asboblarini qiyoslash ishlari amalga oshiriladi.


Download 286.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling