Milliy psixologik qiyofa va badiy adabiyot


Ta’lim tarbiya va milliy psixologiya


Download 274.5 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi274.5 Kb.
#1581223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MILLIY PSIXOLOGIK QIYOFA VA BADIY ADABIYOT

Ta’lim tarbiya va milliy psixologiya. Xar bir xalqning o‘ziga xos milliy madaniyati, urf-odatlari, an’analari, tili va tarixi mavjud. Mana shu xususiyatlarga va tarixiy tajribalarga asoslangan holda har bir millatda milliy” ong, milliy qiyofa shakllanadi. Hatto har bir xalqning shakllanish sharoitini uning tarixiy nomidan aniqlay bilish mumknn. Shuning uchun, endilikda tariximizni, mnlliy madaniyatimizning xususiyatlarini, xislat va imkoniyatlarini, turmush tarzini to‘gri yoritish lozim. Agar biz tariximizni kayta tiklasak, unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lib, obektiv holda o‘rgansak uning o‘zi kishilarni tarbiyalaydi. Ayni paytda ta’lim-tarbiyani joriy qilishda har bir xalqning etnik va milliy xususiyatlarini hisobga olish lozim. Afsuski, bizda qizil imperiya davrida tarixga, milliy madaniyatga noto‘g‘ri munosabat shakllandi. Bizning bugungi inqirozimizning asosida ham aynan shu narsa turadi. Agar milliylikning bu jihatlariga jiddiy e’tibor bermas ekan, odob-axloq va ta’lim-tarbiya haqida gapirilmasa ham bo‘ladi.
Kishilarda hamon turg‘unlik va qullik psixologiyasi saqlanib kolmokda. Ba’zi bir kishilar esa hozirga qadar tarix g‘nldiragi hali orqaga qaytadi degan nuqtai nazarda “kuzatuvchilik” munosabatida bo‘lishmokda. Ayrimlar esa faqat tariximiz, milliy madaniyatimiz haqida va’zxonlik qilishdan nariga o‘tishmagandi. Matbuot, radio va televidenie eshittirish va ko‘rsatuvlarini ko‘rib tahlil qilingannda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bizda ko‘pincha tarixni maqtash, mutafakkirlarimizning tarjimai xoli xaqida umumiy fikr yuritishdan nariga o‘tilmaydi. Bunday tarbiya usuli bilan biz yetuk, iqtidorli, madaniyatli shaxslarni tarbiyalay olmaymiz. Buning ustiga saboq usullari eskirgan, hozirgi kun talabiga javob bermaydi. Maktablardagi dasturlarga nazar tashlasak, ular rus tilidan tarjima kilingan o‘quv qo‘llanmalari asosida o‘qitilayapti. Hatto o‘rta va oliy ta’lim haqidagi qonun xam avval rus tilida tuzilib, ksyin o‘zbek tiliga tarjima qilinganligi, unda hech qanday milliy ruh yo‘qligidan dalolat berib turibdi. Bizning fikrimizcha milliy ruh bilan, o‘zbsk xalqining an’analari, urf-odatlari, odob-axlok, koidalarini o‘zida aks ettirgan dasturga asoslangan, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, ko‘rsatmali qurollar yaratilishi zarur. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida madaniy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlari milliylashtirilmas ekan, milliy taraqqiyot haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.
Buning uchun o‘tmishning boy tajribalariga tayanmoq lozim. Masalan, o‘tmishda madrasalarda, xonaqolarda, maktablarda “Qur’on”, Navoiyning “Xamsa” asari darslik sifatida uqitilgan. O‘tmishda juda iqtidorli yetuk ma’naviyatga ega bo‘lgan mashhur kishilar yetishib chikqani bejiz emas. Bu bilan ta’lim-tarbiya o‘tmishga va diniy bilimlargagina tayanishi kerak,— demoqchi emasmiz. Gap dunyoviy bilimlar bilan birgalikda diniy va boshka bilimlarning ham o‘rgatilishi haqida ketmoqda.
Hayotimizdagi mavjud muammolardan yana biri ijtimoiy munosabatlardir. Ijtimoiy munosabatlar natijasida shaxs shakl-lanadi, ya’ni u ijtimoiylashib boradi. Shuning uchun har bir davrda mavjud bo‘lgan jamiyat o‘z kishilarini tarbiyalaydi. Chunki, jamiyatda shaxslararo munosabat vujudga keladi. Shaxslararo munosabat mahalla, jamoa, choyxonalar, to‘yxonalar va hokazalarda yuzaga keladi. Keyingi yillarda shaxslararo munosabatni qondiruvchi ko‘p inshootlar buzib tashlangan, yangilari esa qurilmagan. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ham xo‘jako‘rsinga olib borilyapti. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda juda ko‘p kamchiliklar mavjud. Ulardan biri inson shaxsining xususiyatlarini, tilni, ai’analar, urf-odatlarni, milliy odob-axloq tamoyillarining xisobga olinmasligidir. Milliy mustaqillik vujuga kelgan sharoitda endi bu ahvolga chek qo‘yilishi lozim. Ijtimoiy munosabatlarda ham milliylikning o‘zyaga xos jihatlar» to‘g‘ri yoritilishi kerak. Lekin uzoq yillar davomida sobiq Sovet davlatining siyosati tufayli mahalliy xalqlarnivg urf-odatlari, an’analari, madaniyati, odob-axloq qoidalari xisobga olinmadi. Natijada, jumhuriyatimiz xalkari dunyoviy bilimlarni o‘zlashtirishda, o‘z xalqkning tarixi va madaniyatidan bahramand bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi Buning ustiga saboq usullari nomukammal darslar, birovlarning yo‘llanmasi asosida o‘qitilib kelindi. Shuning uchun yoshlarning umumiy odob-axloq madaniyati, dunyoqarashi, fikr doirasi juda tor va cheklangandir. Endi biz o‘tmish saboqlaridan to‘g‘ri xulosa chiqargak holda bir tomoklamalikdan qutulish, yoshlarni yuksak madaniyatli va barkamol shaxs sifatida tarbiyalash uchun amaliy chora tadbirlarni ko‘rishimiz lozim. Buning uchun, eng avva-lo.sharq xalqlariga mansub bo‘lgan an’analarni, urf-odatlarni, madaniyatni va odob-ahlsnda asoslangan o‘quv qo‘llanmalarini yaratish zarur. Shu boisdan biz sharqona ta’lim-tarbiya to‘grisida fikr yuritmoqchimiz. Chunki kishilarning ma’naviy tarbiyasi jamiyat bilan insonning o‘zaro murakkab munosabatlariga tegishli bo‘lib, ularning bir-biriga, jamiyatga, o‘zlariga nisbatan mavjud talablari mohiyatini ifodalaydi.
Tarbiya har bir jamiyatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bunda tarbiya psixologiyasi ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim jarayonida shaxs fazilatlari shakllaiishining psixologik qonu-niyatlarini o‘rganadi.
Shu davrga qadar psixologiya fanida shaxs tushunchasi marks-cha-lenincha nazariyaga asoslangan holda o‘rganilgan. Unga binoan, shaxs ijtimoiy munosabatlar max.sulidir. Lekin, bu fikr chuqur tahlilni talab etadi. Chunki shaxs faqat ijtimoiy munosabat-lar yigindisi bo‘lmay, balki tabiiy imkoniyatlar egasi qamdir. Insoning ongli faol faoliyati, uning shaxs sifatida ruhiy xususiyatlari shakllanishining asosidir. Shaxs maxsus sifatga ega bo‘lib, bu sifatni ikdividning tabiiy ijtimoiy munosa-batlari tariqasida faoliyat, muloqot va bilimdan oladi. Shakl-langan shaxs karashlari va maslaklarning axloqiy sifatlari maqsadning ongli belgilanishi, o‘z faoliyatini boshqara olish sifati to‘liq shakllanishi bilan xarakterlanadi. Bir-biri bilan o‘zaro bogliq rutsiy hodisalarning bo‘linmas birligiii tashkil kiladi. Shaxsdagi barcha sifatlar o‘zaro uzviy bog‘liq. Masalan, mulohazaning keskinligi, agar u yuqori axloqii prinsiplar to‘g‘rilik bilan masuliyatni his qilishga bog‘liq bo‘lsa, boshqacha mazmun kasb etadi. Agar u odamlar oldida o‘zini ko‘rsatish kollektivda joy egallash bilan bogliq bo‘lsa, boshqacha mohiyatga ega bo‘ladi. Shunday qilib, har qanday shaxs xususiyati o‘zining shakllanish sharoitiga qarab, ya’ni u qaysi axloqiy munosabatda paydo bo‘lganiga ko‘ra va qanday maqsadga Sijtimoiy yoki individual) qaratilganligiga binoan har xil bo‘lishi mumkin.
Atrof muhitga, odachlarga, o‘ziga munosabatda, hayotda va ijtimoiy faoliyat natijasida shaxsning ma’naviy qiyofasi qaror topadi. Shuning uchun shaxsda ma’naviy jihatning shakl-lanishi tarbiya mazmunini tashkil qiladi.
Shaxs shakllanishining birinchi bosqichidan garmonik jihatdan yetilgunga qadar davr uzoq davom etadigan murakkab va ko‘l qirrali jarlyondir. Tarbiya psixologiyasi muttasil takomillashib boradi, o‘zgarib turadi. Shaxsning ruhiy xususi-yatlari har xil bosqichda turlicha mamoyon bo‘ladn. Faoliyat inson shaxs sifatida shakllanishining asosi hisoblanadi. Tarbiyaning ruhiy mexanizmini odam shaxsining rivojlanish manbainn va sharoitini tushunmasdan turib, o‘rganib bo‘lmaydi. Insonning ijtimoiy mavjudot sifatida paydo bo‘lishi, ya’ni uning shaxs sifatida tarkib topishning asosiy sharoiti bevosita inson qatnashadigan ko‘p qirrali faoliyat turlarining yig‘indisidir. Faoliyatning rivojlanishsh uning murakkablashib borishi,shaxs ruhiyati rivojlanishini ta’minlaydi. Shuning. Uchun tarbiyaviy vazifalarni shu qilishda asosiy e’tibor inson faoliyati va uning dinamikasi, ruhiy honuniyatlarini ochishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Tarbiyaviy ta’sir tizimini tuzishda inson faoliyatining rivojlanish pallasida uning murakkablashuvi, kengayishi shaxs shakllanishining negizi bo‘lib xizmat qkladi-gam ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi.
Ruhshunoslik shaxs va faoliyat tushunchalarini ichki bogliqlikda o‘rganadi. Inson faoliyati rivojlanishi uning har xil turlari va shakllarining vujudga kelishiga olib keladi. Bu turlar o‘zaro birlashadilar va bir-biriga bo‘ysunadilar. Shu yerda faoliyatga undovchi kuch-motivlar pillapoyasi xosil bo‘ladi. Motivlarning bir qancha turlari mavjud: ular mazmun jihatd’an ixtiyoriyligi, anglanganlik darajasiga ko‘ra birlam-chi va ikkilamchi, bevosita yoki bavositalarga ajratiladi. Faoliyat rivojlanishida vujudga keladigan bir butun o‘zaro aloqadorlikdagi motivlar tnzimn shaxsning ruhiy tayanchi hisoblanadi.
Ma’lumki, ba’zida bir xkl motivlar xatti-xarakatlarda har xil ko‘rinishga ega bo‘lishi, turli motivlar esa tashqi ko‘rinishi bilan bnr xil bo‘lishi mumkin. Masalan, ijtimoiy faoliyatda shaxarning o‘z o‘rtoklari oldida bilimli bo‘lishga intilishi bilan o‘z jamolariga foyda keltirish tuyg‘usi bir narsa emas.
Shaxsni tarbiyalashda birinchi ruhiy talab va milliy xususiyatlar shaxslarda kerakli motivizatsiyani hosil qilishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Har handay tarbiyaviy ta’sir, har qanday tashqi ta’sir o‘tkazish kishilar ehtiyoji bilan mos kelgandagina samarali bo‘ladi. Odamlar haqiqny faoliyatga kirishlari uchui mehnat yoki o‘quv jarayonida ular oldiga qo‘yilgan maqsad faqatgina tushunarli bo‘libgina qolmasdan, balki qabul qilingan bo‘lishi ham kerak, ya’ni u kishilar uchun muhim ahamiyat kasb etishi lozim.
Bu yerda motivatsiya va motivning paydo bo‘lishi va shaklla-nishini tax,lil qilamiz. Motiv ehtiyojlarning bir ko‘rinishidir. Ma’lumki, ehtiyojlar inson hayot faoliyatining maxsus dasturl hisoblanadi. Bu dzsturning asosida insonning zarurati stadi. Mazkur zarurat qandaydir predmetga yokn- qan-daydir munosabatga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Har handay earurat qondirilmaguncha inson doimo faol harakat kiladi. Faollik faqat bitta faoliyatgagina emas, balki bir necha faoliyatga ham yo‘naltirilgan bo‘lyashi mumkin. Ehtiyojlar das-turi shu ehtiyojni qondirish uchun qanday faoliyat kerakligini belgilab beradi. Boshka ehtiyojlar shaxsning yo‘nalganligi va tashqi ta’siridan vujudga kepadn. Natijada ma’lum faoliyatga undovchn kuch-motiv paydo bo‘ladi. Bu kuch shu faoliyatni amalg‘a oshiradi va ehtisjni qondiradi, Yuqorida hayd qilingan mulohazzlardan ko‘rinib turnbdiki, ehtiejlarning paydo bo‘lishi va uning qondirilishi shaxsning milliy va ruhiy xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Uning qanday usulda qon-dirilishi shaxsda o‘z faoliyatiga nisbatan turli munosabatlarni vujudga keltiradi.
Demak, har qanday faoliyatning o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lib, ularni tashkil qiluvchi harakatlar, ularning motivla-riga nisbatan ahamiyatliroq bo‘lib qoyaadi. Masalan, odam oldin faqat vujudga kelgan zarurat yuzasidan biron bir faoliyatga majburan kirishsa, keyinchalik, o‘zi uchun zarur bo‘lgan narsa-lariy his etadi, dunyoqarashiga mos keluvchi anglaganlik tufay-li boshsa motivlar paydo bo‘ladi.
Yana bir misol. Bolalar diniy bilimlarni o‘rganuvchi guruhga o‘z ixtiyori bilan kirsalar ham keyinchalik ular o‘zlari uchun zarur bo‘lgan ma’naviy ozusani his qiladilar, ularda endi boshqalarga yaxshilik qilish zzgulikka intilish ehtiyoji paydo bo‘ladi.
Har doim x,am anglanmaydigan intilishlar shaklida bo‘ladigan motivlardan farqli o‘laroq faolyyatning anglangan ko‘rinishi vujudga keladi. Maqsadlar ularni ma’lum faollik sari yetak-laydi. Shuning uchun tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda maqsadning xaraktsrini va ta’sir qnlish darajasini hisobga olish zarur. Bu qandaydir faoliyatda kishilarga munosabatdz bo‘lish yo‘lini ochadi. Har bir faoliyat bir nechta muayyan maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Muayyan maksadlar umumiy maqsaddan ajralib chiqqach, umumiy maqsad rolini motivlar bajaradi.
FaoliyaTni boshqarishni tashkil qilish inson shaxsining shakllanishida maqsadga qaratilgan ta’sirdan iboratdir. Mus-taqil haetga qadam qo‘ygan yoshlar endi ko‘p qirrali faoliyatda ishtirok eta boshlaydilar. Ularning real xayoti va faoliyati ma’lum tizimlardan tashkil topadi. Bu tizimlar xar bir yosh bosqichi uchun o‘ziga xosdir. Har bir bosqichda yetakchi faoliyat mavjud bo‘ladi. Har bir bosqichda yetakchi faoliyatning turli-tumanligi mazkur bosqichda yoshlarning katgalarga nisbatan munosabatida, ma’lum faoliyatning ustuvorligida ko‘rinadi. Yetakchi faoliyat maxsus belgilar bilan xarakterlanadi. Faoliyatning bu turidan yangidan-yangi shakllari rivojlanadi (masa-lan, o‘qish, o‘rganish— o‘yindan boshlanadi), yetakchi faaliyatda ruhiy jarasnlarni hisman rivojlantiradk (masalan o‘yindagi tasavvurlar, o‘qish davomidagi mavhum tafakkur va boshqalar). Bu faoliyat yana shaxs rivojlanishining har bir bosqichlaridagi o‘zgarishlarga bog‘lnqdir (masalan, bogcha bolasi o‘yin orkali odamlar xatti-xarakatlarini, normalarinn va vazifalarini o‘zlashtiradi).
Yetakchi faoliyat, shu bosqichda muhim ruhiy o‘zgarishlarni ta’minlaydi. Shuning uchun boshlang‘ich faoliyatni tashkil kilish odam shaxsiga tasir qilishning asosvy shart-sharoiti bo‘lib xizmat qiladi. Har bir bosqichdaga yetakchi faoliyatni va ijtimoiy muhitni o‘rganish ruxshunoslarga shaxslar tarbiyasi tizimining ruhiy asosini ishlab chiqish imkonini beradi. Masalan: Oila, oiladagi munosabatlar, oiladagi rutsiy-psixo-logik iqlim har qanday yoshdagi kishiniig ish faoliyatiga, ijtimoiy burch va majburiyatlariga, ijodiy imkoniyatlarining o‘sishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shaxs barkamol rivojlani-shida, birimchidan, oila yetakchi o‘rin egallasa, ikkinchidan, tasavvurlar va ramziy funksiyalar rivojlanadi. Bundan tashqari, shaxs xatti-harakatidagi xususiyatlarning hamda odob-axloqning yetakchi faoliyatini ko‘rsatish zarurdir. Odob-axloqni boshqarishda faqat yetakchi faoliyat muhim rol o‘ynaydi, qol-ganlari muhim emas dsb qarash kerak omas. Mehnat kilish, ijtimoiy-tashkiliy, badiiy faoliyatlar kichik yoshdagi o‘quvchi-larda ham uchraydi. Lekin ularda hali mazkur faoliyat turlari yetarli rivojlanmagan va tartiblashmagan bo‘ladi. O‘smirlik sshida bola albatta o‘qish va mexnat, badiiy va ijtimoiy ishlar bklan shug‘ullanishi zarur. Ko‘p hirrali o‘huv va o‘qishdan tashkari vazifalarni tahsimlash, mexnat, sport, san’at bilan shug‘ullanishning hammasi maxsus tashkil qnlinishn kerak. Ij-timony foydali faoliyat o‘huvchilarning asosiy ruhiy ehtiyojlari bklan mos keladi. Yuqori sinf o‘quvchilarida yetakchi faoliyat, o‘suv faoliyatining maxsus shaklini tashkil qiladi. Bu davr uchun mos bo‘lgan xususiyatlar — ularning o‘z shaxsiy hayotlarini tuzish qobiliyati, amalga oshirish imkoniyatlarini izlash, axlok.iy idsallarni tanlash kabilardan. Iborat. Bolalar psixikasi umumiy rivojlanishida o‘ziga xos muayyan sonuniyat mavjud. Olimlar faoliyatning hamma turlarini ikki guruhga bo‘lishadi. Birinchi guruhga afzalligiga ko‘ra bolalar yaxshi o‘zlashtirish motivlari va odamlar orasidagi munosabatlar kiradi. Bu guruh faoliyatlar mazmunining yaqqolligi bilan farq kiladi, ular doimo chuqurlashib boruvchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Bolalar, asosan ehtiyoj motivatsiya doirasida rivojlanadilar. Ikkinchi guruhga harakatning ijtimony ishlab chiqilgan usullari materiali va ma’naviy ob’ektlari biktan o‘zlashtirish foliyatlari kmradi.
Har bir bosqichda yetakchi faoliyat mavjud. Masalan, maktab-gacha yoshdagi bolalarda boshqaruvchi faoliyat o‘yin faoliyati, lekin ularda mehnat, o‘qish faoliyatlari ham uchraydi. Shuning bilan birga, o‘yin faoliyati maktab bolalarida ham uchraydi, lekin u ham endi yetakchi bo‘la olmaydn. Shaxsni ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ta’lim-tarbiyani joriy etishda yetakchi faoliyatni aniqlash, uni tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir. Tarbiyaning bosh maqsadi, turli usullardan ob’ektiv va ilmiy foydalanish asosida ijtimoiy munosabatlarni yangi, yuqoriroq darajaga ko‘tarishdan iborat. Jamoa inson shaxsi shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, g‘oyaviy, siyosiy, axloqiy. Ijtimoiy, ma’naviy eststik tarbiya jihatlari takomillashuviga xizmat qiladi. Qisqasi, odob-axloqni takomillashtirishda va uni boshsarishda stakchi faoliyatni aniqlash va undan foydalanish maqsadining ahamiyati nihoyatda beqiyosdir.
Psixologik nuqtai nazardan jamoa — ijtimoiy organizm bo‘lib, unda shaxsning ijtimoiy aloqalari shakllanadi, uning to‘la rivojlanishi ta’minlanadi. Har qanday jamoa o‘zining ijtimoiy muhit sifatidagi belgilari bilan birgalikda kishi-lar jamoalari bilan emas, balki shakllanastgan shaxslar bilan birga mavjuddir. Mana shuning o‘zi uning tarbiyaviy vazifasini belgilaydi.
Jamoaning xarakterli xususiyati shundaki, ma’lum bir maqsadga yo‘nalgan jamoa turli yoshdagi odamlarni, o‘sib kela-yotgan avlodni birlashtirgani uchun ham u tarbiyalashning muhim
quroli bo‘lib xizmat qiladi. Binobarin, u tarbiyaviy funksi-yasini o‘z a’zolariga qaratadi.
Jamoani tashkil qilishda, kishilarning muloqotga bo‘lgan extiyoji, ular oldiga qo‘ygan vazifalarning mos kelishi juda muhimdir. Ijtimoiy muhim topshiriqlarni bajarish davomida, mazkur topshiriqlarga knshilarning faol qatnashishi natija-sida muloqotning har xil’ turlari rig‘ojlanadi. Buning nati-jasida odam shaxsi rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan shart-sha-roit vujudga keladi.
Moddiy-ma’naviy, madanni boyliklarni yaratuvchi va saqlovchi muhim amaliy masalalarni xal qiluvchi jamoalar boshqa kar qanday jamoalar bilan munosabatda bo‘ladilar. Lekik jamiyat-ning muhim vazifalaridan biri — o‘sib kelayotgan yosh avlodni kslajak ishlab chiqaruvchi kuchlari sifatida tarkib toptirishdan iboratdir. Ayni paytda yoshlar jamoasida g‘oyaviy-siyosiy, milliy qisfani ta’minlovchi shart-sharoit yaratilishi kerak. Chunki bolalar jamoasnning sotsial-psixologik o‘ziga xosliklari vu-judga keladi. Shuning uchun ham jamiyat kishisnni tYarbiyalashdl bolalar jamoasi muh_im rol o‘ynaydi.
Jamiyatda xamda jamoada odam faqat shaxs Sifatida shykl-lanib qolmasdan, balki rivojkchanadi, odamning hamma munosa-batlari sifat jihatdan o‘zgaradi. Shuning uchun uning mohiyatini to‘g‘ri anglash tarbiyaning muhim vazifalaridan bi-ridir. Odam o‘zi yashaydigan jamoada, axloqiy jpxdtdan tarbi-yalanadi, u avlodlar yihqan tajrsbalarni o‘zlashtiradi,
Har bir bosqichda jamoaning rivojlanishi faoliyatning aiik turi bilan bog‘liq bo‘ladi. Yaxshi rivojlangan bolalar jamoasi uchun xarakterli xususiyatlar shundan iboratki, unda maqsad, umumiy motivlar bir xadda bo‘lib, faoliyat birgalikda olib boriladi. Jamiyat manfaati uchun ishlash, umumiy natija uchun g‘amxo‘rlik qilish, faoliyatni aniq tashkil kilish va umumiy aloqa ularda barqarordir. Bundan tashqari, uning a’zolarining yuqori darajadagi mustaqilligi, jamoatchilik munosabatining kengligi .alohida ajralib turadi. Rivojlangan jamoa uchun tipik xususiyat shuki, unda shaxs muloqoti sistemasining avj olishi, faoliyat vositasi emas, balki faoliyat maksadi sifatida yuzaga keladi. Bunday jamoaning shakllanishi uzoq davom etadigav jarasn bo‘lib, uning faoliyat xarakteri snfat o‘zgarishlariga va shaxslarning o‘zaro munosabatiga asoslang‘an bo‘ledi.
Odamlar o‘rtasidagi munosabatlar pedagogik tomondan tashkil qilinib, unda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning jamoa fao-liyatidagi o‘rni blinalanadi, jamoa a’zolariga ijtimoiy top shiriqlar beriladi. Ilk bolalik davrida, o‘quvchilarda o‘rtokkla-riga nksbatan ma’lum pozitsiyada turish ehtiyoji vujudga keladi.
Shunga mos ravishda bolalar jamoasida tarb gch vositasi va sharoit paydo bo‘la boradi. O‘smirlar jamoasi uchun xarakterli xususiyat shuki, u o‘zi bajaruvchi, o‘zi faoliyat ko‘rsatuvchi jamoa bo‘lib, ulardagi o‘zaro munosabat yaxshi rivojlanadi. Chunki bu davrga kelib bolaning ijtimoiy pozitsiyasi sifat jikatidan o‘zgaradi, boshqa odamlar bilan munosabati to‘liq shakllanadi, unda o‘z xatti-xarakatlarini har xil sharoitlarda boshqara olish imkoniyati vujudga keladi.
Odzmlar jamoaslning rivojlanish darajasi shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning namoyon bo‘lish darajasi va. Xarakteri bilan bslgklanadi. Tarbiyaviy ishlarni tug‘ri tashkil qilish natijasida shaxslar uchun har xil tashkilotlar faqat ma’lumot bsruvchi guruhlar bo‘lib qolishi mumkin. Zero, xamma guruklarda ham bola kattalar bilan ski tsngdoshlar bilan muayyan munoslbatlarga kirishadi, unda ma’lum pozitsiyani egal-laydi. Bularning hammasi uning shaxs sifatida shakllanishida katta rol o‘ynaydi.
Yoshlar jamoasini o‘quvchilar hayot faoliyatining asosiy mar-kazi deb qarasak, jamoaning o‘zi faoliyat yaratupchi xarakterini oladi. Ikkinchidan, faoliyatni tashkil qilish jamaoaniig xar bir a’zosini ijodiy teng huquqliligini ta’minlaydi. Bu ta’minlanish jamoa azosida shaxsiy pozitsiyaning rivojlani-shini belgnlaydi. Uchinchidan, birgalpkdagi faoliyat tufayli sshlarning har biri o‘z faoliyatida umumiy natijaga ernshishga harakat qiladi. Yoshlar jamoasini tarbiyalash imkoniyatlari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: birinchidan, bola faoliyati mazmuni; ikkinchidan, bu jamoada faoliyat sub’ekti bo‘lgan bolalar miqdori; uchinchidan, faoliyatda tarkib topadigan munosabatlar sistsmasi. Jamoa a’zolari o‘rtasida iliq munosa-batni keltirib chiquruvchi g‘amxo‘rlik juda muhim axamiyatga ega.
Jamoa tarbiyaniig ob’ektigana emas, balki sub’ekti hamdir. Har bir odam shu jamoaning a’zosi sifatida jamoa faoliyati maqsadini tanlashda, uni ishlatishda, jamoa fikrini vujudga ksltirishda qatnashishi zarur. Jamoaning shaxsga tarbiyaviy ta’siri odamni ma’lum narsaga bo‘ysunishga majbur qilmasligi lozim. Shaxslarning ijodiy faolligini har tomonlama oshirish, ularniig yustaqilligini ta’minlash shart. Zero, odamning axloqiy xususiyatini, irodavny sifatini shakllantirishda bu-ning aqamiyati cheksyazdir.
Jamoaning muayyan faoliyatiga bo‘lgan iuham munosabatlari-dan biri — ijtimoiy ishga ijodiy sndashishdir. Jamoada mav-jud bo‘lgan guruxlarning o‘zaro munosabatida shaxsning indivi-dual xususiyatlari shakllanadi. Shaxs xususiyatlari tadqiqotchi tomonidan o‘rganilar ekan, uning qanday oilada o‘sganligi ham ma’lum ahamiyatga ega.
Oilaviy jihatdan og‘ir sharoitdagi bolalar bilan tarbiyachi juda ehtiyotkorlik va sszgirlik bilan ish olib borishi ksrak. Aks holda bola yomon yo‘lga kirib ketishi mumkin.
Jumhuriyatimizda uzoq yillar davomida fuqarolarning ij-timoiy, sissiy, ma’naviy muammolari to‘g‘ri hal qilinmadi. Hatto maktablarda plan tariqasida “GPTU”, “SPTU” va boshqa bilim yurtlari uchun yomon xulqli> bilimi past bolalarni berish talab qilindi. Natijada yomon xulki o‘quvchilar bir joyga to‘planib, ulardagi bu xususiyat yanada avj olishiga asos yara-tildi. Hozir biz o‘sha kunning jabrini tortmoqdamiz.
Bugungi kunda eng asosii masalalardan biri — yeshlarning sissiy ongini oshirish, ma’naviy dunssini, madaniyatini yuk-saltirishdir. Yoshlar ma’naviy yetuk, madaniyatli, e’tiqodli, tafakkuri yuqori shakllangan bo‘lsa, ular tezroq o‘zligini anglaydilar va ijtimoiy faol kishilarga aylanadilar. Buning uchun ta’lim-tarbiyada milliy o‘quv dasturlari va darsliklar yaratilmog‘i, ulardagi qoidalar insonning yosh xususiyatlarini va milliy jihatlarini to‘liq aks ettirmogi lozim.
Shaxs tafakkuri nutq bilan birga rivojlanishi hech kimga sir emas. Shuning uchun ularning nutqiga katta e’tibor berish zarur. Har bir shaxsning nutqidagi individuallik uning maz-mundorligida, gapirish sur’atining tezligi va sekinligida ko‘rinadi. Buni aniqlash islom dunyosida qadimda “Qur’on” suralariki qiroat bilan o‘qish orqali yoki masjidlarda yig‘ilib g‘azalxonlik qilish orqali ado etilgan. Bu ham madaniyatning rivojlannshida muhim rol o‘ynagan.
Shaxsning aqliy o‘sishini kuzatib borar ekanmiz, unda maxsus qobiliyat mavjudligini payqab olish mumkin. Shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratib berish lozim. Kishi shaxsining shayuklanishida uning g‘oyaviy maslagini hisobga olish, qiziqish, his-tuyg‘u, ideallariga hurmat badan qarash nihoyatda muhimdir.
Tarbiyachi shaxsdagi nuxsonlarning sabablarini aniqlashi va uning turmush qiziqishlarini sezishi ayni muddaodir. Ba’zi bolalarda yoshligidanoq ma’lum bir kiziqnshlar paydo. Bo‘ladi. Lekin bu qiziqish ykllar o‘tishi bilan mustahkamlanib shaxs-ning ijtimoiy hayotidan o‘rin olmog‘i kerak. Shaxsning qiziqish-larini, asosan ularning ijtimoiy qnziqishlarini onlish muhimdir. Har bir imdividning ijtimoiy faoliyatda qanday qatnashayotganligi, unga bu ishlar qanday ta’sir etayotganligi, uning yaqin o‘rtoslari kimlar ekanligini bilish alohida axamiyatga ega. Moxir tadqiqotchi shaxsni yaxshi tushunadi, uning ijobiy xususiyatlarini qo‘llab quvvatlaydi, illatlarini tuza-tadi.
Shaxsning individualligi uning o‘qishdan tashsaridagi fao-liyatlari (kitobxonlik, tabiatga, dinga va boshqalar) da aniq ko‘rinadi.
Shaxs balog‘at yoshida ko‘tarinki ruhdagi hissiyotga ega bo‘ladi. Shuning uchun shaxsni tarkib toptirishda ularning o‘z hissiy olamnnn idora qilish ko‘nikmasini tarbiyalash juda muhimdir. O‘quvchining axloqiy xislatlarini, avvalo, unnng mehnztse-varligi, to‘g‘riso‘zligi, sof vijdonliligi, o‘rtoqlik, ezgulik hissiga ega bo‘lishini aniqlash zarur. Axloqiy illatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilardagi kachchiliklar — ho‘pollik, o‘quv mash-g‘ulotlariga e’tiborsizlik bilan qarash, yolgonchadik, xudbinlik, kaysarlik, o‘jarlik kabilarni tarbiya orqali tuzatmoq joiz. Tarbiyachi odob-axlok qoidalariga asoslangan holda bunday bolalarni ota-bobolarimiz e’zozlab kslgan, pand-nasihatlar orqali bartaraf etishi mumkin.
Ma’lumki har bir shaxsning xulq-atvori,°qiziqish, hobili-yati, bilimi, xarakteri turlicha bo‘ladi. Shuning uchun ularga individual munosabatda bo‘lish talab etiladi. Individual munosabat shaxslarga ta’sir etish yo‘lining dastlabki bosqichn-dir. Shuning uchun shaxs tarbiyasida uning etnik, milliy, ijtimoiy va genetik jixatdan belgilangan xususiyatlarini hisobga olish shart.
Kishilar faqatgina salbiy xususiyatlarga ega bo‘lgandagina ular bilan ishlash kerak deb o‘ylash noo‘rin. Bizning jamiya-timizda shu paytga qadar shaxsga munosabat an’anaviy ravishda, ma’muriy-buyrusbozlik sistemasida olib borilgan. Bu holat uzoq yillar davom etib shaxsni tarbiyalashda o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada sovet jamiyagida shakllangan shaxslarning ko‘pchiligida ma’naviy qashshohlik, ruhiy ojizlik, bilimsizlik, e’tiqodsizlik holati vujudga keldi, 70 yillik umumiy talablarning birligi, fikrlashni chegaralash va ma’lum bir qolip asosida ish yuritishning natijasida o‘rtacha xulqli aralashma temperamentga (mizojgz) ega bo‘lgan kishilar shakl-landi.
Ko‘pincha o‘rtacha xulqa ega bo‘lgan knshilar bilan individual muyaosabatda bo‘lish zarurati sezilmaydi. Lekin shuni unutmas lik kerakki, o‘rtacha xulqli knshilardan ham yaxshi va yomon kishilar kelib chiqishi mumkin.
Tarbiyachi har bir kishi bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi uchun quyidagi talablarga rioya qilishi kerak: har bir kishimimg o‘ziga xos xususiyatini yaxshi bilish; o‘huvchnlarga ta’lim-tarbiyada ta’sir etish yo‘llari va metodlarini yaxshi tanlay bnlish; ularni tatbiq etishda o‘quvchilarning individual xususiyatlari-ni hisobga olish.
Mazkur tarbiyaviy ta’sir shaxsda qanday oqibatlarni kelti-rib chiqarishmni oldindan bilish.
Tarbiyachi shaxsni mukammal indnvidual o‘rganish uchun indi-vidual psixologik karta tuznshi va uni ma’lum vaqtlarda (yidda, oyda, xaftada) to‘ldirib turishi talab etiladi. Mazkur psixologik kartada quyidagilar hisobga olinadi: bolaning mnllati, oilasi, jismoniy rivojlanishi, sog‘lig‘i, temperamsnti va xarakterining xususiyatlari, psixnk jarayonlar — diqqat, idrok, xotira, tafakkur. Emotsiyasining rivojlanishi, bilim qobiliyatining rivojlanishi, o‘z-o‘zini baholashi, hiziqnshi, dinga z’tiqodi, xatti-harakatlarning xususiyatlari, o‘rtoslariga munosabati, o‘qishga munosabati va boshqa xususiyatlari.
Bularni aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalamish mumkin: har xil mavzularda davra suhbatlari uyushtirish, bolalarning qiziqish motivlarini o‘rganish anketalarini tuzish, o‘z-o‘zini baxrlash matritsalari, savollar va toppshriqlarni tuzdirish. Shu bilan birga, ushbu natijalarga asoslangan holda xalqimizning turmush darajasi, ma’naviy dunyosi, madaniyati, e’tiqod darajasi, diniy psixologiyasi, odob-axloqi ham tahlil qilib boriladi.
Shu paytga hadar respublikamizda tarbiyaniig psixoloshk maxanizmi, uning asosiy yunalishi, inson yoshining davrlariga harab belgilanishi haqida to‘g‘ri ilmiy tadqiqotga asoslangan kitoblar chop etilganicha yo‘q.
Shu sababli hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda, ta’lim-tarbiyani joriy qilish, uning psixologik mexanizmini ochish muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, odob-axloqning mazmunini, uning vujudga kelishiiing ijtimoiy psixologik sabzblarini, shaxsning ijtimoiklashuvi natijasida yuzaga kelgan sotsial-psixologik xossalaridan tushunmoq mumkin xolos. Bu xossalar esa ma’lum vaziyatda yuzaga keluvchi munosabatlardagina ifodalanadn. Shaxsning axloqiy xislatlari, avvalo, tarbiya sharoitida atrof muhitga moslashishda, ehtiyoj strukturasi shaklining o‘zgarishida, individ tomonidan o‘z o‘rnini kayotda to‘g‘ri tushunilishida va ijro etilishida namoyon bo‘ladn.

Download 274.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling