O‘zstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida
Download 292.26 Kb.
|
VMQ 220
v) standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish va realizatsiya qilish sohasida:
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni shartnoma asosida ishlab chiqadi, ekspertizadan o‘tkazadi va realizatsiya qiladi; “O‘zstandart” Agentligiga standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kiritadi; standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va ilmiy-metodik ko‘rsatmalar berishda ko‘maklashadi; mahsulotlar va texnologiyalarning tubdan yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga ko‘maklashadigan, shu asosda mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlaydigan ilg‘or standartlarni ishlab chiqadi; “O‘zstandart” Agentligiga standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarning yangisini ishlab chiqish, amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar kiritadi; umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; standartlashtirish bo‘yicha davlat normativ hujjatlar fondini xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish darajasini oshirish choralarini ko‘radi; standartlashtirish bo‘yicha davlat normativ hujjatlar fondini yaratadi, yuritadi va dolzarblashtiradi, shuningdek, nazorat nusxalari saqlanishini ta’minlaydi; standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarning yillik ko‘rsatkichi (katalog)ni tayyorlaydi; standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarning yagona axborot-ma’lumot bazasini yaratadi va kuzatib boradi, undan barcha manfaatdor tomonlarning shartnoma asosida foydalanishi imkoniyatini beradi; standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar axborot resurslari ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini yaratadi; standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiquvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalari va manfaatdor tomonlarning takliflarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari va tashkilotlar standartlarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqishning har yilgi jadvallarini shakllantiradi; mahsulotga standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarga muvofiq kataloglashtirilgan ro‘yxat asosida mahsulotlarni kataloglashtiradi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borishda, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilishda ishtirok etadi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy materiallarni nashr etadi; “O‘zstandart” Agentligiga standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalari yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagilarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, strategiyasi, istiqbolli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida xalqaro amaliyotni doimiy ravishda o‘rganadi, uning natijalari bo‘yicha ilg‘or amaliyotlarni joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritadi; standartlashtirish va muvofiqlikni baholash tizimini xalqaro talablarga uyg‘unlashtirish maqsadida transport vositalarini ishlab chiqaruvchilarning xalqaro identifikatsiya kodi (WMI-kod)ni beradi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida erishilgan yutuqlarning ilmiy-texnik targ‘ibotini amalga oshiradi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida, shu jumladan, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, oliy ta’lim muassasalari va vazirliklar va idoralarning tasarrufida bo‘lgan boshqa ilmiy muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy konferensiyalar, seminarlar, hamkorlikdagi tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning tajriba almashishi va ularni o‘qitish bo‘yicha xalqaro, xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari, institutlar va markazlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi; xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish bo‘yicha milliy institutlari bilan yaqin va faol hamkorlikni amalga oshiradi; xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi; muvofiqlikni baholash, shu jumladan, mahsulotlarni putur yetkazmasdan tekshirish, shuningdek, xorijiy davlatlarning sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlari natijalarini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e’tirof etish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etadi.
Download 292.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling