Milliy sertifikat uchun blok test ona tili va adabiyot fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test sinovi


qaysi tarixiy voqea qalamga olinmagan


Download 183.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana02.11.2023
Hajmi183.45 Kb.
#1739831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-blok Test Nurmurodov

qaysi tarixiy voqea qalamga olinmagan
A) rus mustamlaka siyosatining chirkin ko’rinishlari.
B) jadid bobolarimizning qonli qatag’on qilinishi.
C) afg’on urushining dahshatli fojialari 
D) paxta siyosatining shafqatsiz qurbonlari 
17. 
[1,7 ball] 
“Sarvqomat dilbarim” qissasi voqealari TO’G’RI 
izohlangan javobni aniqlang
A) Olis tog’ hududlarida umr kechirgan 
shafyorlar hayoti haqida yozilgan.
B) Tog’ bag’rida zax karyerlarda ishlagan 
konchilar hayoti haqida yozilgan.
C) Cheksiz yaylovlarda suruvlar 
ortidan kezgan chorvadorlar 
hayoti haqida yozilgan. 
D) Chekka hududlarda bolalarga 
ma’naviyat ulashgan muallimlar 
hayoti haqida yozilgan.



Omon Nurmurodov
Omon Nurmurodov Omon Nurmurodov 
Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring. 
Pingvinlar – qushlarning bir turi bo‘lib, suzuvchi, sho‘ng‘uvchi xususiyatga ega, lekin ucholmaydi. Buning 
sababi qanotining kichikligi, tanasining og‘irligidir. 
Pingvinlarning 16 turi, ularni birlashtiruvchi 6 ta urug‘i mavjud. Gavdasining uzunligi 30-120 sm, vazni 1-40 
kilogrammni tashkil etadi. Qorni va ko‘kragi oq, orqasi to‘q ko‘k yoki qora bo‘ladi. Pingvinlarning ko‘krak 
muskullari yaxshi rivojlangan. Qanotlari tangachasimon patlar bilan qoplangan kurakoyoqqa aylangan. 
Suzganda va sho‘ng‘iganda ulardan eshkak sifatida foydalanadi. Muz va qor ustida sekin qadamlab yuradi. 
Pati mayin. Pingvinlar Galapagos orollaridan to Janubiy Qutbgacha bo‘lgan hududlarda, asosan, Antarktidada 
yashaydi. Pingvinning suyaklari boshqa qushlarning suyagiga nisbatan ancha zichdir. Bu esa uning suv ostiga 
sho‘ng‘ib, u yerda uzoq vaqt tura olishiga imkon beradi. (1) Odatda pingvinlar ovqat izlab ancha uzoq 
masofalarga suzib borsa ham, yana aylanib oldingi iniga qaytib keladi. Pingvinlar boshoyoqli mollyuskalar, 
qisqichbaqasimonlar va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Pingvinlar ichida eng kattasi imperator pingvini 
bo‘lib, uning balandligi 1 metrdan oshadi. Pingvinlar dengizda soatiga 8-9 kilometr tezlikda suzadi. 
Tarixda o‘tgan eng katta pingvinning balandiligi 1 yarim metr, og‘irligi 91 kg bo‘lgan. Pingvinlarda tishlar 
yo‘q. Ammo buning o‘rniga ularning tili va tomog‘i tikanli tuzilishga ega bo‘lib, u taomni tutib qoladi, 
og‘zidan tashqariga sirpanib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Pingvinlar o‘rtacha 15-20 yil umr ko‘radi. Har bir 
pingvinni o‘ziga xos ovozi bo‘lib, ular bir-birlarini ovozlari orqali tanib oladilar. Pingvinlar dengizning sho‘r 
suvini icha oladi. Ularda maxsus bez mavjud bo‘lib, uning vazifasi suyuqlikni filtrlash, ortiqcha tuzlarni 
tashqariga uloqtirishdan iborat. 
Barcha pingvinlar umrining 75-80 foizini dengizda o‘tkazadi. Lekin juftlashish mavsumida quruqlikka chiqadi. 
Tuxumlarini ham yerga qo‘yadi. Tuxumlarni erkak va urg‘ochi pingvinlar navbati bilan bosib o‘tirishadi. Ular 
o‘zlari bosib turgan tuxumni isitish uchun qornidagi teri burma bilan o‘rab, 65 kun davomida o‘tirishadi. 
Imperator pingvinlari faqat bitta tuxum qo‘yadi. Qolganlari esa ikkitadan tuxum qo‘yishadi. Pingvinlar 
dengizdan quruqlikka sakrashni mohirlik bilan uddalashadi. Imperator pingvinlari suvdan quruqlikka 
sakrayotganda 180 santimetr balandlikkacha sakrashi mumkin. Ba’zi pingvinlar 100 metr chuqurlikkacha, 
imperator pingvinlari esa 500 metrgacha sho‘ng‘ishi mumkin. Pingvinlar ko‘payish mavsumida faqat bitta 
urg‘ochi pingvin bilan juftlashadi. (2)Imperator pingvinlar esa umr bo‘yi bitta jufti bilan yashaydi. 
Pingvinlarning ayrim turlarida juftlashish oldidan bir voqea sodir bo‘ladi. Erkak pingvin urg‘ochi pingvinning 
ko‘nglini olish uchun unga hadya sifatida katta toshni oldiga surib qo‘yadi. Hozirgi kunda ularning ko‘p turlari 
Xalqaro qizil kitobga kiritilgan. 
Ma’lumki, pingvinlar minus 40 daraja sovuqda yashaydi. Lekin nega muzlab qolmaydi? Hatto tanasidagi kichik 
bir hududda ham muzlash, qotib qolish jarayoni yuz bermaydi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida shu masalada 
tadqiqot o‘tkazildi. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, pingvinning terisida mayda teshikchalari bo‘lib, har bir 
teshikchada yog‘ to‘planadi. Ushbu yog‘ uning butun tanasini o‘rab oladi. Pingvin bu yog‘ orqali tanasini 
tozalaydi. Mana shu yog‘ natijasida pingvinning tanasi suv bilan namlanmaydi. Tanaga suv yuqmagani uchun 
muzlamaydi. (3)Havo juda sovib ketsa, pingvinlar jamoasi bir joyga to‘planib, yosh pingvinchalarni o‘rtaga 
olib, bir-birlari bilan siqilib turishadi. Natijada jamoaning o‘rtasida iliq havo yuzaga keladi. Ular shu alfozda 
havoning sovuqligi biroz pasayib, izg‘irin bosilguncha turishadi. Jamoaning chetida turgan pingvinlar sovuq 
havoda qiynalmasliklari uchun asta yurib ichkariga – iliq havo aylanib turgan markazga kirishga urinadilar. Shu 
tarzda hamma pingvinlar navbati bilan iliq havodan bahramand bo‘lib, sovuq havo oqimini talafotsiz 
o‘tkazadilar. 
Kaliforniya universitetining professorlari pingvin tanasining muzlamasligi borasida maxsus tekshirish 
o‘tkazdilar. Pingvin ajoyib tuzilishga ega jonzotdir. Uning tanasidagi yog‘ tananing suv bilan namlanishining 
oldini olib, tana ichiga sovuq havo kirishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada u dengizda suzib, quruqlikka chiqsa ham 
tanasida suvning muzlashi sodir bo‘lmaydi. (4)Ba’zi xalqlar pingvinning go’shtini sevib iste’mol qilishadi.
 
 
 
 
 
 



Omon Nurmurodov
Omon Nurmurodov Omon Nurmurodov 
18.
[1,7 ball]
Matn mazmuniga mos to‘g‘ri shakllantirilgan 
gapni aniqlang. 
A) Pingvinlarning tishlari tilning orqa qismi va 
tomoqlarida joylashgan.
B) Pingvinlar juftlashish mavsumida dengizning 
tubiga sho’ng’ishadi.
C) Pingvinlar qanotlaridagi muskullari 
rivojlanmaganligi bois ucha olmaydilar. 
D) Pingvinlarning suyaklari boshqa qushlarga 
nisbatan zich joylashgan, bu esa ularga suv ostida 
ko’proq turish imkonini beradi.
19.
[1,7 ball]
Raqamlab ko‘rsatilgan qaysi gap matnning 
mazmuniy tuzilishida uslubiy xatolikni yuzaga 
keltirgan? 
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 
20.
[1,7 ball]
Matn mazmunida aks etgan to’g’ri ma’lumotni 
aniqlang. 
A) Pingvinlar tuxum qo’yishganda urg’ochi pingvin 
ularni 65 kun davomida bosib yotadi.
B) Pingvinlar muzlab qolmasligi uchun o’z terisini 
yog’ bilan himoyalaydi. 
C) Imperator pingvinlar hayoti davomida bir necha 
jufti bilan birgalikda yashaydi.
D) Pingvinlar Yer sayyorasining shimoliy qutbida 
eng ko’p uchraydigan jonzotlar sanladi.
21.
[1,7 ball]
Matn mazmuniga mos to‘g‘ri ifodalangan 

Download 183.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling