O‘zstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida


Download 292.26 Kb.
bet1/26
Sana05.01.2022
Hajmi292.26 Kb.
#223858
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
VMQ 220


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

O‘ZSTANDART” AGENTLIGI HUZURIDAGI STANDARTLASHTIRISH, SERTIFIKATLASHTIRISH VA TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘risidagi ustav 1-ilovaga muvofiq;

“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Institut Toshkent shahri, Cho‘ponota ko‘chasi, 9-V uy manzili bo‘yicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.

3. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:

Standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda tasdiqlasin;

yangidan tashkil etilayotgan Institutni zarur moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish orqali uning samarali ishlashini tashkil etsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi A.S. Sultanov va “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N.Sattarov zimmasiga yuklansin.


Download 292.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling