Milliy-psixologik oʻziga xosliklar tushunchasi, turlari va xususiyatlari. Reja
Download 19.74 Kb.
|
57.Milliy
Milliy-psixologik oʻziga xosliklar tushunchasi, turlari va xususiyatlari. Reja: Milliy xususiyatlar Milliy xususiyatlar psixodiagnostikasi Istiqlol tufayli o’z mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan Respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash - shu kunning dolzarb va ustuvor vazifalaridan biridir. Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlarning taqdiri yoshlarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog’liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o’zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to’la singdirishni taqozo etadi. Insonlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o’ziga xos va har bir millat psixologiyasiga mos holda shakllantirishdir. Hozirgi zamon psixologiyasi har xil usullar bilan kishi amaliy faoliyatiga ta'sir qilish imkoniga ega. Shunday usullardan biri, bu turli toifadagi odamlarga psixologik yordam ko’rsatishdan iboratdir. Ammo psixologik yordam ko’rsatish uchun, avvalo, ulardagi psixik o’zgarishlar sabablarini va unga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash zarurati tug’iladi. Bunda biz psixodiagnostika faniga va uning metodlari hamda metodikalariga murojaat qilamiz Psixodiagnostik metodlar sinaluvchiga berilayotgan topshiriqlari ushbu jamiyat madaniyati va milliy xususiyatlariga mos bo’lishi zarur. Milliy xususiyat – bu omma psixologiyasining muhim qismi bo’lib, uning ijtimoiy ongini belgilab beradi. Milliy xususiyatlar muayyan etnik guruhga mansub bo’lgan shaxs yoki guruhning ijtimoiy ongi, e’tiqodi, axloqiy qarashlari bilan bog’liq ravishda uning xulq-atvorida namoyon bo’ladigan real hodisadir. Milliy xususiyatlar shaxsning milliy xarakterini shakllanishiga xizmat qiladi. Milliy xarakter shaxsning etnik mansubligi negizida shakllanuvchi individual psixologik xususiyatdir. Ma’lumki, har bir millat o‘ziga xosligi, milliy madaniyati, milliy adabiyoti, milliy tili va shu millatning ruhiy (ma’naviy) olami tarzining majmuasida, ya’ni milliy ruhiyatida o‘z ifodasini topadi. O‘zbek xalqining o‘z ruhiy qiyofasi, milliy xususiyati, milliy xarakteri, milliy his-tuyg‘usi, mijozi (temperament), xulq-atvori, xulqi, didi, ta’bi alohida ajralib turadi. O‘zbek millatining bilish jarayonlari (sezgisi, idroki, tasawuri, xotirasi, tafakkuri, xayoloti) qobiiiyatining aniq yo‘nalishga qaratilganligi, ehtiyoji va qiziqishi, milliy ongi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. O‘zbek xalqining tarixiy an’analari, urf-odatlari, udumi, rasm-rusumlari, axloq me’yori, turmush tarzi, madaniy qadriyatlari, shaxslararo munosabati, muomala va muloqot maromi va xususiyati boshqa xalqlarnikidan ma’lum darajada tafovutlanadi. Milliy xarakter muayyan millat fazilatlarining o‘ziga xos xususiyatlari majmuasidan iborat bo‘ladi. Milliy xarakter o‘z ichiga irodaviy sifatlarni (mustaqillik, chidamlilik, prinsipiallik, o‘z-o‘zini tuta bilish, o‘ziga buyruq berish, o‘zini qo‘lga olish, qat’iyatlik, matonat kabilarni) va axloqiy xislatlarni (poklik, intizomlilik, samimiylik, haqqoniylik, insonparvarlik va boshqalami) qamrab oladi. Shuningdek, milliy xarakter odamlarga bo‘lgan munosabatlarni (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik), mehnatga bo‘Igan munosabatlarni (mehnatsevarlik yoki yalqovlik, mas’uliyatlilik yoki mas’uliyatsizlik), narsalarga bo‘lgan munosabatlarni (ozodalik, ifloslik, tejamkorlik, isrofgarchilik, ayash yoki ayamaslik) va odamlaming o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini (izzatnafslilik,shuhratparastlik, mag‘rurlik, o‘zini katta olish-dimog‘dorlik, kamtarinlik kabi xususiyatlami) ifodalaydi. Ontogenetik taraqqiyotning dastlabki davrlarida altruistik ruhdagi milliy xarakterni tarbiyalashda foydalaniladigan maqol, matal va ertaklarni tushuntirish orqali bolada mental kognitiv tajriba shakllanishida muhim o’ringa egadir. O’zbek milliy mental xususiyatidagi tarbiyaning bir jihati natijasida shaxsdagi altruistik xulqning shakllanishi o’ziga xos tarzda kechgan, ya’ni al’turizm qiz bolalarda bu ko’proq “g’amxo’rona yordam berish” ko’rinishda kuzatiladi va bu ularning boshqalarni shaxsiy, hissiy ehtiyojlari haqida qayg’urishi hamda ularga o’z maqsadlariga erishishlariga yordam berishi sifatida namoyon bo’ladi. Og’il bolalarda esa bu “qahramonlik yordami” ko’rinishida bo’lib, g’ayrioddiy va tavakkal harakatlarni bajarish, o’zlarini haqiqiy qahramonlardek tutish holatlarini o’zida mujassam etadi. S.A.Kozlova va T.A.Kulikovalarning ta’kidlashicha, har qanday etnik xususiyatlar quyidagi formula asosida shakllantiriladi: Download 19.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling