O‘zstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida


-bob. Institut faoliyatini tashkil etish


Download 292.26 Kb.
bet6/26
Sana05.01.2022
Hajmi292.26 Kb.
#223858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
VMQ 220

4-bob. Institut faoliyatini tashkil etish

12. Institut o‘z faoliyatida bevosita “O‘zstandart” Agentligiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.

13. Institut faoliyatiga “O‘zstandart” Agentligining bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor umumiy rahbarlik qiladi.

14. Institut direktori:

Institut vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va Institutga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun shaxsan javob beradi;

Institutda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlar olib borish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

Institut Ilmiy kengashining tavsiyalari asosida o‘quv-mavzuli rejalar, dasturlar va ilmiy-metodik ishlar rejalarini tasdiqlaydi;

Institut faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qiladi;

o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, Institutning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi;

Institut xodimlari, shuningdek, Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi tinglovchilari, Institut mehmonxonasida yashovchi mehmonlar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar, yo‘l-yo‘riqlar va ko‘rsatmalar beradi;

xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Institutning shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

Institut xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Institut nomidan xo‘jalik shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi;

“O‘zstandart” Agentligi bilan kelishgan holda ishlarning haqiqiy hajmidan kelib chiqib zarur bo‘lganda Institutning tuzilmasi va shtatdagi xodimlar soniga o‘zgartirishlar kiritadi (budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga moliyalashtiriladigan tuzilmalar va shtat birliklari yuzasidan).

Direktor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

15. Institut direktori “O‘zstandart” Agentligi bosh direktori bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi.

16. Direktor o‘rinbosarlari:

tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etadi;

“O‘zstandart” Agentligi qarorlari, Institut direktorining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;

tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;

tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun direktorga kiritadi;

direktorga Institutning tarkibiy bo‘linmalarida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflarini kiritish, ularning kasbiy mahoratini, malakasini, amaliy tajribasini, ishchanlik va axloqiy fazilatlarini yuqori darajada ta’minlash, ularning kasbiy malakalarini oshirish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;

Institutning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qiladi, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, yakunlar bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.

17. Direktor bo‘lmagan davrda uning vakolatlarini standartlashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari amalga oshiradi.

18. Institut huzurida direktor (Ilmiy kengash raisi), faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), Institut tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, Fanlar akademiyasi vakillari, shuningdek, turdosh ilmiy-tadqiqot institutlarida va tashkilotlarda ishlovchi yetakchi olimlar, malakali mutaxassislardan iborat tarkibda Ilmiy kengash tashkil etiladi.

Institut Ilmiy kengashining shaxsiy tarkibi, a’zolari soni va nizomi Institut direktori taqdimiga binoan “O‘zstandart” Agentligi tomonidan tasdiqlaydi.

Institut Ilmiy kengashining ish tartibi Institutning ish rejalariga muvofiq tashkil etiladi.


Download 292.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling