Milliy tadqiqot universiteti buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
Download 1.19 Mb.
|
Biotexnologiya uslubiy 1 (2)
1 – rasm. Turli xil ozuqa muhitlar.
Ko’pgina mikroorganizmlarni urchitishda odatdagi muhit qo’llaniladi, bunga go’sht peptonli sho’rva yoki GPSH (Myasopeptonniy bul’on- MPB) va go’sht-peptonli agar -GPA (Myasopeptonniy agar -MPA), shuningdek, quruq shira va shirali agar misol bo’la oladi. Mikroorganizmlarning muayyan guruhlari va turlarini ko’paytirish va ajratib olishda maxsus ozuqa muhitidan foydalaniladi. Masalan, glukozali GPSh da stretokokklar o’stirilsa, zamburug’larni ko’paytirishda Chapek muhitidan foydalangan ma’qul. Muayyan turga oid mikroorganizmlarni ularning tabiiy yashash joyidan ajratib olishda va yoki ekmalar hosilasini tayyorlashda elektiv ozuqa muhiti qo’llaniladi. Bir boshqa, yo’ldosh mikroorganizmlar bunday ozuqa muhitida odatda ko’’aymaydi, va o’smaydi yoki ularning rivojlanishida keskin o’zgarish ro’y berib, darhol o’sishdan to’xtaydi. Muayyan turga oid mikroorganizmlarni fermentativ faolligiga ko’ra boshqalaridan farqlashda (differensiallashda) va ularning biokimyoviy xususiyatlarini o’rganishda differensial-diagnostika muhiti samarali natija beradi. Bu muhit tarkibi muayyan turining o’ziga xos xususiyatlarini nisbatan aniq ko’rsata oladigan moddalardan iborat bo’lishi kerak. Masalan, ichakdagi patogen bakteriyalarni aniqlashda patogen mikroorganizmlarni ichakning doimiy mikroblari - sut qandi ajratib chiqaruvchi mikroorganizmlardan farqlash imkonini beradigan muhitdan foydalaniladi. Tarkibida laktoza (sut qandi) bo’lgan Endo muhiti ana shunday ozuqa manbai hisoblanadi. Endo muhiti tarkibida GPA, sut qandi va natriy sulfit yordamida rangsizlantirilgan asosli fuksin bor. Asosiy ozuqa muhiti och pushti rangga bo’yaladi. Sut qandidan hosil bo’lgan atsetaldegid sulfit bilan reaksiyaga kirishib, mikroorganizmlar turkumini to’q qizil rangga bo’yaydi. Shuning uchun laktoza parchalanganda ichak tayoqchalari bu muhitda o’stirilganida metalday yaltirab turuvchi qizil o’sma to’plamini hosil qiladi, salmonella va shigellalar laktozani parchalagani uchun rangsiz bo’ladi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling