Abu Bakr Muxammad Ibn Al-Abbos Al-Xorazmiy (935-993) Fikricha, do‘stlashish murojaat emas-xushmuomalalikdir. Xushmuomalalik esa, chuqur tekshirish va o‘rganishni uzoqqa cho‘zmaydi ham, hisob va sarfni ko‘tarmaydi ham.
Rostgo‘y til yolg‘on so‘zlasa, tutilib qoladi. Muhabbat har qanday qimmat narsaning bahosidir.
Do‘stlik munosabatlari eskirsa, yaqin qarindoshlikka aylanib ketadi. Inson ehsoni bilan, ehson sultoni bilan, sulton zamoni bilan, zamon imkoni bilan, imkon esa makonini belgilab borishi bilandir.
ABU RAYHON BERUNIY ( 973 – 1048 )
Beruniy ilm fanning muxlisi va buyuk xomiysi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm fanning gullashiga bog‘liq, odamlarning baxti esa, uning ma’rifatida deb bilgan. Ma’rifat dushmanlariga,yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi bo‘lgan. U o‘zining «Feruza», «100 hikmat», «Ayol makri» va bir qator yozgan naqllar va she’rlarida axloqiy tarbiyaning bosh mezoni mehnat tarbiyasi ekanini asoslab bergan. Xorazmiy o‘zining muruvvat haqidagi g‘oyasida xayrixoh bo‘lishlik, halol, haqgo‘y va boylik orttirishga intilmaydigan, o‘z mehnati hamda o‘zgalarni mehnatini hurmatlaydigan sifatlarni nazarda tutgan edi.
Ahmad Yassaviy (1041-1661)
«Devoni hikmat» nomli she’rlar kitobida insonlarni komillikka, din yo‘lida fidoiylik, e’tiqodda sobitlik, halollik, poklikni da’vat etdi. Uning bir qator hikmatlarini sabru qanoat, javonmardlik mazmunidagi oyat, xadislarga yaqin fikrlar tashkil etadi. Ahmad Yassaviyning qalbni, dilni poklikka da’vat qiluvchi fikrlari qimmatlidir.
Hamisha yaxshilik qilgil, ketarsan ushbu dunyodin,
Qiyomat obi ro‘yiga kerak kuni jigar qilsang
Qudrat bo‘lsa yuringiz, kuch bo‘lmasa turingiz,
Duo qila ko‘ringiz, rizo bo‘ling do‘stlarim.
Tilim so‘rsam, qaror yo‘q, g‘arib o‘lsa, suror yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |